Uzr so'ramang.
To'g'ri o'qidingiz. Uzr so'ramang. Aniqrog'i uzr so'rashga loyiq ish qilmaslikka harakat qiling.
Ba'zida biz majlisga kech qolganda, ishni vaqtida bitira olmaganda, uchrashuvga kechikkanimizda uzr so'raymiz. Uzr so'rash ikki shaxs orasidagi ziddiyatni yumshatishi aniq, lekin uzr so'rash oshishi biz ishlarni, bizning bo'ynimizga tushgan majburiyatlarni o'z vaqtida amalga oshirmayotganligimiz ko'payib borayotganidan dalolat.
- Dedlaynlarga ulgurmayapsizmi? Unda aniqroq dedlayn belgilashga urining.
- Uchrashuvga kech qolyapsizmi? Ertaroq ko'chaga chiqing.
Lekin har biridan avval albatta ulgurmayotganingiz haqida ogohlantiring, bu ikkinchi tomonni shunga mos ish tutishiga yordam beradi, ammo o'z vaqtida ishni bitirish uzr so'rab kechikishdan ko'ra afzalligi 100%.