November 18, 2025

O'zgarish

Eng kamida o'zimiz uchun to'g'ri bo'lishimiz kerak. Isrof bo'lgan vaqt, potensial, yoshlik, soatlarni boshqalardan yashira olamiz ammo o'zimizdan yashirish eng yomoni. O'zimizni xatolarimizni boshqalar oldida emas, eng kamida o'zimiz bilan yolg'iz qolganimizda balki o'zimizni yaxshi tarafga o'zgartirishimizga turtki bo'lardi.

Bu yil qattiq "ortga qaytish"ga uchradim. Zalni kanda qilmasdim, social mediadan chiqib ketgandim, dietada qat'iy edim, vaqtimni doomscrollingga sarflamasdim, ammo bu yil hammasini qildim. 2025 juda zo'r rasvo qilindi)) Vaznga ega 15kg qo'shildi. 4 yillik tajribaga ega junior dasturchi kim deyishsa mani ko'rsataverasizlar)

Ammo baribir toki 🪦ga kirmagunimizgacha o'zgarish uchun imkon bor. Shu oy gym membership tugadi va ataylab yangilamadim, toki consistent emas ekanman uni turishidan foyda yo'q, o'rniga turnik/brus yetib turibdi, agar shunda qat'iy bo'la olsam shunda o'zimga sovg'a sifatida gym abonement sotib olishim mumkin. Social mediani to'xtatdim, piyoda sayrni, to'g'ri dietani boshladim. Vaqtimni faqatgina o'zimni yaxshilash va imkon boricha yaxshi inson bo'lishga sarflayapman. Kanal to'xtab qolgani ham juda bandligimdan emas, vaqtimni bekor sarf qilganimdan.

Tan olish qiyin, o'zimiz uchun tan olish qiyin, 900ta inson oldida tan olish undan ham qiyin, ammo busiz o'zgarish qiyin ham. Endi doimiy updatelarni yozib boraman, kanal aktivligi ham qaytadi albatta.

Eng zo'r dopamin bu kun oxirida kunimiz juda zo'r o'tganidan, nimagadur erishganimizdan ko'nglim to'lishi. Past balandliklar doim bo'ladi, muhimi chuqurdan chiqa olish.


Bollar, biz yutamiz.