Cold marriage Eposide 18
Men o‘zimni go‘yo havoda muallaq turgandek his qildim, qoniqishim ichida yengil suzib yurardim. Bu men uchun odatiy tuyg‘u emasdi, notanish edi. Ammo men uni ochiq qo‘llar bilan qarshiladim, ehtiyot bo‘lish haqidagi ogohlantirishlarni e'tiborsiz qoldirishni tanladim.
Men ehtiyotkor bo‘lishni istamadim, endi yo‘q. Men butun hayotim davomida o‘zimni cheklagan edim, xohlagan narsamni olishdan qo‘rqardim, bundan mustasno yagona narsa — kasbim edi. Endi esa yo‘q. Endi nimani xohlasam, shuni olaman. Va men buni xohladim.
Bu yaqinlikni, bu romantikani. Ajablanarlisi shundaki, kurortda qolgan kunlarimiz davomida erim aynan shuni menga hadya qildi. Romantika, g‘amxo‘rlik, mehr, va, albatta, hazillar bilan ehtiros.
Biz endi haqiqiy yangi turmush qurganlarga o‘xshardik, har safar ko‘zlarimiz tutashganida bir-birimizga kulib qarardik, doim jismoniy aloqada bo‘lishga harakat qilardik, hech bo‘lmasa qo‘llarimizni tutib, barmoqlarimizni bir-biriga chirmab.
U bunday ishlarni qila olishini ham bilmagan edim. U o‘zi bunday e’tibor bera olmasligini aytgandi. Ammo kunlar o‘tgan sayin, u bu harakatlarda tobora ishonchliroq bo‘la boshladi, xuddi biz bir-birimizni chin dildan sevayotgandek harakat qilardi.
Men uning nomidan gapira olmasdim, ammo o‘zim allaqachon bu kurashda yutqazganimni tan olgandim. Men unga oshiq bo‘lgandim. Yuragimni yumshashiga va unga yopishib olishiga ruxsat bergandim. U mening ichimga kirib olishiga yo‘l qo‘ygandim, hali bor bo‘lgan barcha to‘siqlarimni olib tashlashga imkon bergandim...
Aslida, u to‘siqlar unchalik ham ko‘p emasdi.
Ammo miyam menga qochishni uqtirayotganiga qaramay, men bu tuyg‘uga sho‘ng‘idim, uning meni butunlay o‘rab olishiga imkon berdim.
Kurortdagi so‘nggi kunlar hayotimdagi eng yaxshi kunlar bo‘ldi. Jimin menga qanchalik ehtirosli bo‘la olishini har tomonlama ko‘rsatdi, faqat to‘rt devor ichida emas. Ha, kechalarimiz va tonglarimiz esda qolarli bo‘ldi, buni inkor qilmayman, lekin uning jozibadorligi faqat shunda emasdi.
U meni kechki ovqatga olib bordi, men bilan raqsga tushishni talab qildi va restoranning o‘rtasida o‘pib qo‘ydi. U meni xarid qilishga olib bordi, shunchaki Parijdagi sayohatimizda bo‘lgan model bo‘lish sessiyasini yana bir bor takrorlamoqchi bo‘lgani uchun. Biroq, bu safar bir farq bor edi—chunki u Fransiyada kiyim almashtirish xonasida meni devorga siqmagan edi va men bo‘g‘zimdan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan tovushlarni bo‘g‘ish uchun lablarini mahkam ushlashga ehtiyoj sezmagandim.
Bu odam shunchaki haddan tashqari jo‘shqin edi.
Uyga qaytganimizdan so‘ng, biz topgan yaqinlik va hamjihatlik haqiqat oldida parchalanib ketishidan qo‘rqardim. Ehtimol, hech qachon takrorlanmaydigan bir safarda unutilib ketishidan.
Biz yakshanba kuni qaytdik, bu esa Jiminning rejalariga juda mos tushdi. U qilgan birinchi narsa—meni bag‘riga bosib, yotoqxonasiga ko‘tarib borish bo‘ldi. Yoki, aniqrog‘i, bizning yotoqxonamizga. Uning aytishicha, u mendan to‘ymasdi—xuddi men undan to‘ymaganim kabi—va meni o‘zimizning yotoqxonamizda bo‘lishim kerakligini his qilardi.
Men e’tiroz bildirmadim, bunga shubha ham yo‘q. Na birinchi, na ikkinchi, na u va’dasini bajargan boshqa istalgan safar. Qanchalik ko‘p bor uning quchog‘ida nafasi qisilgan holda qolganimni sanashni allaqachon unutib qo‘ygandim. Va qanday qilib har safar yetarlicha o‘zimga kelib, yana hammasini takrorlashga tayyor bo‘lib qolganimni ham.
Bu uning odatiymi yoki bizning oramizdagi uzoq vaqtdan beri davom etayotgan taranglikning natijasimi, bilmasdim. O‘sha tushlik uchrashuviga qadar, otalarimiz taqdirimizni e’lon qilgan kundan boshlab cho‘g‘ bo‘lib qizigan hislarimiz portlashga shay bo‘lib kelayotgan edi. Nima bo‘lganda ham, biz bir-birimizdan uzoqda tura olmasdik.
Keyingi kunlarda qandaydir mo‘jiza bilan biz yaratgan o‘zimizga xos pufakcha buzilmasdan qoldi, kunlarning shiddatli oqimiga dosh bera oldi. Dushanba kuni tushlik paytida telefonimga kelgan oddiygina "Men seni sog‘indim" degan xabarni ko‘rganimda hayratim cheksiz edi. Bir daqiqa davomida ekranga tikilib qoldim, keyin esa Jiminning qanchalik "shirintoy" bo‘lishi mumkinligidan tabassum qildim.
Qolgan kunim odatdagidan ancha yoqimliroq o‘tdi.
Chorshanba kechasi yetib keldi va kino vaqti boshlandi. Erim mendan oldin uyda edi, men esa kirib kelganimda uning oshxonadagi stol ustida tayyor ovqat qutilarini ochayotganini ko‘rdim. U allaqachon bir film tanlab, polga yostiqlarni joylashtirib qo‘ygandi.
Biz ovqatimizni qutilardan yedik, ekrandagi sahnalarga qarab kulib, suhbatlashib o‘tirdik. Bir payt qutilar kofe stolining ustida unutildi, Jimin esa qo‘lini yelkamga o‘rab, divanga suyanib oldi.
Qandaydir tarzda uning qo‘li ko‘ylagimning chetiga yetib bordi va asta ichkariga sirg‘aldi, burnining uchi qulog‘imni mayin silaganida esa men diqqatimni filmdan uzmaslikka harakat qildim. Biroq irodali bo‘lishga urinib ko‘rishim ham behuda edi—ayniqsa, uning lablari bo‘ynimga tegib, barmoqlari ichki kiyimimga yaqinlashganda.
O‘sha kechaning katta qismini biz yashash xonamizda òtdi Film esa butkul unutilib ketdi.
Og‘riqdan yuzimni burishtirib, xotiralarimdan o‘zimni sug‘urib olishga majbur bo‘ldim va hozir nima qilayotganimga e’tiborimni qaratdim. Bu birinchi marta emasdi—ishlayotganimda igna yoki mix bilan o‘zimni tasodifan teshvolishim. Chunki ongim erimning teginishlarini eslash bilan band edi, labimdan esa yo‘qolishni istamagan tabassum arimasdi.
O‘z xatti-harakatlarimga izoh topishdan allaqachon voz kechgandim. Bu go‘yo tabiiy bir holga aylangandi—Jimin haqida o‘ylash meni yumshatardi, sog‘inishga majbur qilardi. Uydan qaytganimda nima bo‘lishini tasavvur qilib, labimda kulimsirash paydo bo‘lardi.
Ipni ehtiyotkorlik bilan bog‘lab, ortiqchasini kesdim va ignani joyiga qo‘ydim. Orqaga bir qadam tashlab, tikib bo‘lgan libosimga qoyil qoldim—bu, ehtimol, hozirgacha yaratgan eng yaxshi ishim edi. Balki uni taqdimotni mukammal yakunlash uchun ishlatishim ham mumkin edi.
Aslida, to‘g‘ri yo‘l uyga ketish edi. Lekin kulrang-ko‘k mato go‘yo meni o‘ziga tortardi, barmoqlarim har bir qirrani sinchiklab kuzatar, oxir-oqibat ohangdor yaltiroq qatlamni his qilardi.
Yelkamni qisib, libosni olib, uni kiyib ko‘rish xonamga olib bordim.
qo‘ygancha, libosni kiyib oldim va yon fermuarini osonlik bilan tortib yopdim.
Sochlarim yoyilib turardi, lekin libosning yoqasi bilan uni tasavvur qilarkanman, sochlarimni yig‘ib, bo‘ynimni ochiq qoldirish yaxshiroq ko‘rinishini his qildim. Atrofga ko‘z yugurtirib, eskizlar stolimdan ruchkani olib, sochlarimni yuqoriga yig‘dim va o‘sha ruchka bilan mahkamlab qo‘ydim.
Katta oynamning oldiga qadam qo‘ydim va bir lahzaga so‘zsiz qoldim. Manekenda ham chiroyli ko‘rinsa-da, libos odam ustida yanada mukammal aks etardi. G‘alaba qozongandek tabassum qildim.
O‘ng va chap tomonga burilib, har bir mayda detallarning o‘rinli joylashtirilgani naqadar katta farq qilganini angladim.
Yelkasiz yuqori qismi, yerga tushadigan uzun etagi, nafis kashtalari va pastki qismidagi ohangdor parchalari—hammasi o‘ylanganidek mukammal edi. Ko‘z oldimda allaqachon tayyor obraz gavdalandi: yaltiroq sirg‘alar, mos keladigan uzuk va ehtiyotkorlik bilan yig‘ilgan soch turmagi.
— O‘zimni ertak ichiga tushib qolgandek his qilyapman, aks holda qanday qilib hozir bir malika bilan yuzma-yuz turishim mumkin? — deb so‘radi Jimin eshik oldidan, meni hayratdan sapchitib yuborib.
— Xudo haqqi, yuragimni tushirding! — pichirlab, qo‘limni ko‘ksimga bosdim va nafasimni joyiga keltirishga harakat qildim. So‘ng unga qaradim.
U ofis kiyimida edi, lekin galstugi ham, kostyumi ham yo‘q edi. Oq ko‘ylagining yuqori tugmalari ochilgan bo‘lib, bo‘ynining oppoq terisi ko‘rinib turardi. Qo‘llari shimining cho‘ntaklariga tiqilgan, ko‘zlari esa so‘nggi kunlarda menga yaxshi tanish bo‘lib qolgan yirtqich ifodani aks ettirardi.
Men unga termulgancha turganimda, u bizni ajratib turgan masofani bosib o‘tdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldimda to‘xtadi.
— Kechiring, xonim, — deya past ovozda shivirladi u, ko‘zlarimdan nigohini uzmagan holda qo‘limni ushlab, lablarini unga tekkizarkan.
Men kulib yubordim, bu esa unga mamnuniyat bilan jilmayish baxsh etdi.
— Qanday qilib ichkariga kirding?
— Yordamching ketayotgandi, men esa uni meni qo‘yib yuborishga ko‘ndirdim, — u kulimsirab javob berdi.
— Uni o‘z jozibang bilan maftun qilding, shundaymi? — dedim kulib. U esa yelkasini qisdi, go‘yo bu ahamiyatsiz bir narsa edi. Bu esa meni battar kuldirib yubordi.
— Bu seniki-mi? — deb so‘radi u, libosga qarab.
— Ha. Uni endi tugatdim. Aslida uni hozir kiyib turishim kerak emas, lekin…
— Nega yo‘q? — deb so‘radi u, bir qadam ortga chekinib, libosga yaxshilab razm solarkan.
— Bu model uchun mo‘ljallangan, podiumda namoyish etilishi kerak. Men emas.
U bir lahzaga sukut saqladi va menga tikildi. Uning ko‘zlarida nimadir porladi—bu mehr, g‘urur va, ehtimol, sevgi edi. Men hech qachon ish faoliyatimda boshqalarning fikrini inobatga olmagan edim, chunki menga chin dildan qiziqqan yagona odam akam edi. Lekin o‘sha daqiqada Jiminning ko‘zlariga boqib, uning fikri men uchun naqadar muhim ekanini tushundim. U mening yutuqlarimdan faxrlanishini xohlardim.
Buni o‘ylash ahmoqlikday tuyulishi mumkin edi, lekin men endi mantiq haqida qayg‘urmasdim.
— Aytgancha… — dedim, unga orqamni o‘girib, oynaga qararkanman. — Uch oy ichida Nyu-Yorkda moda tadbiri bo‘lib o‘tadi. Men ham ishtirok etaman va o‘z kolleksiyamni namoyish qilaman. — Nega buni unga aytayotganimda hayajonlanayotgandim? — Va agar sen ham men bilan borsang, bundan juda xursand bo‘lardim.
Men uning javobini intizorlik bilan kutdim. U kompaniyada juda band edi, lekin hattoki otam ham keladigan bo‘lsa… Yoki u bormoqchi bo‘lmasmikan? Axir, bu moda tadbiri-ku. U bunga qiziqarmikan? Bilmadim…
— Shunchaki aniq qilib olmoqchiman, — dedi u birdan, meni o‘z fikrlarim girdobidan chiqarib. — Sen mendan rafiqam sifatida o‘z kolleksiyangni dunyoga taqdim etayotganingni tomosha qilishimni so‘rayapsanmi?
Uning yuzi jiddiy edi, xayolida nima kechayotganini tushunolmasdim. Bu esa meni yanada asabiylashtirdi.
— Uhm, ha? — dedim, bu javobmi yoki savol ekanini o‘zim ham bilmasdan.
U oynadan menga tikildi, nigohi qat’iyatli edi. Nafasimni ushlab turdim, uning qarorini kutarkanman.
Agar u kelishni xohlamasa-chi? Xo‘sh, bu unchalik muhim emas… To‘g‘rimi? Men bundan hafsalasi pir bo‘lgan odamdek o‘zimni his qilmasligim kerak. Axir bu kulgili bo‘lardi, shunday emasmi?
— Go‘yo seni hamma joyda aylantirib, kim bo‘lsa ham eshitsin deb, sen meniki ekaningni aytish imkoniyatini qo‘ldan boy beradigandek, — u shivirlagancha, qulog‘im tagiga mayin o‘pich qo‘ydi. — Albatta boraman, Aria. Endi esa…
U birdan meni o‘girib, ko‘zlariga qarashimga sabab bo‘ldi.
— … xotinim, sen hozir uyda bo‘lishing kerak emasmi?
Shunda angladimki, ish bilan band bo‘lib, vaqt qanday o‘tganini sezmay qolibman. Devordagi katta soat tungi o‘n-u o'ttiz to‘rttani ko‘rsatardi.
— Kechirasan, vaqt qanday o‘tganini sezmay qolibman.
— Kechiraman, lekin buning narxi bor, — dedi u, sochimni ushlab turgan ruchkani chiqarib, yonimizdagi stolga qo‘ydi va qo‘llarini sochlarim orasidan o‘tkazdi.
— Kelishib olsak bo‘ladimi? — dedim, qo‘llarimni bo‘yniga o‘rab, jiddiylik bilan hazillashdim.
— Yo‘q. Men aniq bir narsani xohlayman, — dedi u, ko‘zlarini qattiq tikkancha.
— Nima o‘zi? — deb pichirlab so‘radim, barmoqlarim bilan uning bo‘yniga tegib, burunlarimiz bir-biriga tegay-tegay deb turardi.
— Ishonamanki, sen bunga qodirsan, — dedi u sekin, qo‘llari qandaydir yo‘l bilan libosimning fermuarini topib, buni hech qanday qiyinchiliksiz pastga tushirdi.
— Extiyot bo‘l… — iltimos qildim. Libosim haqida gapiryapmanmi yoki umuman ofisim haqida, o‘zim ham bilmayman.
— Xavotir olma, malikam, — u yelkamning terisiga shivirlagancha, meni quchoqlab olib, stol ustiga qo‘ydi. — Men seni ushlab turaman.
Lekin uning bu so‘zlari qanchalik rost bo‘lishini u hali o‘zi ham bilmasdi.