Therapy
Mana yana bir yangi kun. Shahar axolisi uyg‘onmoqda. Tong quyoshi ko‘chalarni tilla tusga bo‘yardi, Ilk shabada orqali bahorning nafasi seziladi hali shamolda sovuqlik bor, ammo unda yashirin iliqlik ham bor. harakatlar asta sekinlik bilan kopayardi. Hammaning qo‘lida qahva, quloqlarda musiqa, yuzlarda esa shoshilinch tabassumlar.
Jane o‘zining sevimli sport mashinasida universitet tomon yo‘l olar edi. Sarg‘ish sochlari shabada bilan o‘ynar, mashinasining orqa o‘rindig‘ida esa uning yillik kurs ishi mukammal psixologik tahlil sumkasida kutardi.
U psixolog bo‘lishni orzu qilganiga ancha bo‘lgan. Oilasi uni yurist yoki moliyachi bo‘lishga undagan bo‘lsa-da, u inson qalbining ichiga kirishni tanlagan edi. Bu tanlov unga erkinlik berardi. Yoki shunday tuyulardi.
Yonida eng yaqin dugonasi Mina energiyaga to‘la, har doim boshqacha so‘zlar aytadigan, lekin qalbi beg‘ubor qiz. Ular bir-birini bir qarashda tushunardi.
Universitet hovlisiga kiraverishda Jane chuqur nafas oldi. Bu binoga har kirganida yuragi bir xil urar edi hayajon bilan. Uning qadami aniq, nazari sokin, ammo ichki olami yuzlab fikrlar bilan band. U psixolog bo‘lishni tanlaganida, bu oddiy kasb emas, balki hayotining yo‘li bo‘lishini his qilgandi.
Bugun dars emas, bugun qaror kuni edi. Bugun amaliyot uchun ruxsatnoma topshiriladigan, keyin esa yo‘nalish tanlanadigan kun. Har bir talaba kutgan, lekin ko‘pchilikda xavotir uyg‘otadigan kun.
Mina yonida edi. U har doim Jane bilan yonma-yon yurar, go‘yo qalbi ham, nafasi ham birdak edi. Jane sukutni tanlasa, Mina so‘z bilan bo‘shliqni to‘ldirardi.
— Ustoz bugun rozi bo‘lsa, nihoyat klinikaga chiqamiz, — dedi Mina entikib. — Sen tayyormisan?
— Bilmadim... ha, lekin bilasanmi, bu juda katta mas’uliyat, — dedi Jane ohangdor tovushda.
— Sen bu joyga hammadan ko‘ra ko‘proq loyiqsan. Yillar davomida o‘zingni qanchalik sinab ko‘rding — esingdami, o‘sha birinchi kursdagi esse? “Inson ichki og‘rig‘ini so‘z bilan tuzatish mumkin.” Hali ham o‘qiyman uni.
Dekanat eshigiga kelishdi. Ichkaridan professor Kimning ovozi eshitilib turardi — qattiq, qat’iy, ammo adolatli. U ruhshunoslik fakultetining asosiy ustunlaridan biri edi. Uning ruhsatisiz amaliyotga chiqish mumkin emasdi.
Eshik ochildi. Navbat Jane va Minaga keldi.
Ichkariga kirishdi. Janob Kim stolda o‘tirgan holatda, ko‘zoynagini olib, daftarlar orasida nimadurni izlayotgandi. Ular salom berishdi. Janob Kim boshi bilan javob qaytardi, lekin ko‘zlari yana hujjatlarda.
— Demak, sizlar ikki kishi amaliyotga chiqmoqchisizlar, — dedi u oxiri ko‘zoynagini taqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularga qarab.
— Ha, professor, biz tayyormiz, — dedi Jane shijoat bilan.
— Siz tayyormisiz? Yo‘q, tayyor emassiz. Sizlar hali nazariyani to‘liq o‘rganib tugatmadinglar. Amaliyot bu shunchaki daftar to‘ldirish emas. Bu inson qalbi bilan ishlash. Bu mas’uliyat, xatolikning bahosi juda og‘ir bo‘ladigan maydon.
Mina tilini tishlab turardi. Jane esa ichkarida nimadir silkinayotganini his qildi. Yuragi o‘zini aybdordek his qilgandek bo‘ldi, lekin... bu uning orzusi edi. U o‘zini bu joyda ko‘rardi, chunki u ha. hech kimdan kam emas.
— Kechirasiz, lekin men tayyorman. Yillar davomida faqat o‘qidim. Inson ruhining eng nozik joylarini tushunishga harakat qildim. Bu menga sinov bo‘lishi mumkin, lekin bu imkoniyatni olmasam, hech qachon o‘rganolmayman.
Mina ham yelkasi bilan unga tayanib turardi.
— Biz nazariya o‘rganishdan charchadik. Endi amalda ham yurakni eshitishni o‘rganmoqchimiz, — dedi u qat’iyat bilan.
Janob Kim indamadi. Yuzida qattiqlik bor edi, lekin nigohida... qiziqish.
U ro‘yxatga qaradi, nimadir belgiladi. So‘ng og‘ir jimlikdan keyin:
— Yaxshi, sizlarga amaliyot uchun joy topildi.
— Rahmat! Qaysi klinika? — degan Mina entikib.
— “Solace” xususiy ruhiy klinikasi. Shahar chekkasida. Ko‘pchilik undan cho‘chiydi. U yerga faqat eng murakkab holatlar yuboriladi. Men sizlarning ishingizni befarq kuzatmayman. Shunday bo‘lishini istagansizlar, mana har qanday xolatga tayyor bo‘linglar.
(“Solace” — shahar chekkasidagi mashhur xususiy ruhiy klinika. Tashqaridan oddiy bino, ichkaridan esa ichki og‘riqlarni shifolovchi, lekin ko‘p narsa sirligicha qoladigan joy)
Jane jim qoldi. Ichida nimadir silkinib o‘tdi. Shu damda u o‘z hayoti, kelajagi uchun ortga qaytmasligini his qildi. U bu yo‘lni tanlagan edi. Va bu yo‘l uni, ehtimol, o‘zgartirar. Yoki hayotini ostun ustun qilar.
U darchadan tashqariga qaradi. Havo iliqlashgan, daraxtlar kurtak yozgan edi. Ammo yuragida yana o‘sha sovuq shamol esayotgan edi. Chunki “Solace” — bu shunchaki klinika emas edi. Bu uning sinovi edi. Va bu sinovni ular hali boshlamadilar ham.
Ertalabning sovuq shamoli deraza ortidan silliqgina esib o‘tardi. Jane mashina oynasidan tashqariga qarab turardi — shahar asta sekin uyg‘onayotgan edi, ammo uning qalbida noaniqlik g‘alati bir og‘riq bor edi.
Yonidagi Mina esa jim edi. Oddiy holida so‘zlari bilan quvontiruvchi, kuldiruvchi do‘sti bugun tinch, o‘zicha bir tortinchoq ko‘rinardi. Jane unga tikilab qaradi, Mina esa jilmayib qo‘ydi — “Men yoningdaman” degandek.
Mashina shahar chekkasiga burilgach, atrof o‘zgarib ketdi: baland binolar yo‘qoldi, ko‘p daraxtlar, xiralashgan ko‘chalar — va nihoyat, “Solace” klinikasi ko‘zga tashlandi.
Bino oddiy, biroq toza va tartibli edi. Derazalari keng, ularning orqasida nimadurlar sirli edi, bilib bo‘lmas bir olam yashiringan edi. Jane yuragida qandaydir g‘alati his paydo bo‘ldi — bu qo‘rqinch, yoki kutilmagan umidmi?
Ular eshikdan ichkariga ilk qadamlarini qo‘ydi. Harakatlari o‘ziga xos bir sokin va og‘irlik bilan qoplanib, har bir tovush atrofga tarqalardi. Klinikada ishchilar tinch, ammo ko‘zlari e’tiborsiz edi.
Jane va Mina direktor xonasiga yo‘l oldi. U yerda bosh vrach ularni kutayotgan edi. Erkak, qariroq, ko‘zoynagi ostidan tinch nazar solardi. Uning ovozi ohista, ammo og‘irlik bilan to‘lgan:
— Siz “Solace”ga kelganlar orasida o‘zingizni ko‘proq sinab korishga qaror qilgansiz. Bu yerda faqat murakkab holatlar boladi, habaringiz bor. Har bir bemormi alohida tarixi, alohida dunyosi bot. Siz bunga tayyormisiz?
Jane boshi bilan tasdiqladi, ammo ichida to‘plangan minglab savollar bor edi.
— Mana — bu bemorning holati. U 24 yoshda, ko‘p yillik ruhiy urushdan keyin klinikamizga kelgan. Siz bilan ishlash imkoniyati berildi. — bosh vrach faylni Jane qo‘liga uzatdi. — Bu ish oson emas. Uni yaxshi tushunishga harakat qiling.
Jane faylni ushladi. “Jungkook.” So‘z uning ongida ming marta takrorlandi. U hali bu ismning qanday kuchga ega ekanini bilmasdi.
— Jane, bu yo‘l oson bo‘lmaydi. Lekin biz yonma-yonmiz — Dedi Mina ishonch bilan
Jane chuqur nafas oldi. Bu yerda u faqat o‘qituvchi emas, inson qalbining sirlarini ochuvchi bo‘lishini anglar edi.
Shu damda u o‘zining yangi hayotining boshlanishini his qildi.