April 26, 2020

Muvaffaqiyatli tadbirkor xususiyatlari

Muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lishni istagan insonlar bir nechta  xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak. Tadbirkorlarni boshqa insonlar bilan turli xususiyat va ko‘nikmalari ko‘ra solishtiradigan bo‘lsak, tadbirkorlar bir qator o‘ziga xos jihatlari ajralib turadilar. Bulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz:

1. Mexnat qobiliyatining yuqoriligi. Biznesni boshqarish yuqori harakatchanlikni va intiluvchanlikni talab qiladi. Bu – zarur bo‘lganda, uzoqroq vaqt ishlay olishi, tang vaziyatlar ishni tashlab ketmasligi va yaxshi uxlay olish imkoniyati bo‘lmaganda xam mexnat qobiliyatini, yaʼni energiyasini saqlay olishi kerak.

2. O‘ziga bo‘lgan ishonch. Bizneslarini rivojlantirish uchun insonlar o‘z kuchlariga va qo‘ygan maqsadlariga erisha olishiga ishonishlari lozim. Agar Siz biror nimaga juda intilsangiz va shu narsa ustida ishlashga tayyor bo‘lsangiz, unda o‘zingiz istagan narsaga albatta erishasiz.

3. O‘z kelajagini qurish. O‘ziga ishonchli biznes va daromad yaratish ko‘pgina yaxshi rivojlanayotgan tadbirkorlaring asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Bu maqsadga erishishga bo‘lgan ishonch ularni shaxsiy qobiliyatlariga asoslanadi. Bu – biznesdan olinayotgan daromadning miqdori maʼlum marraga yetishishi uchun bir necha yil o‘tishi mumkinligini anglatadi.

4. Foyda olishga qaratilganlik. Pul ishlab topishga bo‘lgan qiziqish insonning o‘z korxonasini boshqara olishga qodirligini belgilovchi aniq ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu biznesning birinchi darajali ekanligini anglatadi. Pullar korxona uchun ishlashi lozim, tadbirkorning bundagi vazifasi esa korxonada mavjud vositalar va mulklari yangi pullarni ishlab topishi uchun ular qanday qo‘llanishi lozimligi yechimini topishdir.

5. Qo‘yilgan maqsadlarga erishishga intilish. Biznesda muvaffaqiyatga erishish aniq maqsadlarni qo‘ya bilish qobiliyatiga, shuningdek ushbu maqsadlarga erishishda qatʼiylik bilan ishlashga bog‘liq. Ushbu maqsadlarni o‘rnata olish qobiliyati va ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida ishlash tadbirkor uchun poydevor hisoblanadi.

6. Tirishqoqlik. Ko‘pgina insonlarda biznes vaqti-vaqti bilan qiyinchiliklar va ko‘ngil qolishlarni olib keladi. Ishini qatʼiy davom ettirish va muammoni uning yechimi topilgunga qadar, uni yengish qatʼiyat – muvaffaqiyatga erishining asosiy omillari hisoblanadi.

7. Omadsizliklarni bartaraf qila olish. Har bir biznesda albatta omadsizliklar va muvaffaqiyat cho‘qqilari mavjud. Omadsizliklarni bartaraf qila olish, uning manbaini aniqlashni, tegishli xulosalar chiqarishni taqozo qiladi. Agar bunday xususiyat insonda yo‘q bo‘lsa, dastlabki omadsizliklarning o‘ziyoq tadbirkorlik bilan shug‘ullanish harakatlariga chek qo‘yadi.

8. Teskari aloqa (reaksiya)dan foydalanishni bilish. Ishlar qanday ketayotganligini, rejalar qanday amalga oshayotganligi xaqida bilish o‘zaro aloqa belgilarini tahlil qila bilish, shuningdek, boshqalar bilan maslaxatlashish, yana bir asosiy sifat bo‘lib hisoblanadi.

9. Tashabbuskorlik. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki muvaffaqiyatli biznesmenlar tashabbuskorlikni namoyon qilib uni o‘z qo‘liga olish imkoniyatini qidirgan holda o‘zlarini shunday holatga qo‘yishadiki, muvaffaqiyat uchun ham, mag‘lubiyat uchun ham masʼul bo‘lishadi.

10. Eshita olish qobiliyati. Muvaffaqiyatli rivojlanuvchi biznesmenlar guruhiga boshqalarga quloq solmaydigan va tashqi informatsion resurslardan foydalanmaydigan, o‘z ichiga kirib ketgan individiumlar kirmaydi. O‘z kuchiga ortiqcha ishonish, zarur bo‘lganda bank xizmatlari, buxgalterlar va biznes maslaxatchilar kabi malakali mutaxassislardan maslaxat so‘rashni inkor etmaydi.

11. Shaxsiy mezonlar(marralari)ni o‘rnatish. Faoliyat yuritish mezonlarini o‘rnatish va ularga erishish bo‘yicha ish olib borish – samarali korxonaning yana bir ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu mezonlar daromad, sifat, sotuv hajmi yoki aylanma mablag‘ darajasini aniqlab berishi mumkin. Ko‘pgina korxonalar ularning ishlari yildan yilga yaxshiroq borishiga intilishadi, ular joriy yil uchun o‘rnatilgan mezonlarga nisbatan yuqoriroq mezonlarni o‘rnatib ularga erishadilar.

12. Noaniqlik sharoitlarida ishlay bilish. Tadbirkorlik yollanma mexnatga nisbatan ko‘proq noaniqlik bilan bog‘liq. Bu noaniqliklar sotuv hajmi va aylanma mablag‘lar, shu bilan birga uskunalarni yaroqsiz holga kelib qolishi, narx va boshqa tomonlarini ham qamrashi mumkin. Bunday noaniqlik sharoitida ruhiy charchashsiz ishlash qobiliyati muhim omil sanaladi.

13. Xarakterning kuchli tomonlariga tayanish. Muvaffaqiyatga erishuvchi biznesmenlar ularda mavjud bo‘lgan kuchli tomonlariga tayangan holda ish olib borishadi, bular insonlar orasidagi yaxshi munosabatlarni o‘rnata olish ko‘nikmalari, sotishni bilish, yaxshi tashkilotchilik qobiliyati, hujjatlar boshqa yozma materiallarni chiroyli rasmiylashtira olish, aniq bir mahsulot yoki xizmatni bilish, savdo tizimini, insonlarni bilish, shuningdek aloqalarni o‘rnata olish va ularni qo‘llay olish qobiliyatlari bo‘lishi mumkin.

14. Ishonchililik va halollik. Haqiqatgo‘ylik, ishonch, berilgan vaʼdani ustidan chiqish biznes olamida yetarli obro‘ga va hurmatga ega bo‘lish, shuningdek, korxonani samarali boshqarishning asosiy omillari bo‘lib hisoblanadi.

15. Tavakkalchilikni o‘z zimmasiga ola bilish. Xar bir korxonaning faoliyati tavakkalchilik bilan bog‘liq, o‘lchangan yoki hisoblab chiqilgan tavakkalchilik xavfini o‘z zimmasiga ola bilish qobiliyati asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Tavakkalchilikka bunday yondashuv uni kamaytirish uchun taxminiy narxlar va foydani aniqlash, muvafffaqiyatga erishish extimoli va o‘z qobiliyatlariga ishonishni nazarda tutadi.

https://t.me/bizklubuz