Les Non Dits
Yil 1764. Toskana tepaliklarida joylashgan Bellariva qishlog‘i tong havosida uyg‘onardi. Hali quyosh chiqmadi, ammo havoda yangi non va gulli suv hidlari allaqachon sekin yurardi. To‘q qizil tomli uylar orasidan tosh yo‘l o‘tardi, bu yo‘l bilan har tong bir qiz piyoda o‘tardi.
Jane — atigi 19 yoshda, ammo nigohida yoshidan yoshi katta sukunat bor edi. Uning uzun jingalak sochlari asta yelkalariga to‘kilar, u har safar bozor tomon ketayotib, yelkasi bilan bir dona charm daftarni siqib ushlab olardi. U kutubxonachining qizi emasdi, lekin har kuni o‘sha yerda edi — yozish uchun, o‘qish uchun, yoki shunchaki o‘zini unutish uchun.
U bilan har doim birga yuruvchi — Maria. Maria kuchliroq, sergaproq, ba’zida xo‘jayinlik qilishni yoqtiradigan qiz edi. Ammo u Jane’ni himoya qilardi — hamma narsadan: tanqid, yolg‘izlik, hatto o‘tmishdan ham.
— Bugun sen yana o‘sha eski daftarni to‘ldirasanmi? — dedi Maria, ikkovi tepalikdan pastga qarab tushayotgan chog‘.
— Bugun... bugun men o‘z hayotimni boshlayman, — dedi Jane, birinchi marta o‘zini aniq eshitgandek.
Ammo ular bilmas edi — Bellariva sokinligining ortida sirlar bor edi. Ular hali bu sirlar bilan to‘qnash kelmasdi. Ammo ko‘zlar kuzatardi. Soatlar urardi. Va Jane — o‘z hayotining qayerda boshlanib, qayerda tugashini hali anglamagan edi...
Kutubxona gumbazi ostida Jane har tongdagidek tanish stulga cho‘kdi. Stul g‘ichirlagan tovush bilan sal norozi kabi edi — go‘yoki “yana seni kutdim” degandek. Yon daftarini ochdi. Yozuv nozik, ammo qat’iy edi. Har bir satrda yuragining bir bo‘lagi yashiringandi.
Uning daftari – oddiy kundalik emas. Bu — ichki sukunatning yolg‘iz guvohi.
“13-may. Bugun yana bir narsa o‘zgarmadi. Va aynan shu meni bezovta qiladi. Men har tong uyg‘onaman, lablarimda sukunat bilan. Lekin yuragimda bir savol: bu yerda yashayotganim rostmi, yoki bu faqat kutishmi?”
Bu satrlarni yozayotganda, kutubxonaning boshida tilla qoplamali ruchka yaltirab ko‘ziga tashlandi. Bu ruchkani u ilgari bu yerda ko‘rmagan. U mayin yurib, sekinlik bilan stolga yaqinlashdi. Ruchka yonida eski, to‘q ko‘k muqovali maktub bor edi — muqovada faqat bir harf: J.
Jane maktubga qo‘l cho‘zdi. Ammo orqasidan kimdir astalik bilan dedi:
— U seni kutayotgan edi.
Bu — kutubxonachi ayol — madam Clémence edi. U yoshligida saroyda xizmat qilgan, hozir esa kitoblar bilan yashar edi.
— Meni? Bu nima? — so‘radi Jane.
Madam Clémence boshini quyi egdi, sekin gapirdi:
— Ba’zi sirlar inson ulg‘ayganida ochiladi. Bu sening birinchi qadaming, Jane.
Jane maktubni ochmadi. U uni ko‘ksiga bosdi. Yana osmonga qaradi. Birinchi marta yuragida nima qilishni bilayotgandek edi.
Oradan kunlar otdi
U o‘sha kuni maktubni ochmagan bo‘lsa-da, yuragi tinch emas edi. Kechqurun Bellariva osmoni binafsha rangga kirgan chog‘, Jane nihoyat xonasiga qaytib, tilla ruchkani qo‘liga oldi. U jim edi, go‘yoki hammasi shu lahzani kutgandek. Maktub sekin ochildi. Qog‘oz engil, ammo hidli edi — eski limon daraxtlari va xotiralar hidi.
Ichkarida faqat bitta jumla bor edi: "Ko‘chaga chiqqin. Eshiklar gapira boshlaganda, jim turma." Jane o‘rnidan turdi. Bu shunchaki hazil bo‘lishi mumkinmidi? Jane Maria bilan bir uyda yashaydi, Maria yotoqda edi, lekin Jane unga hech nima demadi. Yuragi sirli kuchga tortilayotgandi. Tashqariga chiqqanida, Bellariva ko‘chalari sokin edi. Shamol tosh yo‘laklar ustidan o‘tib, eski binolarning derazalarini shitirlatardi. Faqat bitta yo‘l — Via delle Ombre — chiroq bilan yoritilgan edi. U yerga ilgari hech bormagan. U yurdi. Yurdi-yu, bir eshik ochiq turganini ko‘rdi. Eski yog‘och, ustida o‘yma tasvirlar: yugurayotgan otlar, yelkanli kemalar... Jane ichkariga qaradi. Faqat qorong‘ulik. Ammo yuragida bir narsa “kir” dedi.
U astalik bilan ichkariga qadam qo‘ydi. Shu zahoti orqasidagi eshik sekin yopildi.
Oldida deraza yo‘q edi. Faqat javonlar, kitoblar, rangsiz rasmlar. Va burchakda — tilla ramkada uning bolalikdagi surati.
Jane ko‘zlarini kattaroq ochdi.