October 19, 2025

Standart sozlamalarimiz.

Kompyuter va telefonlar yoki o'z sozlamasiga ega bo'lgan dasturlar odatda o'zining standard sozlamalari bilan birga keladi, foydalanuvchi esa ularni keyinroq o'z xohishlariga ko'ra o'zgartirishi mumkin.

Har birimizda ham o'zimizning yaxshi va yomon standart sozlamalarimiz bor, buni xulq, fe'l-atvor deb ataladi. Ammo ba'zi "sozlamalarimiz" borki, ularni kamchilik deb atash mumkin. Kimdur tozalikka e'tiborsiz, kimdur jahldor, kimdur esa ogĂ­r xarakterga ega va hokazo.

Mabodo o'zimizni yaxshilashni istar ekanmiz, avvalo shunday zararli sozlamalarimizdan voz kechishga urinishimiz kerak. O'zimizga va atrofdagilarga ozor beradigan sozlamalardan qutulish bu faqat foydamizga ishlaydi. Bu oson bo'lmasa-da, albatta yaxshi natija beradi.