Xavfli nafas
Sokin tun. Shahar ustida mayin yomg‘ir tomchilari oynalarga urilib, shovqinli hayotni sekinlashtiradi. Ammo shu tinchlik ichida bir qadam ovoz eshitildi. U juda yaqin lekin ko‘rinmaydi.
Men kechasi soat 2:17 da uyg‘onib ketdim. Yuragim tez urar, tanamni g‘alati sovuq bosgan edi. Yotoqxonam eshigi ozgina ochiq edi, eshik ortidan esa kimdur meni kuzatayotganini his qildim.
--Kim bor?... ovozim qaltiradi.
Xech qanday javob bo‘lmadi. Faqat past, juda past pichirlash... odam tilida emas lekin, manosi yuragimga urilgandek bo‘ldi.
Birdan o‘sha pichirlagan kimsa qarshimda paydo bo‘ldi. Sochlari qop qora, nam yomg‘irdan tomchilar oqib tushar... ko‘zlari esa o‘zgacha bir ajoyib. Uning bo‘yi baland, yuzi juda chiroyli, ammo shunday darajada begona va xavfli edik, nafasim qisilib ketdi.
--Sen kimsan? dedim ortga bir qadam tashlab.
U labini biroz kulimsirab qimirlatdi.
--Men kim seokjin man... lekin sen meni shunday chaqira olmaysan
Yuragim joyida chiqib ketadigandek urardi. O‘sha lahzadan uning bo‘ynidagi uzun qora zanjir ko‘zimga tushdi. Zanjir uchida kulrang tosh bor edi, u men qaragan sari issiqlik taratar, ammo qo‘rquv hissini ham kuchaytirardi.
U sekin yonimga yaqinlashdi. Nafasi yuzimni qizdirdi.--Men seni tanidim, --dedi u past ovozda, sen mening egam bo‘lishing kerak...
Men bo‘lsa joyimdan qimirlay olmadim. Chunki shu lahzadan uning barmoqlari yuzimni ohista ushladi... va men ko‘zlarimni yumgancha faqat yurak urishimni eshitdim
Bu men --Ji yuna men 20 yoshdaman va bir qahvahonada ishlayman
Men jin tomonga qarab qotib qoldim. Shamol yana esdi, bu safar uning uzun qora plashi havoga ko‘tarildi. Ko‘zlari esa haligacha tim qora.
--Men oddiy emasman deganingiz nimani anglatadi? dedim ichimda qo‘rquv, va qiziqish kurashib.
U menga yaqinlashdi. Oramizda bir nafas masofa qoldi.
--Sening tomiringda oqayotgan qon... Men bilgan yagona "sulola" qonidir.
Yuragim urishi kuchaydi, qo‘llarim muzlab ketdi.
--Men oddiy oila farzandiman dedim o‘zimga ham ishonman
--Sening onang haqida haqiqatni bilmayabsan. U men bilan bir xil dunyodan kelgan insonlar orasida yashash uchun o‘z sirini yashirdi
--Jin bu senga topishmoq o‘yla