Bir aqlsizning kundalik fikrlari haqida
Β«Vaqt oΚ»gΚ»risiΒ» kim yoxud 24 soat qayega ketmoqda?
Ertalab saxar azonlab soat 8-9 larda turib, yuz qoΚ»lingni yuvginingcha soat 10 ham boΚ»ladi. Keyin ichgan choyingni qayerga ichganingni bilmay 11 gacha nonushta qilasan. Ey gΚ»alcha, hali ham oΚ»tiribsan sumalanib. Tur oΚ»rningdan xarakatingni qil. Roppa-rosa 11:30 da dars boshlanadi-ku axir. Yetib bormasang naqt NB lik boΚ»lasan-a.