Sun'iy intellekt va junior dasturchilar.
Hammamiz maktabda, kollejda, universitetda imtihon topshirganmiz. Har doim "cheater"lar bo'lgan, o'zlarining bilimsizliklari sababli birovdan ko'chirish kabi ishlar orqali boshqalar bilimi hisobiga imtihonlar topshirishgan, qo'lga tushishgan ham, o'tib ham ketishgan. Ammo cheating ularni bilimli bo'lishiga yordam bermaydi.
Hozir sun'iy intellekt hayotimizga internet kabi kirib keldi. Undan kundalik kod yozishda ham foydalanyapmiz. Ammo buning o'ziga yarasha muammolari borligini unutdik va bu ayniqsa dasturlashga endi kirib kelgan odam uchun tas'iri katta.
Biz AIga biror vazifa bajarishni buyuramiz, u ish o'xshamaguncha uni fix qilishni qayta-qayta takrorlayveramiz, bizning o'rnimizga AI ishlayapti. Bunda muammo yo'q, qachonki bu vazifalarni biz hech qanday muammosiz bajara olsak yoki vazifalarni o'zimiz bajarish jarayonimizda undan so'rab-so'rab o'zimiz ishlaganimizda, bu orqali ham ishimiz tezlashadi, ham o'zimiz allaqachon tayyor tajriba orqali o'rganamiz.
Ammo agar biz o'zimiz tushunmay turib, ko'r-ko'rona AIga buyruq berib o'tirsak va bizga u taqdim etgan kodni tushunmasak, nima yozdi, qanday amallar bajarilyapti e'tiborsiz bo'lsak, bu huddi imtihonlardagi cheatingga o'xshaydi - aslida biz bosh qotirishimiz kerak bo'lgan o'rinda boshqa birov bosh (AI) bosh qotiryapti, biz esa faqat natija haqida qayg'uryapmiz, dasturchi, ayniqsa yosh dasturchi sifatida esa bizga natijadan ham muhimrog'i jarayon edi, biz jarayon davomida o'rganishimiz, tajriba orttirishimiz, boshimiz devorga urilib oxiri to'g'ri ishlaydigan dastur yozishimiz muhimroq edi.
AIdan foydalanish juda muhim ko'nikma, unga tushunmasdan ergashish va o'zimizni o'sishimizga yordam beradigan ishlarni unga bajartirish esa bizni rivojlanishimizda to'siq bo'ladi.