Eng kamida o'zimiz uchun to'g'ri bo'lishimiz kerak. Isrof bo'lgan vaqt, potensial, yoshlik, soatlarni boshqalardan yashira olamiz ammo o'zimizdan yashirish eng yomoni. O'zimizni xatolarimizni boshqalar oldida emas, eng kamida o'zimiz bilan yolg'iz qolganimizda balki o'zimizni yaxshi tarafga o'zgartirishimizga turtki bo'lardi.
Kompyuter va telefonlar yoki o'z sozlamasiga ega bo'lgan dasturlar odatda o'zining standard sozlamalari bilan birga keladi, foydalanuvchi esa ularni keyinroq o'z xohishlariga ko'ra o'zgartirishi mumkin.
Hojatxona, dushda bugni fix qilish yoki qandaydir yaxshi g'oyalar kelishi haqida hazillar qilib turamiz, aniq-ki bu hazillar bekordan bekorga paydo bo'lmagan. Biz o'z fikrlarimiz bilan yolg'iz qolgan paytimizda hech qanday foydali ish qilmayotgandek his qilishimiz mumkin, lekin aslida bu biz uchun juda foydali.
Birinchisi John Carmackga tegishli, iqtibos 1:1 emas, u qisman o'zgartirilgan ammo ma'no o'sha o'sha: "Man doim har bir o'zgarishdan keyin compilerni run qilaman. Bu ish rejadagidek ketayotgan yoki yo'qligini har bir qadamda aniq bildirib turadi.
To'g'ri o'qidingiz. Uzr so'ramang. Aniqrog'i uzr so'rashga loyiq ish qilmaslikka harakat qiling.
Har bir mushaklarini rivojlantirishni istagan havaskor borki, muscular failure haqida eshitib ko'rgan. Unga qisqacha ta'rifni esa
Hammamiz maktabda, kollejda, universitetda imtihon topshirganmiz. Har doim "cheater"lar bo'lgan, o'zlarining bilimsizliklari sababli birovdan ko'chirish kabi ishlar orqali boshqalar bilimi hisobiga imtihonlar topshirishgan, qo'lga tushishgan ham, o'tib ham ketishgan. Ammo cheating ularni bilimli bo'lishiga yordam bermaydi.

1. Uyqu juda muhim, o'rganayotgan odam tez-tez yoki uyqusi kelishi bilanoq uxlashi uning o'rganganlarini yaxshiroq o'zlashtirishi va eslab qolishiga yordam beradi. Uyqu vaqtida bizning vaqtinchalik xotiramizdagi bilimlar doimiy xotiraga o'tish jarayoni amalga oshadi. 2. Bir ishni tugataman deb ishni boshlash noto'g'ri. Pomodoro texnikasidan foydalanish, shu ish vaqtida esa ishni tugatishni o'ylash o'rniga bizni ishdan chalg'itadigan hamma narsadan uzoqlashib, ishga fokus qilish va pomodoro vaqti tugasa aylanib kelish, chalg'ish, miyaga dofamin olishiga qo'yib berishimiz kerak. Biz fokus qilib uzoq vaqt ishlaganimizda tor doirada fikrlaymiz, dam olganimizda, uxlaganimizda esa kattaroq doiradagi miyaning qismlari aktivlashadi va masalaga...

Idishdan chiqaman deb sakrayvergan, atrofdagilarni gapini qulog'i eshitmasligi sababli tinglamasdan, boshqa baqalar imkonsiz deb o'ylagan idishdan sakrab chiqib ketgan baqa haqidagi masalni ko'pchiligimiz o'qiganmiz. U shunchaki atrofdagi bu qiyin yo imkonsiz degan gaplarni eshitmasdan urinavergandi.

Har birimizdan hech bo'lmasa qaysidir bir yo'nalishda yaxshi bo'lish uchun maslahat so'rashgan.