April 22

Xayollar qal'asi

2-qism

Odamlar musiqa ohangiga tebranib, ichimlik ichib, ziyofatdan zavqlanayotgan edi. Men esa, aksincha, kimnidir o‘ldirib qo‘ymaslik uchun o‘zimni zo‘rg‘a tutayotgan edim. So‘nggi bir soat ichida bir shahzodadan boshqasiga o‘tib yurganimdan boshim yorilay deyapti. Ular faqat o‘zlarini maqtashni va nimaga ega ekanliklarini gapirishni xohlashardi, bir marta ham mendan bu yerda bo‘lishni xohlarmidim, deb so‘rashmadi.

Ularni tinglab turib, ancha narsani bilib oldim, bu aniq.

Shahzoda Jungkook — o‘zini yaxshi ko‘radiganlardan. U o‘zini shu qadar sevardiki, sevimli mavzusi ham o‘zi edi. Qilich bilan qanday zo‘r jang qilishi, qora rangda sochlari qanday chiroyli ko‘rinishi, kiyimlari mamlakatdagi eng zo‘r matodan tikilgani haqida gapirardi. Mag'rurlik — u uchun laqab ham emas edi.

Shahzoda Jimin esa shunchaki g‘alati edi. U yaxshi yigit, lekin og‘zidan chiqqan so‘zlar unchalik mantiqli emasdi. Nimadir begona sayyoraliklar va teleportatsiya haqida gapirardi. Aslida u fantastik filmni tasvirlab berayotgandek tuyuldi.

Shahzoda Namjoonni esa… qanday aytgani to‘g‘riroq bo‘ladi? Yelkasi sust. U bilan gaplashish nisbatan oson edi, lekin o‘n daqiqalik oraliqda u uchta stakanni sindirdi, bir nechta odamga urilib ketdi va to‘satdan burilib, yonidan o‘tayotgan bechora ofitsiantni yiqitdi, qo‘lidagi barcha shampan vinolari bilan birga. Ana shu payt undan qochib qutuldim.

Shahzoda Yoongi esa hozirgacha eng yoqimli inson edi. U ko‘p gapirmasdi, menimcha, bu narsalarga unchalik ahamiyat bermagani uchun. Lekin, baribir, bekorchi gaplar bilan to‘ldirilgan suhbattan ko‘ra, qulay sukunatda bo‘lganim afzal edi.

Hozir men bir guruh odamlar bilan gaplashayotgandek ko‘rinib, o‘zimni juda band qilib ko‘rsatayotgan edim. Ko‘z qiri bilan qarasam, Jungkook va Namjoon menga yetib olishga urinayotgan edi, xonaning ikki tomonida turishardi.

O‘zimni uzrli qilib, suhbatdan chiqib, boshqa tomonga qarab yurishni boshladim, go‘yoki ularni ko‘rmagandek. Orqamga tez nazar tashlasam, Namjoon endigina bir kampirga urilib ketgan, kampir esa endi uni koyiyotgan edi. Lekin Jungkook hali ham menga qarab kelayotgan edi.

Eshikdan o‘tib, yurishda davom etdim. Men u bilan yana gaplasha olmayman. Agar yana o‘zining qanchalik ajoyibligi haqida eshitsam, ehtimol, yuziga musht tushirarman. Shunday qilib, siz tushunyapsiz, bu kelajakdagi malikaning ortiqcha mojarodan qochish harakati edi. Otam bu bilan faxrlanishi kerak.

Qachonki o‘zimni tutib olganimda, allaqachon tashqarida edim. Orqamga qarab, u hanuz meni quvlayaptimi, tekshirmay ham yurishda davom etdim. Otxona eshigi ochiq edi, ichkaridan xira bir nur taralib turardi. Bu noqulay libos va oyoq kiyimlarimga qaramay, imkon qadar tez harakat qilib, ichkariga o‘tib, devor ortiga yashirindim va tashqariga qarab mo‘raladim.

Jungkook saroy eshigiga yetib keldi, lekin uni faqat qorong‘u tun qarshi oldi. U ikki tomonga qaradi, ammo meni topa olmadi shekilli. Boshini chayqab, orqasiga burildi va yana ichkariga qaytib ketdi. Devorga suyanib, ko‘zlarimni yumib, yengil nafas oldim.

— Malika Rosie?

Tepaga qarasam, Teahyung menga tikilib qarayapti. Ehtimol, malikaning ziyofat davom etayotgan paytda nega tun yarmida otxona oldida turganini, ayniqsa kimdandur yashirinayotgani ayon bo‘lsa, tushunishga harakat qilayotgandir. U oldingi kuni kiygan kiyimlariga o‘xshash narsa kiygan edi, faqat bu safar jinsi shim va futbolkasi butunlay qora rangda edi.

— Salom, Teahyung — dedim va u yengil ta'zim qildi.

— Sizga nimadir kerakmi, xonim? — dedi u juda odob bilan.

— Yo‘q, faqat kimdandur yashirinayapman, — deb kulib tan oldim. — Va yana, Rosie deb ayt, boshqa unutma.

— Kechirasiz? — dedi u, hayron bo‘lib.
— Aytdim-ku, kavalermdan yashirinyapman, — deb takrorladim, uning reaksiyasini kuzatib. — Aftidan, malikalikni qabul qilishlari uchun, men turmushga chiqishim kerak emish.

— Unda nega bu yerda yashirinyapsiz? Axir u yerda bo‘lib, ulardan birini tanlashingiz kerak emasmi?

— Xo‘sh, siz ularni uchratganmisiz? Agar uchratgan bo‘lsangiz, nega aynan bu yerda ekanligimni tushungan bo‘lardingiz.

— Ular bunchalik yomon bo‘lishi mumkin emas-ku. Axir ular shahzoda.

— Ha, ular buni juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham o‘zlarini butun olam markazi deb o‘ylashadi.

Shu gapimdan so‘ng Jimin kulib yubordi. U shunchalik qattiq kuldiki, ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi. Men uning menga kulganidan ranjimoqchi bo‘ldim, lekin bo‘la olmadim. U bola kabi samimiy kulayotganida juda yoqimli ko‘rinar edi, shuning uchun men ham kuldim.

Oxiri o‘zini qo‘lga olganida, u nimadandir hayron bo‘lib qolgandek tuyuldi.

— Turing-chi, nega sen malika bo‘lishing uchun albatta turmushga chiqishing kerak?

— Chunishimcha, yolg‘iz ayol boshqaruvchi bo‘lishga ishonchli emas emish.

— Bu mutlaqo bema'nilik, — dedi u, jahl bilan. — Tilimga uzr.

— Hech narsa emas. Ha, men ham shunday deb o‘ylayman, lekin mening fikrim bu masalada unchalik ahamiyatga ega emas.

— Demak, sen hech tanimaydigan biror odamga turmushga chiqasan, shunchaki yolg‘iz bo‘lganing uchun malika bo‘lolmaysan, deb? — Men boshimni qimirlatib tasdiqlaganimda, u hafsala bilan xo‘rsindi. — Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri tentaklik.

— Ha, menga aytma ham, — dedim xo‘rsinib.

Bir oz jim turdik, atrofdagi tun tovushlarini tinglab. Teahyungning yonida bo‘lish yoqimli edi. U meni hayratlantirish uchun o‘zini boshqa birov qilib ko‘rsatishga urinmasdi.

— Aytgancha, bugun juda chiroyli ko‘rinyapsan, — dedi u.

Unga qaradim, lekin u osmonga tikilib turardi. Bu samimiy iltifotdan yonoqlarim qizishib ketdi va tezda undan yuz o‘girdim, past ovozda “rahmat” dedim. O‘sha o‘zini shahzoda deb ataydiganlarning hech biri bugun meni chiroyli deb aytmagan edi, aytishgan taqdirda ham, bu Jungkookning so‘zidek chin yurakdan bo‘lmasdi.

— Hey, men senga bitta maslahat bersam bo‘ladimi? — dedi u, yuzimga qarab. Men bosh irg‘aganimda davom etdi:
— Ularning nechta kamchiligi borligini bilib bo‘lding. Endi ularning yaxshi tomonlarini qidir. Axir baribir ulardan biriga turmushga chiqishingga to‘g‘ri keladi, hech bo‘lmasa eng yomon emasini tanlaganing yaxshi.

Men biroz jilmaydim va bosh irg‘ab, eshik tomon yo‘l oldim.

— Teahyung? Rahmat.
— Nima uchun?
— Maslahat uchun… va do‘st bo‘lganing uchun. Menimcha, sen men tanigan yagona do‘stimsan.

Saroy ichkarisiga qaytib, raqslar bo‘layotgan zalga yo‘l oldim. Endigina ichkariga kirganimda, otam menga qarab yurib keldi.

— Rosie, qayerda eding? — deb so‘radi u.

— Sal havodan bahramand bo‘lib chiqdim, dada. Shunday chiqib ketganim uchun uzr.

Otamga yaqinlashib, yuzidan o‘pdim. Atrofga qaradim — shahzodalar xonaning har xil burchaklarida edilar. Xo‘sh, harakat qilib ko‘rishim kerak-ku, to‘g‘rimi? Shunday qilib, o‘zimga ishonchli ko‘rinishga harakat qilib, shahzoda Jimin tomon yurdim — yana uning aqldan ozgan tasavvurlari haqida eshitish uchun.

Lekin men bilmagan narsa shuki, podshoh men otxonadagi yigit — Teahyung bilan gaplashayotganimni ko‘rib ulgurgan edi.

2-qism tugadi

Translated by Aria