
Sokin tun. Shahar ustida mayin yomg‘ir tomchilari oynalarga urilib, shovqinli hayotni sekinlashtiradi. Ammo shu tinchlik ichida bir qadam ovoz eshitildi. U juda yaqin lekin ko‘rinmaydi.

Yoz oqshomining salqin shamoli derazadan esib, xona ichiga nozik bir xotirani olib keldi. Har bir shabadada u ovoz eshitilayotgandey tuyulardi-- Jungkookning ovozi. O‘sha jilmayish o‘sha nigoh... Yuragimning eng sirli burchagida yashirinib yotgan inson edi u