September 18, 2025

Zerikish kerakligi haqida.

Hojatxona, dushda bugni fix qilish yoki qandaydir yaxshi g'oyalar kelishi haqida hazillar qilib turamiz, aniq-ki bu hazillar bekordan bekorga paydo bo'lmagan. Biz o'z fikrlarimiz bilan yolg'iz qolgan paytimizda hech qanday foydali ish qilmayotgandek his qilishimiz mumkin, lekin aslida bu biz uchun juda foydali.

Hozir zerikishga vaqt yo'q. Kun bo'yi ijtimoiy tarmoqlar, reelslar ko'rish, yangiliklar, turli telegramdagi hamjamiyatlarda aktivligimizdan tashqari, o'zimizcha vaqtdan yutish maqsadida hatto shunchaki piyoda sayr qilish davomida podkastlar ham tinglaymiz. Miyamiz doim band, unga kirayotgan ma'lumotlarni qayta ishlash unga og'ir keladi va biz bunday ishlar sababli hatto ishlashdan ko'ra ko'proq ham charchayapmiz.

Har kuni kamida o'zingizga 20 daqiqa vaqt ajrating. Bo'sh qoling, shunchaki sayr qiling, hech kim yo'q xonaga kirib o'tiring. Miyamizga dam kerak, u zerikishi kerak.

Eng ideal holatda esa kuniga 20 daqiqadan ortiq ijtimoiy tarmoqqa vaqt sarf qilmang.