July 21

Yuragimdagi sir

Yoz oqshomining salqin shamoli derazadan esib, xona ichiga nozik bir xotirani olib keldi. Har bir shabadada u ovoz eshitilayotgandey tuyulardi--
Jungkookning ovozi. O‘sha jilmayish o‘sha nigoh... Yuragimning eng sirli burchagida yashirinib yotgan inson edi u

Men uni esdan chiqarishga urindim. Har kuni xar kecha. Lekin qalbim hiyonatkor yuragim hali ham uni unutolmayabti. Chunki u ketganida menga bir gapni aytmasdan ketdi va shu gap men uchun sir bo‘lib qoldi

Bu oddiy sevgi emasdi, bu taqdirimdagi burilish edi. Hozir esa men uni yana ko‘raman. Yillar o‘tib uni sahnada ko‘raman. U yulduzga aylangan men esa hali ham o‘sha savol bilan yashayabman

"Jungkook nega ketding?"

Park Yuna

Men Park Yuna man 19-yoshdaman

Shaharning ko‘chalarida odamlar shoshilib yurar yirik billiboardlarda BTS azolarining suratlari porlab turardi, ayniqsa jungkook niki. Jungkook ning nigohi sovuq emas lekin begona. U menga tikilgandek tuyulardi lekin men o‘zimga aytardim

Bu surat oddiy surat u meni unutib yuborgan.

Men oddiy bir talaba. Koreaga qizsqa muddatga o‘qwishga kelgan. Hayotimdagi eng yirik orzu diplomat bo‘lish. Lekin yuragimdagi eng katta sir jungkook bilan o‘tgan xotiralarim

U meni tanirdi. Yo‘q bu orzu emas tanirdi. Qachonlardir

[3-yil avval]

"Isming kim dedi u jilmayib?", men esa titrab " Yuna " dedim.
Biz qisqa vaqt bir joyda o‘qiganmiz jungkook oddiy yigit edi o‘shanda. Mashhur emas shunchaki musiqa sevadigan bolakay.
U menga sirli narsa aymoqchi edi lekin o‘sha kuni kelmadi. U kutilmaganda ketdi xech bir izohsiz.

[Hozirgi vaqt]

Bugun men tasodifan hybe binosi yonidan o‘tdim. Yuragim qattiq urdi. Ichkarida nima birligini bilmasdim lekin ichimda bir ovoz:
U seni eslaydi dedi

Jk🫶

Shu payt, qarshimdan qora niqob va qora kepka kiygan bir yigit chiqdi. Ko‘zlari tanish yuragim to‘xtab qoldi.

Bu u edi--jungkook.
Men qotib qoldim. U menga tikildi bir zum. So‘ng bir qadam yaqinlashdi.

"Yuna"-- dedi u past ovozda.

Yuna

Ovozi avalgidek yumshoq ichida, shubha bor edi. Men esa hayratda edim. Uch yil... Uch yil kutdim shu lahzani

Men bosh irg‘adim. "Ha bu menman" dedim, xo‘rsinib

Jk: Bu yerda tura olmaymiz kel mashinaga o‘tir

Yuna: Men ikkilandim

Hybe binosi ortidagi mashina ichida:
Jk: qachondan beri seuldasan?
Yuna: bir haftacha bo‘b qoldi
Jk: Men seni oxirgi marta daryo bo‘yida ko‘rganman. Eslaysanmi?
Yuna: men kulib ha albatta.
Daryo bo‘yida qo‘limni ushlab;
Agar men ketib qolsam ham, seni yuragimda olib ketaman--degan eding.
U jim bo‘lib qoldi.
Yuna: nega ketganding.
Jk: ko‘zlari yoshga to‘lib,men seni himoya qilish uchun ketgandim.

U meni hybe binosi yonidagi kichik kafexonaga olib bordi.
U yer jim jit edi, lekin yuragim ich ichidan baqirardi.

Jk: men seni sevganimni aytolmadim

Yuna: men esa, sen ketgandan keyin yuragimni yo‘qotdim

Biz uzoq sukut saqladik.

U stol ostidan bir daftarni chiqardi:

Jk: men bu yerga har kuni yozdim

--men daftarni ochdim. Va xar bir betida shunday yozilgan edi

"Bugun uni yana esladim. Bugun yana yuragim og‘ridi.
Bugun yana Yunasiz tun"

Yig‘lab yubordim. Bu yurak bu so‘zlar u hali ham meni sevadi...