June 9, 2025

Muscular failure haqida

Har bir mushaklarini rivojlantirishni istagan havaskor borki, muscular failure haqida eshitib ko'rgan. Unga qisqacha ta'rifni esa

Muscular failure — bu mushak endi takroriy harakatni to‘g‘ri texnika bilan bajara olmas darajaga yetgan holat.

deyish mumkin.

Zalda muskullarim bajarayotgan mashqlarimni biror marta ham qila olmaydigan darajaga yetgunicha, ya'ni failuregacha shug'ullanishni yaxshi ko'raman, bu og'riq bilan birga o'zgacha zavq keltiradi.

Ammo yaqinda bir failure nima degan videoning komment qismida bir kishining "Ikki xil failure bor - muscular failure va miyamizning failuresi, sen miya emas muskullaring failurega erishgandagina haqiqiy failurega erishasan, miyang avvalroq taslim bo'ladi" degan fikrini o'qib qoldim va buni sinab ko'rishga ahd qildim. Ertasi kuni sport zalga bordim va haqiqatan ham miyam muskullardagi zo'riqish va og'riqni his qilishi bilanoq mashqlarni bajarishni istamay "failure"ga muskullarimdan ancha avvalroq erishayotganini ko'rdim. Ba'zi holatlarda muscular failurega erishmay turib, miyam to'xtash haqida yolvorishi bilanoq to'xtayotganimni tushunib yetdim. Muskullar rivojlanishi uchun esa haqiqiy muscular failure kerak.

Ko'pincha biror ishni boshlamasdanoq uni ko'rib taslim bo'lamiz. XYZ ish men uchun emas, men uni uddalay olmayman deb o'ylaymiz ammo vaholanki bizning tanamiz, aqlimiz, xotiramiz, potensialimiz bu ishdan karrasiga ko'proq ishlarni qila oladi.

Bilishimcha miyamiz shunday tuzilgan, u katta ishlar qilishni istamaydi, imkon boricha resurslarni tejashni istaydi. Lekin o'ylashimcha, kattaroq ishlar aynan mana shu miyaning mag'lub bo'lishga chaqiriqlariga labbay demasdan yana davom etaverganda, miya emas "muscular" failuregacha borganimizdagina sodir bo'ladi.

Ungacha esa shu o'zimiz loyiq bo'lgan muhitda yashab turishimiz zarur :)