December 6, 2024

YOSH AVLODGA MAʼNAVIY TUHFA

Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilining 5-6 dekabr kunlari viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil 5-oktyabrdagi 101-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Koson tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi kutubxonalar faoliyati o‘rganildi va kutubxonachilarga metodik hamda amaliy yordam berildi.

6-dekabr kuni boshqarma, viloyat bolalar kutubxonsi mas’ul xodimlari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbar xodimlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi kutubxonachilari ishtirokida "Maktab kutubxonalarining samarali faoliyat ko‘rsatish tamoyillari" mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tashkil etilgan o‘quv-seminarda boshqarma bosh metodisti D. Poyonova va viloyat bolalar kutubxonsi direktori N.Mahmudovalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi tomonidan berilgan barcha tavsiya va ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan darsliklarga kiritiladigan har bitta material keng muhokamalardan o‘tkazildi, fikr-mulohazalar tinglandi. O‘quv-seminardan olingan barcha tavsiyalar va materiallar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha o‘qituvchilari va o‘quvchilariga o‘z vaqtida yetkazish uchun chora-tadbirlar belgilab olindi, maktab rahbarlari, kutubxonachilar va o‘qituvchilarga katta masuliyat yuklandi.

O‘quv-seminar jaryonida barcha ishtirokchilar bilim, tajriba va keng ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar bo‘limi bosh metodisti Ochilov Sevin Rajaboyevich