Ish e'lonlaridagi oylik kammi?
Avvalroq man ham ish e'lonlarida yozilgan talabga nisbatan oyliklar kam belgilangan bo'lsa, jahlim chiqardi, guruhda muhokama qilardim, oylik bu daraja uchun falon-falon bo'lishi kerak deb yozardim, dasturchilarni yerga urishgandek his qilardim.
Yaqindan beri fikrim o'zgardi.
Bozor iqtisodiyotida, har kim o'z mahsulotiga ham, ish e'loniga ham istalgan narxni qo'yishi mumkin. Biz esa undan foydalanmaslik huquqiga egamiz.
Senior dasturchi uchun $500lik ish e'lonimi? Asabni asrang, u istalgan oylikda e'lon joylashga haqli, biz esa u ishga topshirmaslikka haqqimiz bor. Shunchaki kam oylik belgilanibdi deb ketishimiz mumkin.
Yoki boshqachasiga o'ylasak, junior dasturchi ishga topshirdi va oyiga $3000 talab qilyapti. Ish beruvchi uni ishga olmaslikka haqqi bor.
Hamma istagan oyligida e'lon berishga haqli va dasturchilar u ishga topshirmaslikka haqqi bor.
Man shunday o'ylashni boshladim.