Cold marriage Eposide 11
Bu oson emas edi, ayniqsa onam meni sezilarsiz tarzda sahnaga sudrab chiqayotganida, meni raqs auktsioniga yozdirish niyatida bo‘lganida. Ha, tushunaman, bu yaxshi maqsad uchun, va agar oddiy holat bo‘lsa, yordam berishdan mamnun bo‘lardim, lekin bu shunday emas edi.
(Tushuntirish Aria onasi tomonidan raqs auktsioniga majburan olib chiqilmoqda.
Raqs auktsioni shunday tadbirki, unda odamlar ma’lum bir mablag‘ evaziga biror kishini raqsga taklif qilish huquqini sotib oladi. Bu ko‘pincha xayriya maqsadida o‘tkaziladi.)
Tunda allaqachon dahshatli falokat yuz bergan edi.
Ammo onam baribir onam bo‘lgani uchun, meni oldinga boshlashda davom etdi, bu ish uchun mas'ul odam bilan gaplashib, unga jilmaydi, so‘ng "omad tilayman" deb pichirlab, bizning stolimizga qaytdi. Shu payt, mening go‘yoki erim esa meni ko‘zlari bilan kuzatib turardi.
Sahnaga olib boruvchi bir necha zinadan chiqib, u yerdagi boshqa ayollar yonida joylashdim va xonani beparvo kuzatdim. Erkak ro‘yxatini yana bir bor tekshirib chiqqach, oldimizga borib, mikrofonni qo‘lga oldi va tadbir boshlanishini e'lon qildi.
— Xonimlar va janoblar, bizning auktsionimiz rasman boshlandi. — Ko‘pchilik olqishladi, kimdir hushtak chaldi, bu esa hammaga kulgi ulashdi. — Xo‘sh, xo‘sh. Pullaringizni sarflash uchun cheksiz imkoniyatlar bo‘ladi, lekin eng yoqimli auktsiondan boshlaymiz. Raqs auktsioni.
Yana odamlar qarsak chalishdi, endi esa yanada ko‘proq erkaklar hushtak chalardi. Yonimdagi ayollar tabassum qilishdi, ba'zilari qo‘l silkitib, ba'zilari esa havoga o‘pich yo‘llashardi. Men esa shunchaki turardim, hech kimga maxsus qaramay, mayin jilmayib, bularning tezroq tugashini kutardim.
Go‘yo men yetarlicha muammo bilan shug‘ullanayotgandek emasdim.
— Xo‘sh, barchangiz bu qanday ishlashini bilasiz, to‘g‘rimi? — dedi MC, mening sahnadan qochib ketish istagimni butkul payqamay. — Bu yerda go‘zal xonimlarimizni tanishtirib chiqamiz. — U yon tomonga burilib, kimlar haqida gapirayotganini odamlar tushunishi uchun ishora qildi. — Keyin esa savdolarni boshlaymiz. Eng yuqori baho kimdan bo‘lsa, u raqsga tushish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Juda oddiy, agar mendan so‘rasangiz. — dedi va tomoshabinlar kulib yuborishdi.
U birinchi ishtirokchini oldinga chiqishni so‘rab, ro‘yxatini tekshira boshladi.
— Mana, kechamizning birinchi xonimi. Uning ismi Sana, va men aniq bilamanki, hammangiz uni taniysiz. — dedi, jilmayib.
Albatta, hammamiz uni tanirdik, u Prezidentning qizi edi. Va o‘zini xuddi shunday tutardi. Haddan tashqari erkalik bilan ulg‘aygan Kim Sana Seulning haqiqiy "it girl"i edi.
MC u haqida bir nechta gap aytdi, Sana esa tomoshabinlarga tabassum bilan qarab, oxir-oqibat ba’zi qiziqqan erkaklarga o‘pich yo‘lladi. U modeldek pozalar qilib turdi, shu bilan birga unga tikilgan narxlar oshib boraverdi. Oxir-oqibat, u tanish bo‘lgan bir erkak uni 500 000 dollar evaziga yutib oldi.
Odamlar qarsak chalishdi, Sana esa kamtarinlik qilayotgandek ta’zim qildi, go‘yoki bu summadan hayratga tushgandek. E’tibor markazidan chiqib ketarkan, u yonimizdan o‘tib ketayotib, asl fe’l-atvorini namoyon qildi:
— Ko‘ramiz-chi, ichingizdan kim mendan ham qimmatroqqa sotiladi?
Yonimdagi ayollar asabiy jilmayishdi va diqqatlarini yana MC’ga qaratishdi. Hammamiz bilardikki, Sana kechaning eng yuqori narxga chiqadigan ishtirokchisi bo‘lishini. Bu esa uning allaqachon shishib ketgan ishonchiga yana-da hissa qo‘shardi
Daqiqalar o‘tib, yonimdagi har bir ayol oldinga chiqib, savdoga qo‘yildi. Albatta, hech biri Sana erishgan summaga yaqin ham bora olmadi. Men esa joyimda qotib turardim, refleks bilan jilmayib, shunchaki tashqi ko‘rinishni saqlab, navbatimni kutardim.
— Endi, bizning so‘nggi, ammo hech qanday kam bo‘lmagan xonim. Xonim Park Aria. — U yoniga bir qadam qo‘ygach, men odamlar tomonga mexanik jilmaydim, yana hech kimga alohida e'tibor bermay. — Jeonlar oilasining kenja farzandi. U moda sanoatida o‘z nomini yaratishga muvaffaq bo‘lgan va... Xudo biladi qanday qilib, Park Jiminni o‘ziga tortib olgan.
Odamlar bunga kulishdi, ehtimol, haqiqiy javobni bilishni xohlashardi.
Savdolar oddiy tarzda boshlandi, asta-sekin oshib borardi. Stolimiz tomonga qarab, Jiminning nigohini tutdim. U menga yirtqich qush kabi, o‘z o‘ljasini kuzatayotganidek tikilardi. U butun kecha hech kim uchun pul tikmadi va haykaldan farq qilmay, jim turardi. Shu payt esa boshqa erkaklar mening raqsga tushishim uchun tobora ko‘proq pul taklif qilishardi.
Narx oshgani sari, ba’zi erkaklar ishtirokdan chiqib ketdi. MC kimning yutganini e'lon qilmoqchi bo‘layotganda, kutilmaganda yangi ovoz eshitildi.
Bu Jimin emas edi. Chunki men undan ko‘z uzmagan edim. Diqqatimni boshqa tomonga qaratib, devorga suyanib turgan Taehyungni ko‘rdim. U kulimsirab, qo‘lini tushirdi.
— Devordagi janobdan 400 000 dollar! Kimdir…
Men sahnada turgan joyimdan unga qaradim. U o‘rnidan turib, menga sinchkovlik bilan tikilardi. Hatto qo‘lini ham ko‘tarmasdan, shunchaki narxni baland ovozda aytdi va oldinga bir qadam tashladi.
— 450 000 dollar xonimning eri tomonidan! Kim orttiradi? — dedi MC tezlik bilan, yana kimdir aralashmasidan oldin.
— 500 000 dollar. — dedi Taehyung, belini tik tutib, oldinga bir qadam tashlab. Qo‘llari esa cho‘ntagida edi.
— 550 000 dollar. — dedi Jimin, sekin sahnaga qarab yurarkan, nigohlari menga qadalgancha.
— 600 000 dollar. — deb javob qaytardi Taehyung, bu esa tomoshabinlardan hayratli shovqin chiqishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, o‘zini “tunda eng katta summa men uchun tikiladi” deb o‘ylagan qizil sochli bir qizning rangi o‘chib ketdi.
Mana senga, "Men Prezidentning qiziman" xonim.
— 650 000 dollar. — dedi Jimin shivirlagan holda. Lekin butun zal uni eshita oldi, chunki hamma hayratdan jim bo‘lib qolgan edi.
— 700 000 dollar. — deb yubordi Taehyung, mamnun jilmayib, endi u ham sahnaga yaqinlashayotgan edi.
Yonimda turgan MC og‘zini ochgancha qotib qoldi.
Jimin bir lahzaga yurishini to‘xtatdi va zalning narigi tomonidan turib turgan Taehyungga nigoh tashladi. U esa o‘ziga ishonch bilan jilmayib turardi, go‘yo bu o‘yinga chaqirayotgandek. Lekin Jiminning jilmayishi yanada kengaydi, u oxirgi qadamlarini sahna chetigacha tashladi va menga tik qaradi.
Zalda hamma bir vaqtda chuqur nafas oldi — shokka tushish darajasida. Ko‘z qirim bilan Taehyungning qo‘llarini taslim bo‘lgandek ko‘tarib, orqaga chekinganini ko‘rdim. U hamon xotirjam kulib turardi.
Jimin qo‘lini menga uzatdi. Uni ushladim va sahnadan tushishimga yordam berdi. Shu payt, odamlar hushlariga kelib, qarsak chalishni boshlashdi.
— Xo‘sh, bu... shunday bo‘ldi, chamamda, — dedi MC, hali ham nima bo‘layotganini tushunishga harakat qilib, lekin bu faqat unga emas, zalda o‘tirganlarning hech biriga ham ayon emas edi. U tezda o‘zini qo‘lga oldi. — Xo‘p, endi esa g‘ayritabiiy narsalarni sinab ko‘ramiz. Bizning kimoshdi savdolarimizning boshqa qismi endi ochiq!
Men uning gaplariga e'tibor ham qilmadim. Sahnadan sekin tusharkanman, Jimin menga yordam berdi. Yerga xavfsiz tushganimdan so‘ng, u qo‘lini belimga o‘rab, meni stolimiz tomon olib bordi. Odamlar esa sahnada bo‘layotgan boshqa narsalarga e'tibor qaratishdi.
— Bu nima edi? — sekingina, faqat u eshita oladigan darajada so‘radim.
— Bu shunchaki Taehyung o‘zini Taehyungdek tutgani edi, — dedi u lablarida mayin tabassum bilan.
— Sen tushunib turibsanmi, men bilan raqsga tushish uchun bir million dollar to‘lashing kerakligini?
— Xabardorman, — dedi oddiy ohangda.
Men yurishimni to‘xtatdim va unga qaradim. U esa boshi biroz qiyshaygan holda, nigohimga javob qaytardi. Uning ko‘zlarida hazil yo‘q edi, shubha ham sezilmadi.
Asabimni buzadigan darajada xotirjam edi.
— Sen aqldan ozgansan, — dedim, kursimga borish uchun yana yurishni davom ettirib.
— Mendan yomonroq so‘zlar bilan ham atashgan, — dedi u kulimsirab. — Va men hech kimning sen bilan raqsga tushishiga yo‘l qo‘ymoqchi emasdim.
— Sen bizning nikoh “tafsilotlarini” eslayapsan, to‘g‘rimi?
— Ha, eslayman. Lekin sen baribir mening xotiningsan. Va men bo‘lishishni yoqtirmayman.
Jahl bilan chuqur nafas oldim va oxir-oqibat kursimga yetib bordim. Keyin esa likopchadagi bitta kanapeni olib, og‘zimga tiqdim. Chunki bu joy ham, vaqt ham unga tegishli “munosib javob” berish uchun mos emas edi.
Vaqt o‘tib borardi, men esa yeb-ichishda davom etardim. Xudo biladi, oradan qancha vaqt o‘tganidan keyin nihoyat auktsion yakunlandi. MC sahnadan tushdi, va yana musiqa yangray boshladi. Stakanimni stolga qo‘yganim hamono yonimda kimningdir soyasi paydo bo‘ldi.
— G‘alaba qozonmagan bo‘lsam ham... — dedi u, qo‘lini cho‘zib. — … raqsga tushishni xohlaysanmi?
Men yengil kuldim va yonimga qaradim. Jimin boshqa erkaklar, jumladan, bizning otalarimiz bilan suhbatga shu qadar berilganki, Taehyungning yaqinlashganini ham sezmay qoldi.
— Mamnuniyat bilan, — dedim va qo‘limni uning kaftiga qo‘yib, o‘rnimdan turdim.
U meni zalning o‘rtasiga olib bordi. U yerda allaqachon uch juftlik musiqaga ohangdoshlik bilan sekin harakatlanardi. Taehyung qo‘lining birini belimga qo‘ydi, ikkinchisi esa qo‘limni tutib, avtomatik ravishda kuy ohangida harakatlana boshladi.
— Xo‘sh... — dedim men. — Nega auktsionda Jimindan ustun kelishga harakat qilding?
Men tushunmay, qoshlarimni chimirdim. U esa yengil kulib tushuntirdi:
— Men u mening garovlarimni qoplashini bilar edim. Bu shunchaki do‘stlar o‘rtasidagi kichik o‘yin edi.
— U bir million dollar sarfladi.
— Xo‘sh, u to‘lay oladigan odam-ku, — dedi Taehyung bemalol.
Siz ikkovingiz bilan bir gap bor. Balki shuning uchun ham do‘stsizlar.
Biz jim harakatlanib turardik. Boshqalar ham bizdan o‘rnak olib, sheriklarini raqs maydoniga boshlab kelishdi. Biz asta-sekin gavjumlikdan uzoqlashib, zalning tinchroq burchagiga o‘tib borardik.
— Senga bir narsa so‘rasam bo‘ladimi? — dedi Taehyung, lablaridagi tabassumi biroz so‘narkan.
Men qoshlarimni chimirdim. Bu? Bal? Auktsion?
— Men Jiminni nazarda tutdim, — tushuntirdi u, endi yuzida hech qanday tabassum yo‘q edi.
— Men sizning “bitimingiz” haqida bilaman.
Bir soniya muzlab qoldim. Qo‘rquv yuragimni qamrab oldi. Ammo Taehyung hech narsa bo‘lmagandek, meni sekin harakatlantirishda davom etdi.
— Xotirjam bo‘l, men hech kimga aytmayman. Men boshidanoq buni bilardim va shu vaqtgacha og‘zimni ochmadim. — U to‘g‘ri ko‘zimga tikilib qaradi. — Meni shunchaki, bunday kelishuvga nega rozi bo‘lganing qiziqtiradi.
— Agar sen buni bilsang, demak, men tanlovim yo‘qligini ham bilasan.
— Aslida bor edi. Sen yo‘q deyishing mumkin edi. Axir o‘z hayotingni o‘zing ta’minlay olasan-ku. Men ayollar modasi haqida hech narsa bilmayman, lekin hatto men ham sening bu sohada juda yaxshi ekaningni eshitganman.
— Bu shunchaki oddiy tanlov emas edi, Taehyung. — Ko‘zimni bir soniyaga yumdim. — Otam doimo o‘zi xohlagan narsaga erishib kelgan. Har doim. Agar unga qarshi chiqsang, u odamlarni jazolaydi, faqat o‘zining xo‘jayin ekanini isbotlash uchun. Agar men yo‘q deganimda, u meni butunlay yo‘q qilish uchun o‘ziga ma’lum bo‘lgan yagona narsani qilgan bo‘lardi. U shuni oyoq osti qilib tashlagan bo‘lardi, shunchaki, bunga qodirligini ko‘rsatish uchun.
Bu savol emas edi. U nimani nazarda tutganimni aniq tushungan edi, ammo men baribir bosh irg‘ab tasdiqladim.
Kimdir bevosita aralashmagan odam bilan gaplashish yaxshi edi. Akam yoki hatto Jimin emas. Taehyungning bu bilan aloqasi yo‘q, undan hech qanday manfaat chiqmaydi. Shuning uchun uning fikri samimiy bo‘lishiga ishonsam bo‘lardi.
— Bilasan-ku, u... tunlarini yolg‘iz o‘tkazmaydi, to‘g‘rimi?
— Bilaman. Uchinchi kechasi u o‘ziga tegishli bo‘lmagan atir hidida kirib kelganda, buni payqamaslik qiyin.
— Bunday hayotga chidashga majbur emassan.
— Akam ham xuddi sen kabi gapiradi.
— U haq. — Taehyung menga jiddiy tikildi. — Jimin mening do‘stim. Ochig‘i, avval uning bu xatti-harakatlarini tanqid qilish uchun hech qanday sababim yo‘q edi. Men ham biroz vaqt shunday yashaganman, tan olaman. Lekin hozir vaziyat o‘zgargan.
— Unga ko‘ra, unchalik ham emas.
Atrofga qaradim, Taehyungning qo‘llari orasida yengil harakat qilarkanman, ko‘zlarim sarson edi. Nihoyat, Jiminni topdim. U hali ham o‘sha odamlar bilan gaplashayotgan, mening yo‘qligimni hatto payqamayotgandi.
— Sen uni yoqtirasan. — dedi qarshimdagi yigit.
— Aria, senga do‘st sifatida maslahat bersam bo‘ladimi?
— Yoqtirma. Butunlay o‘zini berib qo‘yma. Jimin – yovvoyi olovga o‘xshaydi, unga ortiqcha yaqinlashsang, faqat kuyasan.
— Ishon, bu darsni ancha yillar oldin olganman. — dedim, o‘tmishdagi bir halokatli kun xotiramdan lip etib o‘tarkan.
— Hyung, sen xotinimni o‘g‘irlayapsan.
Ikkimiz ham burildik va Jimin bilan to‘qnash keldik. Uning yuzida yengil qotillik ohangi bor edi. Go‘yo Taehyung uning do‘sti emas, balki dushmani edi. Raqibi.
— Men shunchaki uni xursand qildim, axir sen kattalar bilan band eding, — deb javob berdi Taehyung, orqaga bir qadam tashlab, qo‘limni o‘pib xayrlashdi. — Ko‘rishguncha, Aria. Jimin.
Yoshrog‘i faqat bosh irg‘adi, do‘sti esa bizning yonimizdan o‘tib, zalning uzoq burchagidagi barga yo‘l oldi. Shu lahzada butun kechadagi voqealar va Taehyung bilan bo‘lgan suhbat bosim kabi boshimga tushdi.
— Uyga ketmoqchiman, — dedim, yuzimda hech qanday ifoda aks etmay.
— Sen bilan birga ketaman yoki yolg‘iz boraman, Jimin, lekin men uyga ketaman.
U menga tikilib qoldi, go‘yo men unga shunday gapirishga jur’at qilganimga ishonmayotganday. Yoki balki men shunchaki jasorat qila olaman deb o‘ylamaganmidi? U otam emas edi, va men hech qachon o‘zimni hurmatsizlik qilayotganim uchun bosh egmayman. Ayniqsa, menga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishni o‘zi ham hal qilolmayotgan odam oldida.
Oradan bir umr o‘tgandek tuyulgan sukunatdan keyin, u nihoyat gapirdi.
Men faqat bosh irg‘adim va sumkamni olish uchun stolga yo‘l oldim. Jimin esa ortimdan yurdi, telefon orqali nimadir deb, keyin uni cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Stolga yetib borganimizda, hamma jim bo‘lib, bizga qaradi.
— Nima bo‘ldi? — so‘radi Jiminning onasi, tashvishlangan holda.
— O‘zimni yaxshi his qilmayapman, — deya jilmayishga harakat qildim va sumkamni oldim. — Kechani biroz erta tugatishim kerak bo‘ladi.
— Voy, nimadir kerak emasmi? Men...
— Hammasi joyida, ona, — orqamdan o‘g‘li javob berdi, shu payt mening onamning nigohi meni o‘rab turganini sezdim. U meni hukm qilayotgandek edi. — Ariani men uyga olib boraman.
Yuzimdagi tabassumni saqlab, ichimdagi chalkashliklarni hech kim sezmasligi uchun xayrlashdim va Jimin bilan birga chiqish tomon yurdim. Jurnalistlar va kameralar avvalgidan kamroq edi, lekin ba'zilari hamon shu yerda edi. Bizni ko‘rib, yana joylaridan turib, shovqin ko‘tara boshlashdi.
Bu safar esa, men ularga ahamiyat bermasdan, to‘g‘ri ochiq turgan qora mashina eshigiga yo‘l oldim va iloji boricha tezroq ichkariga o‘tirdim. Jimin ham joylashgach, eshik yopildi. Men boshimni orqaga tashladim va ko‘zlarimni yumdim. Shunchaki ushbu tunni unutishni istadim.
Tirbandlik bo‘lmagani uchun mashina tez orada bizning binoga yetib keldi. Nima uchundir Jimin belimdan tutib, meni o‘zi bilan birga yetaklashga urinardi. Men undan uzoqlashmoqchi bo‘ldim, lekin u faqat tezroq yurib, qo‘llarini belimga mahkamroq bog‘ladi va yonida olib yurishda davom etdi.
Nihoyat, biz qorong‘i xonadonga kirib bordik. Lift eshiklari ortimizdan yopilib, pastga qarab harakatlana boshlaganida, Jiminning ovozi xonani to‘ldirdi.
— Jimin, charchadim. Keling, bu haqida gaplashmaylik...
— Yo‘q, — u tishlarini g‘ijirlatib, smokingini yecha boshladi. Galstuk tugunini bo‘shatdi. — Biz gaplashamiz. Hozir va shu yerda.
— Men jiddiy gapiryapman, Jimin. Bu masalani yopaylik.
— Yopmaymiz! — u qarshi chiqdi va smokingini chetga uloqtirdi. Kiyim matosi polga tushib, jimjitlik ichida qo‘nib qoldi. — Avvaliga, menga qarshi turib, mening ustimdan yurasan. Keyin esa, meni o‘pasan va qochib ketasan. Oxir-oqibat esa Taehyungning bag‘rida aylanib yuribsan.
— Yo‘q, unday bo‘lmaydi, — men uning gapini bo‘ldim, u yana nimadir demoqchi bo‘lsa ham. — Menga shunday qiliqlaring bilan kelishga haqqing yo‘q! O‘zingni hasadga to‘la odam qilib ko‘rsatma. Bu senga yarashmaydi!
— Aria, men senga aytdim. Men hech qachon bo‘lishmayman, — Jimin qattiq ohangda gapirdi va menga qarab yaqinlasha boshladi. — Hech qachon bo‘lmaganman, hech qachon bo‘lmayman ham. Buni erta tushunganing ma’qul.
Men kulib yubordim. Eng istehzoli kulgimni chiqarishga harakat qildim. Jimin yurishdan to‘xtadi, labi ingichka chiziqqa aylandi, ko‘zlari g‘azabdan yonardi. Ha, bu g‘azab edi. Uning jigarrang ko‘zlaridagi o‘sha chaqnashni adashishning iloji yo‘q edi. Bu esa meni yanada qattiqroq kulishga majbur qildi.
— Keling, sizga tushuntirib beray, — dedim men, kulgimni to‘xtatib, ammo ovozimdan istehzo yo‘qolmagan edi. — Erim menga hech kim bilan bo‘lishmayman deb aytayotganini eshityapman. Xuddi shu erim har tun boshqa bir ayolning bag‘ridan chiqib, tong otguncha uyga qaytayotgani yetmagandek.
Jiminning yuzi oqarib ketdi. Rostdan ham men bilmagan deb o‘yladimi? Yoki men uni bu haqda yuziga solmasligimga ishonib yurganmi?
— Unda sizga bir narsani aytay, janob erim, — dedim, unga so‘zlashga fursat bermasdan. — Siz kim bilan vaqt o‘tkazishim, nima qilishim haqida qaror qila olmaysiz. Menga hasad qilishga yoki mendan hisob so‘rashga haqqingiz yo‘q, — men unga yaqinlashdim, oramizda deyarli masofa qolmadi. — Bu gaplarni o‘sha ayolingizga ayting, har kecha uni tashlab ketayotgan o‘zingiz-ku!
Jimin hayratdan karaxt bo‘lib qoldi. Og‘zi ochilib, hech qanday ovoz chiqmadi. Men esa ortimga burilib, zinapoya tomon yurib ketdim, uni qorong‘i yashash xonasining o‘rtasida yolg‘izlik ichida qoldirib. Biroq, birinchi pog‘onaga yetganimda, u qo‘limdan ushladi.
— Yo‘q, — dedim men, qo‘limni keskin tortib oldim. — Kelishuvimiz shunday edi. Siz o‘zingizning hayotingizni yashaysiz, men esa o‘zimnikini. Endi bu shartlarni o‘zgartirishni so‘ramayman, — dedim, yana bir nechta pog‘onani chiqib.
— Lekin sen mendan xotin sifatida nimanidir talab qilish huquqiga faqat er bo‘lishni boshlaganingda ega bo‘lasan. Bir soniya ham oldin emas. Men senga bo‘yin egib yashamayman, xohlaganingda tortib oladigan ip bilan bog‘lab qo‘yishingga yo‘l qo‘ymayman. Menda shundoq ham shunday odam bor — otam.
Men zinapoyaning qolgan qismini qattiq bosib chiqib, yotoqxonamga kirdim va eshikni qarsillatib yopdim. Poshnali tuflilarimni echib, har tomonga uloqtirdim. Ulardan biri guldonga tegib, uni yerga tushirdi. Chinni sinib tushganida ovoz butun xonani tutib ketdi.
Yerda yotgan siniq shishalarga qarab turarkanman, ko‘z yoshlarim beixtiyor yuzimdan dumalab tushdi.