April 3, 2025

Qalbning soʻngi siri 🫀

Nechanchi qism ekanligini bilmayman 🤣

Sera oshxonada yolg‘iz qoldi. Stolga qarab, endigina tugagan nonushta izlarini ko‘rdi. Taehyung har doim shunday qilardi—jim kelib, jim ketardi. Hech qachon ortiqcha gapirmas, hech qachon ko‘zlariga tik boqmasdi.

U chuqur nafas oldi va o‘zini bardam tutishga harakat qildi. Lekin yuragi g‘ash edi.

“Mendan uzoqroq yur.”

Bu so‘zlar quloqlarida aks sado berardi. Taehyung undan nafratlanishini bilardi, lekin shunchalik ochiq-oydin aytishi... og‘ir edi.

U asta joyidan turdi va idishlarni yuvish uchun olganda, telefoniga xabar keldi. Notanish raqam.

“Bugun uchrashishimiz kerak. Bu sening o‘tmishing haqida.”

Seraning yuragi shuv etib ketdi. O‘tmishi haqida? Kim bo‘lishi mumkin?

Xabar oxirida manzil ham bor edi. Ko‘chadagi kichik kafelardan biri. Ich-ichidan shubha uyg‘ondi, lekin bilishi kerak edi. Bu yerda yashash unga shundoq ham qiyin edi. Agar biror narsa o‘zining aybsizligini isbotlasa... balki Taehyungning nigohidagi nafrat ham yo‘qolardi.

U sekin zinadan yuqoriga chiqdi va xonasiga kirib, kiyimlarini almashtira boshladi. Lekin yuragidagi bezovtalik tarqalmadi.


Kafe oldiga kelganda, u atrofga alangladi. Ichkariga kirib, xona chetidagi bo‘sh joyga o‘tirdi.

Biroz vaqt o‘tib, qarshisiga qora ko‘zoynak taqqan, uzun palto kiygan erkak o‘tirdi.

— Sen Serasan, to‘g‘rimi? — dedi u sokin ovozda.

Sera sekin bosh irg‘adi.

— Sen meni taniysanmi?

— Yo‘q... Lekin siz kim va menga nega yozdingiz?

Erkak kulimsiradi. Ko‘zoynagini tushirib, unga tik qaradi.

— Hali ham hech narsani tushunmabsan, shundaymi?

— Nima haqida gapiryapsiz?

Erkak stol ustiga bir nechta surat qo‘ydi. Sera ularni ko‘rib, yuragi yana bir bor g‘ash tortdi. Bu suratlar... unga tanish edi.

— Bu... mening ota-onamning mashinasi. Bu avariya kuni tushirilgan suratlar...

— Ha, — dedi erkak xotirjamlik bilan. — Ammo, bu rasmda yana kim borligini ko‘r.

Sera suratni qo‘liga olib, diqqat bilan qaradi. Ko‘zlari keng ochildi.

— Bu... bu imkonsiz...

Suratning bir burchagida notanish odam ko‘rinib turardi. O‘sha mashina yonida. O‘sha kun. O‘sha fojea...

Kim edi u? Va nega bu yillar davomida buni hech kim bilmagan?..


Bu paytda esa Taehyung uyda o‘tirib, o‘z fikrlari bilan ovora edi.

Sera bilan bo‘lgan suhbatidan keyin, yuragida qandaydir noxush tuyg‘u paydo bo‘lgandi. Lekin uni yo‘qotishga harakat qildi. Uning hayotida faqat nafrat bor edi.

Lekin yuragining bir chekkasi shivirlardi:

“Agar u aybdor bo‘lmasa-chi?”

U tezda bosh chayqadi. Bu mumkin emas. O‘sha kuni hamma narsa aniq edi.

Lekin hammasi chalkash boʻldi

Sera suratlarni qo‘llari bilan mahkam ushlagancha, nafas ololmay qoldi. Yuragi gupillardi.

— Bu inson kim? — dedi u qaltiragan ovozda.

Erkak unga jiddiy tikildi.

— Bu inson... sen bilganingdan ko‘ra kattaroq haqiqatning bir qismi.

Sera lablarini qattiq tishladi. Yuragida nimadir g‘ashlik bor edi.

— Bu odam... o‘sha kuni shu yerda bo‘lgan. Agar shunday bo‘lsa, nega hech kim bu haqda gapirmagan?

— Chunki ba’zi haqiqatlar yashiriladi, Sera. Ayniqsa, kimdir uni yashirishni juda istasa.

Seraning boshi aylanib ketdi. O‘zi bilgan haqiqat yolg‘on bo‘lishi mumkinmi? Taehyung... u doim uni ayblab kelgan edi. Agar asl aybdor boshqa kimdir bo‘lsa-chi?

— Men... bu haqida bilishim kerak.

Erkak yengil bosh irg‘adi.

— Bilishni xohlaysanmi? Unda haqiqatni qidir. Sen faqat begunohligingni isbotlashing kerak emas. Sen haqiqatni ochishing kerak.

Sera chuqur nafas oldi. U nima bo‘lsa ham, orqaga qaytmasligi kerak edi.

Sera uyga qaytganda osmon allaqachon qoraygan edi. Ko‘chalar bo‘m-bo‘sh, shahar esa o‘zining odatiy sukunatiga cho‘mgan.

U zinadan asta chiqdi va eshikni ochdi. Ichkarida chiroqlar yoniq edi. Demak, Taehyung uyda.

Sera xonasiga o‘tishga shoshildi, lekin oshxona yonidan o‘tayotganda Taehyungning ovozi eshitildi.

— Qaerda eding?

Sera bir lahza to‘xtadi. U ortga burilib, unga tikildi. Taehyung oshxona stolida o‘tirardi. Uning ko‘zlari har doimgidek sovuq edi.

— Hm? — dedi u. Ovozi vazmin eshitildi.

— Shunchaki... tashqarida edim.

— Kim bilan?

Sera lablarini tishladi. Javob berishni istamadi.

— Sen bilan bog‘liq emas.

Taehyungning ko‘zlari xiyol toraydi.

— Men bilan bog‘liq emas? Shu uyda yashayotganing, shu hayoting men bilan bog‘liq emasmi?

Seraning yuragi siqildi. Uning har bir gapi xuddi pichoqdek edi.

— Men charchadim, — dedi u past ovozda. — Dam olishim kerak.

U ortga burilib ketayotganida Taehyung yana gapirdi.

— Hech narsa yashira olmaysan. Unutma.

Sera yurishdan to‘xtamadi. Uning xonasiga kirib eshikni yopgandan keyin esa yuragi yana ham tez ura boshladi.

Taehyung nimanidir biladimi?..

Keyingi qism Hot boʻladi reaksiyaga qarayman va Sirlar ochilib boshlaydi 🎀✨