October 12, 2023

Rektor: Yoshlari ta’lim-tarbiyasida xalqaro chegara bo‘lmaydi  

Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan “Ta’limda global hamkorlik” loyihasi doirasida Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari delegatsiyalari vakillari Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lishdi. Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov “Ta’limda global hamkorlik” loyihasi rahbari Veronika Maslova va delegatsiya vakillari bilan muloqot qildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, inklyuziv ta’lim bo‘yicha tajriba almashish hamda maxsus pedagogika yo‘nalishi ta’limi yutuqlari bilan tanishishdan iborat.

Uchrashuv avvalida delegatsiya rahbari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o'quvchilar uchun kadrlar tayyorlashga e’tibor va talabalarga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari universitet huzuridagi psixologik-pedagogik markazda tashkil etilgan “Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” va Maxsus pedagogika kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishganligini ma’lum qilib, inklyuziv ta’lim tizimida universitet drayverligini alohida e’tirof etishdi. Universitet yosh olimlari va iqtidorli talabalarining ilmiy yangiliklari hamda o‘qitish uslublariga kraetiv yondashilayotganligidan mamnuligini bildirdi.

Rektor G‘ofurjon Muxamedov universitetda inklyuziv ta’limni irivojlantirish borasida olib borilayotgan maqsadli dasturlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Muloqotlar yakunida Chirchiq davlat pedagogika universiteti va Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) tashkiloti bilan hamkorlikda forum tashkil etishga kelishildi

Facebook | Instagram | Telegram | You Tube