BIZNES G`OYA TANLASH SIRLARI
Siz o`zingizni baholab bo`lib, imkoniyatlarni chamalab, jamiyatdagi tadbirkorlikka oid vaziyatni o`rganganingizdan so`ng ushbu sohadagi birinchi qadamlaringizdan biri –bu biznes g`oya topish bo`ladi.
Ochig`i, ish boshlashda eng mushkul vazifa ham aynan shu. Ko`pchilik moliyaviy manbani topish asosiy vazifa deb tushunadi, aslida esa to`g`ri g`oyani topa bilish ishingiz muvaffaqiyatining asosiy garovidir.
Siz biznes boshlashdan oldin atrof muhitni, bozor holatini o`rganib chiqishingiz lozim. Shunda Siz oldindan o`zingizga ma'lum bo`lgan g`oyani tanlab uni amalga oshirsangiz nur ustiga a'lo nur bo`lar edi. Biroq, ko`pchilik nima ish qilishini, qaysi sohani tanlashini aniq bilishmaydi. Ular ko`p hollarda atrofidagilar fikriga tayanib, ular ko`rsatgan maslahat orqali biznesni boshlamoqchi bo`ladilar. Lekin bu doim ham Sizga muvaffaqiyat olib kelavermaydi, inson birovni g`oyasi va fikri bilan ish yuritsa, ko`p hollarda bu ishga sidqidildan yondashmaydi, shuning uchun biznesda o`z g`oyasiga, fikriga ega bo`lish o`ta muhimdir. Shuning uchun ish boshlashdan oldin Siz o`z g`oyangizni topish yo`lidan ketsangiz to`g`ri bo`lar edi.
Ko`proq bozorni o`rganing va tadbirkorlar bilan suhbatlashing – bu oddiy maslahat Siz uchun juda qimmatli va kerak bo`lgan ma'lumotlarni berishi mumkin. Bu ishni takror-takror amalga oshiravering va har safar yangi ma'lumot, bilim olganingizda ularni maxsus yon daftarchaga qayd qilib boring. Siz o`rganayotgan paytda muhim bo`lmagan fikr-mulohazalar juda tez dinamik jarayonga ega bo`lgan bozor kon'yukturasini o`zgarishi bilan ahamiyatli va dolzarb bo`lishi mumkin.
Demak, har qanday fikr-mulohaza va yangi ma'lumotlarni maxsus daftarchaga qayd qilib boring.Bu maslahatlarni biznesni boshlab ma'lum darajaga etganingizda ham amalga oshirib tursangiz Sizga faqat va faqat foyda olib kelishi mumkin.
Biznes g`oya tanlashda, o`z ishini boshlashda tajribali tadbirkorlar maslahati:
1. Nimani boshqalardan yaxshiroq qila olaman degan savol javobi, Sizni biznesingiz asosini tashkil etadi.
2. O`z kuchiga ishonch, agar millioner va milliarderlar tajribasiga ahamiyat bersangiz, ularning hammasi o`ziga bo`lgan kuchli ishonchdan birinchi qadam qo`yganini kuzatamiz.
3. Barcha aql, tajriba, topqirlik, fikringizni g`oya topishga yo`naltiring, atrof muhitni, Sizni o`rab turgan olamni tahlil qiling va o`rganing, g`oyani shu erdan topasiz.
4. Miyangizga kelgan fikrlarni yozib boring. Hech bir fikrni tashlab yubormang, agar u Sizni biznesingizga mos kelmasa ham u Sizga yangilik olib kelishi mumkin.
5. Barcha sohalardagi yangiliklar bilan qiziqing, turli odamlarni qanday ehtiyojlarni qondirayotganini tahlil qiling.
6. Qarindosh va yaqinlaringiz ishi bilan, fikrlari, muammolari bilan qiziqing, ular bilan biznes g`oyangizni muhokama qiling, ular tajribasida o`rganing.
7. Vafodor do`stlaringiz bilan g`oyangizni muhokama qiling, ular Sizni g`oyangiz qattiq tanqid ostiga olishsin, ularga javob berish jarayoni Sizni yangiliklarga olib kelishi mumkin.
Unutmang! Siz o`zingizga ishonishingiz va o`z imkoniyatlaringizni to`liq ishga solishingiz lozim, faqat va faqat Siz o`zingizga mos va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`lgan biznes g`oyani topa olasiz.
Esingizda bo`lsinki, yaxshi biznes fikrlar bir-biriga hech ham o`xshamaydi.
Bilingki, Siz allaqachon yaxshi biznes fikrga egasiz! Faqat uni amalga oshirishda Sizga jur'at yetmagan yoki yetmayapti. Endi eslab ko`ringchi, nechta Siz o`ylab yurgan fikrni boshqalar hayotga tadbiq etib bo`lishdi?
Necha marotaba Siz hech kimda yo`q va do`konlarda xam uchramaydigan mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilgansiz?
Necha marotaba o`zgalarning muammolariga echim topib bergansiz?
Necha marotaba o`zingizga-o`zingiz “Men bundan ham yaxshiroq qila olaman” deb aytgansiz?
Necha marotaba hayolingizda boshqalarga qaraganda, yaxshiroq xizmatlar ko`rsatishim mumkin deb o`ylagansiz?
Biznes g`oya topish uchun har kungi hayotingizda quyidagilarni amalga oshirishingiz va ushbu savollarga doimiy javob topishingiz lozim:
- xaridorlar ehtiyojini o`rganib turish;
- kuzating: odamlar va tashkilotlar nimalarni xarid qilishmoqda?
- ular nimani xohlaydilar va nimalarni xarid qila olmaydilar?
- ularni nimani xarid qiladilar, qancha narxda va nimalarni yoqtirmaydilar?
- ular qaerda, qachon va qanday xarid qiladilar?
- bundan tashqari ularga nimalar kerak va nima uchun ular shu narsalarni topa olmaydilar?
Har doim sergak bo`lib kuzatib turing:
- yuzaga keladigan o`zgarishlarni;
- bozordagi o`rinlarning kengayishini;
- mavjud mahsulot va xizmatlarni o`zgarishini;
- xaridorlar talab va ehtiyojlarini o`zgarishini.
Biznes g`oya tanlash jarayonida o`z biznes g`oyangizni topish uchun va uni amalga oshirish uchun aqliy hujum metodidan foydalaning. Hayolingizga kelgan har qanday fikrni dastlab hech qanday tahlilsiz to`g`ridan-to`g`ri qog`ozga qayd qilib boring. Ularni to`plab olib so`ng tahlil qilasiz.
- Aqliy hujumni do`stlaringiz bilan o`tkazing;
- Odamlardan ularning fikrlari to`g`risida so`rang;
- Bitta fikrdan ikkinchi fikrni yoritishda foydalaning;
- Shu sohaga bog`liq bo`lgan adabiyotlar bilan tanishing;
- Reklamalarni kuzatib boring va albatta hayol suring, orzu qiling.
Бизнес клубга аъзо бўлишни унутманг
https://t.me/joinchat/AAAAAEJ9gD_kTW5F1wNOsA