May 23, 2025

YURAKLARGA KO‘MILGAN SHOIR

Joriy yilining 23-may kuni G‘uzor tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘uzor tuman bo‘limi va G‘uzor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, serqirra ijodkorni Mansur Jumayevning xotirasiga bag‘ishlab “YURAKLARGA KO‘MILGAN SHOIR” nomli she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mansur Jumayev 1991-yilning 17-fevralda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shoirning "Oq orzularim", "Hayrat qo‘shiqlari", "Biz kutgan fasl", "Hazrati ishq" nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. She’r va hikoyalari rus, ingliz, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qirg‘iz, qozoq va vetnam tillariga tarjima qilingan.

Tabdirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va viloyat bo‘limi, respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘uzor tuman bo‘limi va va G‘uzor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbar va xodimlari, ijodkor o‘quchilar, o‘qituvchilar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarning kutubxonachilari ishtirok etishdi.

El sevgan serqirra ijodkor Mansur Jumayevning turmush o‘rtog‘i Shohsanam Nishonova, ota-onasi va yaqinlari tadbirda ishtirok etib, shoirning bosib o‘tgan hayot yo‘li, ijodiy faoliyati haqida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdilar.

Maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan shoirning she’rlaridan namunalar o‘qib berildi va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir jarayonida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda maktablarning kutubxonachilari tomonidan 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga badiiy va metodik adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Marhum ijodkor shoir Mansur Jumayevning turmush o‘rtog‘i Shohsanam Nishonova tomonidan Qarshi shahridagi 18 va G‘uzor tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi a’lochi hamda faol o‘quvchilar uchun Mansur Jumayev nomidagi stipendiyasini tashkil etdi.

Ochilov Sevin Rajaboyevich,

Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar bo‘limi bosh metodisti.