February 1, 2019

Amalga oshirish uchun 2 million so’mdan kamroq xarajat talab etiladigan 5 ta biznes g’oya

Bugungi kunda ko’plab yoshlarimiz ko’p pul topishni xoxlashadi, va buning uchun tadbirlorlik bilan shug’ullanish kerakligini xam bilishadi. Ammo biron bir g’oyani amalga oshirish uchun albatta katta sarmoya talab etilishiga xam amin bo’lganmiz. Lekin shunday g’oyalar xam borki, ularni amalga oshirish uchun ko’p mablag’ ketmaydi. Biz sizga 2 million so’mgacha bo’gan pul bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan 5 ta biznes g’oyalarni taklif etamiz.

№1. Uyda qo’lbola babochka va galstuklar tikish

Agar uyingizda tikuv mashinasi bo’lsa va ozgina bo’lsa xam mexnat qilishdan qochmasangiz unda bu g’oya sizga qo’l keladi. 200 ming so’mga barcha kerakli ashyolar va matoni sotib bo’ladi. Reklamani yo’lga qo’yishni xam unutmaymiz. Bunda bizga ijtimoiy tarmoqlardagi (odnoklassniki, facebook, instagram va boshqalar). Qolaversa maxsulotingizni maxsus saytlarda (bulavka.uz, amazon.com:)) xam reklama qilishingiz mumkin. Babochka va galstuklarni tikish juda xam oson. O’rganib olish uchun “Youtube” saytidan foydalansa bo’ladi. Taxminiy daromadingiz oyiga 600 ming so’m va undan yuqorini tashkil etishi mumkin. Talabalar va uy bekalari uchun yaxshi ish.

Mexnat sarfi: buyurtmalar va reklamaning samarasiga qarab kuniga o’rtacha 4-8 soat.

Afzallik tomonlari: Ishni tez boshlash va daromadning stabilligi.

Kamchiligi: Raqobatning kuchliligi.

№2. Uyda yetib borib kompyuterlarga xizmat ko’rsatish va sozlab berish.

Windows ni o’rnatib bera olasizmi? Antivirus va boshqa dasturlar bilan yaxshi ishlay olasizmi? Printerni sozlab bera olasizmi (remont bo’lsa undanam yaxshi)? Unda siz bu kasb bilan shug’ullana olasiz. Agar noutbukingiz bo’lsa undanam yaxshi. Faqat o’z xaqingizda ko’proq axborot tarqatishdan erinmasangiz bo’ldi. Turli saytlarda (masalan olx.uz) va ijtimoiy tarmoqlarda ko’plab elonlar joylashtirishni unitmang. Yaqinlarigiz ishga solishingiz va o’z vizitkalaringizni tarqatishingiz xam mumkin.

Xar bir chaqiruv uchun sizga o’rtacha 50 mingdan 200 mingacha xaq to’lashadi. Asosiysi xech kimga rad javobini bermang, shu soxani yaxshi biluvchi og’aynilaringizni xam ishga soling. Bir oyda 2 milliongachan xaq topa olasiz.

Mexnat sarfi: buyurtmalar va reklamaning samarasiga qarab kuniga o’rtacha 3-9 soat.

Afzalligi: Sarmoya dearli rerak emas, buyurtmachilarning ko’pligi.

Kamchiligi: Raqobat, o’z ishining ustasi bo’lishingiz kerak.

№3. Ofislarga va tashkilotlarga tushlik etkazib berish.

Bu g’oya uchun sizning pazandalik maxoratingiz kerak bo’ladi. 150 ming so’mga 14-16 kishi tushlik qilishi uchun kerak bo’ladigan maxsulotlarni sotib olsa bo’ladi. Bir ofisda taxminan shuncha odam ishlaydi. Siz bir portsiyaning narxini o’rtacha 10 ming so’m atrofida ushlab qolishingiz kerak. Turli kafe va restoranlarda tushlik qilish odatda 15 mingdan qimmat turadi. Daromadingiz o’rtacha 2,5 – 3,5 million so’mni tashkil etishi mumkin. Qolaversa ovqat tayyorlashga do’stlaringiz va qarindoshlaringizni jalb qila olsangiz ayni muddao bo’ladi.

Mexnat sarfi: buyurtmalar soniga qarab kuniga o’rtacha 4-5 soat.

Afzalligi: Potensial mijozlarning ko’pligi.

Kamchiligi: Mijozlarni jalb qilish uchun kuchli reklama bilan shug’ullanish kerak.

№4. Shaxsiy fotograf

Sizning yaxshi fotoapparatingiz bormi va rasmga olishni yoqtirasizmi? Unda siz shaxsiy fotograf bo’lishingiz mumkin. Turli fotosessiyalar, fotosetlar, “love story”, to’ylarni rasmga olish va boshqalar sizga daromad olib keladi. Photoshop dasturini yaxshi bilsangiz ayni muddaodir. Bu ish umuman olganda ko’p qirralidir. Ba’zi bir mutaxasislar ommaviy axborot vositalari bilan xamkorlik qilmaslikni tavsiya etadilar. Sababi ular unchalik katta xaq to’lamaydilar. Agar o’zingiz ishlasangiz oylik daromadingiz 5 million so’mga yetishi mumkin.

Mexnat sarfi: kuniga 1 soatdan 12 soatgacha.

Afzalligi: Agar fotoapparatingiz bo’lsa sarmoya talab etilmaydi.

Kamchiligi: Tasvirga olish san’atini mukammal bilishingiz va estetik didga ega bo’lish kerak.

№5. Uy ishlari bo’yicha ko’makchi

Bugungi kunda ko’plab oilalar va uylarda uy jixozlarini ta’mirlash, santexnika uskunalarini sozlash, mebelni tuzatish, mayda ta’mirlash ishlari va uyni tozalash kabi xizmatlarga extiyoj sezmoqdalar. Ayniqsa bunday xizmatlar yangi qurib topshirilgan uylarda, ko’chish taradudidagi xonadonlarda va to’y qilishni rejalashtirayotgan yosh oilalar uchun juda xam kerak. Shuningdek xovlilarni chopiq qilib berish, ko’chatlar ekish va boshqalar sizga daromad olib kelishi mumkin. Faqat shuni etiborga olish kerakki siz mijozlaringizning ishonchiga sazovor bo’la olishingiz kerak. Buning uchun maxsus kiyimingiz va o’zingizning uskunalaringiz bo’lishi kerak. Yodingizda bo’lsin, bu ishda mijozlarning sizni o’zlarining do’stlariga va yaqinlariga tavsiya etishi g’oyatda muhim. Daromadingiz 2 million so’m atrofida bo’ladi.

Mexnat sarfi: kuniga 4-5 soatdan oshmasligi kerak.

Afzalligi: Sarmoya talab etilmaydi.

Kamchiligi: Ta’mirlash va sozlash ishlarini puxta bilishingiz kerak, ba’zi xollarda yollanma ishchilarni jalb etishga to’g’ri keladi.

Umuman olganda bularni katta daromad manbai deb bo’lmaydi. Lekin bu sizga o’z mexnatingiz va ozgina zexningizni ishga solib pul topish imkoniyatini beradi. Qolaversa goyalarni amalga oshirish jarayonidayoq siz nimalaga qodir ekanligingizni va qanchalar noodatiy, original fikrlash qobiliyatingizni yana xam kuchaytirish mumkinligini anglaysiz, yana chinakam badavlay xayot uchun yana bir qadam tashlagan bo’lasiz.

Бизнес клубга аъзо бўлинг

https://t.me/on_business

https://t.me/joinchat/AAAAAEJ9gD_kTW5F1wNOsA