
Diagrammalar yaratish. Excel dasturida jadval ma`lumotlarga qarab har xil diagrammalar yaratish imkoniyati bor. Diagrammalar bizga ma`lumotlar bilan ishlashni osonlashtiradi. Diagramma — bu Excel hosil qiladigan ob`ektlardan biri hisoblanadi. Bu ob`ekt bitta yoki bir nechta ma`lumotlar to`plamining grafik tasviridan iboratdir (ma`lumotlarning qaysi ko`rinishda tasvirlanishi diagramma turiga bog’liq). Diagrammani yaratishdan oldin jadvalni tayyorlashimiz, belgilangan sohaga kerakli qiymatlarni kiritishimiz kerak. Jadval tayyor bo`lgandan keyin, jadval ma`lumotlari sohasini sichqoncha bilan belgilab olamiz, aks holda diagramma yoki grafikni yasay olmaymiz. So`ngra “Вставка” lentasining “Диаграммы”...

Excelda bir nechta shartlarni tekshirishga to’g’ri kelib qolsa, ЕСЛИ (IF) funksiyasi ichma-ich bo’lishi mumkin. Testni davom ettirish uchun, yolg’on (FALSE, ЛОЖЬ) qiymat boshqa bir ЕСЛИ (IF) funksiya bilan almashtiriladi.

Formula – bu bir katakning qiymatini hisoblaydigan ifodadir. Funksiyalar esa, oldindan belgilangan formulalar va ular Excelda allaqachon mavjud.

Excelning shart (IF, ЕСЛИ), “va” (AND, И) hamda “yoki” (OR, ИЛИ) kabi mantiqiy funksiyalarini qanday ishlatishni o’rganing.

Ishlab chiqarish ish jarayoni faoliyati natijalarini nazorat qilish va hisobga olish bilan bog'liq ko`plab turli masalalarni echishda elektron jadvallardan keng foydalaniladi. Mutaxassis o'z ish faoliyati davomida ishlab chiqarish jarayonidagi juda ko'plab tahliliy masalalarni hal qilishga to'g'ri keladi va ular tahlili natijasida bir qancha yechimlar vujudga kelishi mumkin. Bu yechimlar orasidan eng yaxshisi va eng samaralisini tanlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Odatda, bunday yechim optimal deb ataladi. “Optimal” - lotincha |optimus” so'zidan olingan bo`lib, eng yaxshi (mavjud imkoniyatlar doirasida undan yaxshisi yo'q), eng ma`qul, eng samarali kabi ma`nolarni anglatadi. Optimal yechimni izlash masalasi keng ko'lamli bo'lib...