Ish beruvchi bo'lsam, juniorlarni qanday saralagan bo'lardim?
Hozir ITda ish topish osonmas, Rossiya-Ukraina urushi sabab bozorda ishlar va oyliklar ancha qisqarib qolgan, birinchi ishni topish esa har qachongidan qiyinroq.
Agar man ish beruvchi bo'lganimda, junior dasturchilarni ishga qabul qilishda nimalarga e'tibor bergan bo'lardim, qanday dasturchilar boshqalaridan ajralib turadi man uchun?
Shu haqida ozroq fikrlarim bilan bo'lishmoqchiman.
(Tartib muhimlik bo'yicha tartiblanmagan)
- Muomala madaniyati, o'zini tutishi, tarbiyasi.
- Qilgan ishlariga qanchalik mehr bilan yondoshgan, qo'l uchida ish bitiradimi yoki astoydil qiladimi?
- Til bilish-bilmasligi, bu muhim.
- Savol berib ko'raman, masalan biz Reactdan foydalanamiz, ammo kelajakda Solidjs yoki Svelteda yozishimiz mumkin, texnologiyalar yoki yangiliklarni o'zlashtirishga qanchalik ochiqsiz?
- Ishdan tashqari bilim olish uchun har kuni qancha vaqt sarf qilasiz, 5-10 daqiqa, yarim soat?
- CV qanchalik haqqoniy yozilganligi (bu texnik suhbatda bilinadi)
Ishga kirishda boshqalardan qanday qilib ajralib turish mumkin? O'zingizni ish beruvchi dek tasavvur qiling va sizga qanday ishchi ma'qul kelishi haqida o'ylang.
Unutmang, bizni rizqimiz biz hali onamiz qornida bo'lgan vaqtimizdayoq bitib qo'yilgan, u bizga kech ham, erta ham yetib kelmaydi. Allohdan so'rang va izlanish, harakatdan to'xtamang. Rizqni uni egasi Allohdan so'raymiz.
Tunneldan chiqishga yo'lni uni izlaganlar topishadi, tunneldan chiqib ketishni kutib o'tirganlar emas.