Barbar Oakleyning "Learning how to learn" videosidan olgan ba'zi xulosalarim
1. Uyqu juda muhim, o'rganayotgan odam tez-tez yoki uyqusi kelishi bilanoq uxlashi uning o'rganganlarini yaxshiroq o'zlashtirishi va eslab qolishiga yordam beradi. Uyqu vaqtida bizning vaqtinchalik xotiramizdagi bilimlar doimiy xotiraga o'tish jarayoni amalga oshadi.
2. Bir ishni tugataman deb ishni boshlash noto'g'ri. Pomodoro texnikasidan foydalanish, shu ish vaqtida esa ishni tugatishni o'ylash o'rniga bizni ishdan chalg'itadigan hamma narsadan uzoqlashib, ishga fokus qilish va pomodoro vaqti tugasa aylanib kelish, chalg'ish, miyaga dofamin olishiga qo'yib berishimiz kerak. Biz fokus qilib uzoq vaqt ishlaganimizda tor doirada fikrlaymiz, dam olganimizda, uxlaganimizda esa kattaroq doiradagi miyaning qismlari aktivlashadi va masalaga kechroq qaray olamiz. Uzluksiz uzoq ishlash miyaning faqat fokus rejimini ishga solib, ijodkorlikni cheklaydi, dam olish esa ko'proq ijodkorlikka sabab bo'ladi.
3. Miyada umumiy ikki xil mode bor: focus va diffuse mode. Focus modeda tor doirada chuqur ishlasa, diffuse mode yengil ammo miyaning turli qismlari ham birga ishlashini ta'minlaydi.
4. Jismoniy mashqlar bajarishning roli o'rganishda jdua katta. O'rganuvchi mashqlar bajarib turishi kerak.
5. Biz ishlamayotgan yoki o'qimayotgan vaqtimizda, masalan sayr qilayotganimiz, o'yin o'ynayotganimiz, suhbatlashayotganimizda ham miyamiz biz avval o'rgangan ishlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi va mustahkamlaydi. Bu jarayon diffuse modeda amalga oshadi. Diffuse rejimda miya erkinroq ishlaydi va bu holat ma'lumotlarni bir biriga bog'lash va yangi g'oyalarni shakllantirishga yordam beradi.
6. Ikki xil xotira mavjud - working memory va permanent memory. bilimlarni working memorydan doimiy permanent olishning yo'li bu - amaliyot (practice). Agar biz biror mavzuni birinchi marta o'rgansak, hatto yaxshilab tushunib olsak ham, uni takrorlab, amaliyot bilan birlashtirmas ekanmiz, u tezda unutilib ketadi, neyronlar orasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun amaliyot va takrorlash muhim. Masalan dushanba kuni o'rganilgan mavzuni seshanba, chorshanba va Juma kuni takrorlash kerak. Bir bilimni doimiy xotiraga olib o'tishning yana bir yo'li uni boshqalarga tushuntirish ham.
7. Unchalik ham zo'r bo'lmagan working memoryga ega bo'lish aslida yomon emas, to'g'ri, ba'zida bu sabab qattiq mehnat qilishga to'g'ri keladi, lekin ilmiy izlanishlarning ko'rsatishicha - poor working memoryga ega insonlar ko'proq kreativ bo'lishadi, bu esa kreativlik talab qilinadigan ishlarda juda qo'l keladi.
8. Sekin fikrlayman deb tushkunlikka tushmang, zamonaviy neurosciencening otasi bo'lgan Santiago R.y Cajal sekin fikrlashini aytgan, ammo bu unga qo'l kelgan - u boshqa tez fikrlaydiganlar ko'rmagan narsalarni ilg'ay olgan, tez fikrlaydiganlar birdan xulosa qlishga o'tib ketishganda u mayda detallarga ham e'tibor qarata olgan. Tez fikrlaydiganlarni poyga avtomobillariga qiyoslasak, ular o'rmondan juda katta tezlikda o'tib ketishadi - ammo sekin fikrlaydiganlar ko'ra oladigan quyon uylari, gullar, o'rmon isidan bebahra qolishadi.
Maryam Mirzakhani - matematikada Nobel darajasidagi sovrin egasi, yaxshi matematik bo'lish uchun sekin fikrlaydiganlardan bo'lish kerak deydi va o'zi ham o'shalardan bo'lgan.
9. Ba'zida juda ko'p bilim olayotgandek bo'lamiz, ammo keyinroq unutib yuboramiz. Bundan qochishning yaxshi yo'llaridan biri - testlar. Bir soat o'rganishdan ko'ra ba'zan 1 soat test yechish ko'proq o'rgatishi mumkin. Biz har doim o'z bilimlarimizni testdan o'tkazib borishimiz kerak.
Recal haqida bu yerda ko'ring: https://www.tes.com/magazine/archive/learn-learn-power-recall#:~:text=Recall%20means%20bringing%20an%20idea,to%20do%20better%20on%20tests.
10. 10 yoshlik bola tushunadigan qilib tushuntiring. Nimani o'rganishingizdan qat'iy nazar, agar o'sha mavzuni juda sodda qilib tushuntirib bera olarkansiz, demak siz bu mavzuni chuqur anglab yetgan bo'lasiz.
11. O'zingizni o'sha mavzuning ichida tasavvur qiling. Barbara McClintock - genetika bo'yicha Nobel sovrindori, o'zini genetik daraja ichida tasavvur qilishga uringan. Biz tasavvurimizni ishga solganimizda, uni miyamizda tasvirlashga uringanimizda o'sha mavzuni yanada chuqurroq egallashimiz mumkin. Bu juda ko'p buyuk odamlar tomonidan qo'llanilgan usul.
12. O'zingiz qiziqqan, sevgan narsaga ergashing. Matematikada zo'rsiz, juda qiziqasiz, ammo Ronaldoni misol keltirib, sizdan futbolchi yasashmoqchi bo'lishsa, ammo futbolga qiziqmasangiz, matematikada keting. O'zingiz sevib o'rganadigan bilimlarni egallang.Ammo shunchaki qiziqishlaringizga ergashmang - qiziqishlaringiz sonini ko'paytiring va o'zingiz eng zo'ri bo'lganida davom eting, chunki ba'zan biz qiziqishlarimizda iste'dodli bo'lmasligimiz va yuqori darajalarga chiqishda juda katta resurs sarf qilishimizga to'g'ri kelishi mumkin.
Videoga link: https://youtu.be/vd2dtkMINIw?feature=shared