Men yangi O‘zbekistonni – obod va farovon, demokratik mamlakatni barpo etishda siz, muhtaram pedagoglarni, professor-o‘qituvchilarni o‘zim uchun eng katta kuch, tayanch va suyanch, deb bilaman. Sizlarning hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatingizni qo‘llab-quvvatlash, sizlar uchun munosib mehnat va turmush sharoiti yaratib berishni Prezident sifatida o‘zimning muqaddas burchim, deb hisoblayman.
Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilining 5-6 dekabr kunlari viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil 5-oktyabrdagi 101-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Koson tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi kutubxonalar faoliyati o‘rganildi va kutubxonachilarga metodik hamda amaliy yordam berildi.
Bosh qomusimiz bo‘lgan konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi mamlakatimizda keng miqyosda nishonlanmoqda. Keyingi yillarida jamiyatimizning barcha jabhasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi, qator yutuqlarga erishmoqdamiz. Ularning zamirida Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan qoidalar mujassam, chunki, Konstitutsiyamizning muhim xususiyati shundaki, unda inson qadri, erkinliklari, fuqarolarning baxtli, farovon turmushi, rohat-farog‘ati oliy qadriyat sifatida e’tirof etiladi.