September 18, 2025

Foydali 2ta iqtibos.

Birinchisi John Carmackga tegishli, iqtibos 1:1 emas, u qisman o'zgartirilgan ammo ma'no o'sha o'sha: "Man doim har bir o'zgarishdan keyin compilerni run qilaman. Bu ish rejadagidek ketayotgan yoki yo'qligini har bir qadamda aniq bildirib turadi.

Kod qanday ishlashi haqida miyada tasavvur qilib miyaga ortiqcha yuk berishdan ko'ra, compilerni ishga tushirib bu ishni compilerga topshirish kerak, biz baribir adashamiz. Katta featurelarni compilerni ishga tushirmay turib yozib, keyin u ishlamasa qayerda nima xato ketganini tekshirib chiqishdan ko'ra har bir qadamda compilerni ishga tushirish va natijani ko'rish osonroq". Izoh shart emas deb o'ylayman.

Ikkinchisi internetdagi noma'lum odamdan, afsuski asl egasini saqlab qo'yish esimdan chiqqan: Ägar AI yozgan kodga tushunmasang, AIga kod yozdirma".

Turlicha foyda olish mumkin. AI yozgan kodni tushunmasang demak hali begona dasturlashda yetarlicha tajribaga ega emassan, o'zing qo'lda kod yoz va yaxshilab o'rgan. Keyingisi esa, agar AI yozgan kodni tushunib/tushunmasdan uni o'z holicha qo'ysang, kelajakda codebase rasvo holatga keladi.

Rahmat.