Axborot xizmati
@axborot_xizmati_fikr
7 posts

Rektor: Yoshlari ta’lim-tarbiyasida xalqaro chegara bo‘lmaydi  

Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan “Ta’limda global hamkorlik” loyihasi doirasida Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari delegatsiyalari vakillari Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lishdi. Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov “Ta’limda global hamkorlik” loyihasi rahbari Veronika Maslova va delegatsiyalari vakillari bilan muloqot qildi.

#elon #объявление #announcement

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbir 29-sentabr 13:00 dan boshlab CHDPU rektorat bino katta majlislar zalida o‘tkaziladi.

#elon #объявление #announcement

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbir 29-sentabr 13:00 dan boshlab CHDPU rektorat bino katta majlislar zalida o‘tkaziladi.

ChDPU bolajonlariga o‘quv qurollari tarqatildi

Universitet Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan universitet xodimlari farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda 126 nafar maktab yoshidagi bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ko‘magida sahnalashtirilgan musiqiy o‘yin-kulgi tomoshasi bolajonlar va ularning ota-onalariga kayfiyat ulashdi. Bayram tadbirida universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov ishtirok etdi va universitet xodimlari hamda ularning farzandlariga o‘z tilaklarini bildirdi. Tadbir yakunida Kasaba uyushmaning o‘quv yili davomida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari va kitoblar bolajonlarga sovg‘a qilindi.

Talabalar uchun turar joy yetishmovchiligi qanday hal etiladi? – ChDPUda taqdimot o‘tkazildi

Ma’lumki, hademay, Chirchiq davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yili boshlanadi. Bu jarayonda talabalarni eng ko‘p o‘ylantiradigan masala turar joy va yotoqxona muammosi. 2023/2024-o‘quv yilida talabalar uchun turar joy masalasi qanday hal etiladi? Avvalgi yildagi kamchiliqlar bartaraf etildimi? Talabalarni turar joy bilan ta’minlash tartiblari qanday?

Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash yoki kvartira xarajatlarini qoplab berish: 

Kimlar yotoqxonaga joylashishda ustunlik huquqiga ega? Yotoqxona pulidan kimlar ozod qilinishi mumkin? Yotoqxonaga joylasha olmagan talabalarning kvatira xarajatlarini qoplab berish tartibi qanday? Quyidagi maqolada shu va boshqa savollarga javob berilgan.