March 28, 2025

ILM CHO‘QQILARI SARI IMKON

O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish, metodik qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish hamda xalqaro baholash dasturlarining navbatdagi bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida markazining 2025-yil 17-martdagi 01-02/4-125-sonli xatiga asosan 25-26–mart kunlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida “Metodik marafon” tadbirini o‘tkazish rejalashtirgan bo‘lib, ushbu tadbir jarayonlari Qarshi shahridagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi.

Mazkur “Metodik marafon” tadbirda, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbari o‘rinbosari barchamizning ustozimiz, TRM Boshqarma boshlig‘i, p.f.f.d (PhD), dotsent Pardayeva Mehriniso Daniyarovna, ustoz Rahimova Samira Abdixalimovna hamda Sag‘dullayev Shukrullo Komil o‘g‘li va Qashqadaryo viloyat ta’lim muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 8 nafar ijodkor, o‘z fanini fidoyisi bo‘lgan ustoz o‘qituvchilar: Turapov Boboumar Tashkanovich - Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o‘qituvchisi, Ergasheva Marvarid Qo‘yliyevna -Pedagogik mahorat markazi, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi kimyo fani metodisti, Norov Otajon Shomurodovich - Pedagogik mahorat markazi, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Imomnazarova O‘g‘iloy Orifnazarovna, Pedagogik mahorat markazi, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘zbek tili fani metodisti, Shodiyeva Matluba Jo‘rayevna - Pedagogik mahorat markazi, Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri p.f.d (DSc), dotsent, Jumayeva Mahkamtosh G‘iyosiddinovna - Koson tumani 94 - umumiy o‘rta ta’lim maktabning oliy toifali boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi, Elmirzayev Parvoz Pardayevich - Kitob tumani 50-o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Kamolov Bahodir Bahriddinovich - Qarshi shahar 34-maktab direktori. Ular tomonidan ta’lim sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ma’lumotlar va slaydlar taqdim etiladi hamda mamalakatimizning barcha hududlaridagi ustozlar bilan o‘zaro tajribalar almashildi.

“Metodik marafon” tadbirida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining mas’ul xodimlari Umidjon Ochilovich, Shukrullo Komil o‘g‘li, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Maqsud Ashqulovich Panjiyev va viloyat pedagogik mahorat markazi direktori Nozima Shuhratovna va Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Bahodir Mo‘minovlar ishtirok etishdi hamda ma’ruzalar qilishdi.

Marafonda respublikamizning barcha hududlaridan qiziqish bildirgan pedagoglar videokonferensiya formatida ishtirok etishdi.

Pedagoglar kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va metodik qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkaziladigan "Metodik marafon" tadbirida viloyatdagi tuman, shaharlardagi studiyalarida 1679 nafar pedagoglar ishtirok etishdi.

“Qarshi shahridagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Metodik marafon” tadbirida 4-ta sho‘bada: 1. Matematik savodxonlikni rivojlantirish sho‘basida 36 nafar, 2. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sho‘basida 41 nafar, 3. O‘qish savodxonlikni rivojlantirish sho‘basida 33 nafar, 4. Tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish sho‘basida 35 nafar tinglovchilar ishtirok etishdi va ma’ruzalarni tinglashdi.

"Metodik marafon" tadbirida faol ishtirok etgan barcha ma’ruzachilar va tashkilotchilar O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan taqdirlandilar.

OCHILOV Sevin Rajaboyevich,

Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, o‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar bo‘limi bosh metodisti