Job hunting
April 2, 2024
Nega ishga topshirishdan cho'chiymiz?
Bir vakansiya ko'rib qolamiz, tajribamiz yetarli, biz ishlaydigan texnologiyalar ham ish e'lonida yozilgan, lekin ishga topshira olmaymiz. Nega? Buni o'zimda va atrofimdagilarda kuzatgan bir nechta sabablari bor va ularni yechimlari bilan birga ko'rib chiqamiz:
- Ish e'lonida yozilgan biz bilmaydigan texnologiyalar. Biz hech qachon 100% ish e'loniga to'g'ri kelmaymiz va bu tabiiy, industriya katta, texnologiyalar ko'p, ularni tez o'zlashtirib olish mumkin, fundamentlar umumiyligi kifoya. Yaxshi kompaniya buni biladi va o'zi tayyorlab oladi.
- O'z bilimlarimizga ishonmaymiz. Buni sababi ishda faqat berilgan topshiriqlarni bajarib yurish, bo'sh vaqtida yangilik va ishlayotgan texnologiyalarini o'rganmaslik, qisqasi o'smaslik. Ishdan tashqari doim o'rganishda bo'lish kerak, shu bizni bilimlarimizga bo'lgan ishonchni orttiradi va biz e'londa biz biladigan texnologiyalarni ko'rganimizda o'zimizga bo'lgan ishonch pastlab ketmaydi.
- O'z ish joyimizga, ishdagi sheriklarga ko'nikib qolganmiz, boshqa joydagi muhitdan cho'chiymiz. Agar kompaniya haqida izlanib ko'rgan bo'lsangiz avval ishlagan yoki ishlayotganlardan, taasurotlar ijobiy bo'lsa, oylik, jamoa sizni qoniqtirsa, yangi ish joyga o'tishdan qo'rqmaslik kerak. O'sish uchun (ham bilim, ham salary tomondan) odatda tezroq ish joyi almashtirishga to'g'ri keladi, buni to'g'ri qabul qilish kerak.