
Sera xonasining derazasi yonida o‘tirib, qo‘lidagi suratga tikildi. Hali ham tushunolmayotgan savollar ko‘p edi. O‘sha suratdagi odam... nima uchun o‘sha yerda bo‘lgan? Va u kim edi?

Kunlar o‘tardi. Taehyung va Jungkookning orasidagi rishta tobora chuqurlashib borardi. Jungkook uni hech kimdan kam ko‘rmasdi, o‘zining eng qadrli insoni sifatida himoya qilardi. Taehyung esa asta-sekin bu himoyaga o‘rganib qolayotgandi.

Taehyungning nafasi ichiga tiqilib qoldi. U Naraning qo‘lidan tutmoqchi bo‘ldi, lekin Jungkookning odamlaridan biri uni mahkam ushlab oldi. Xonadagi havoning bosimi ortib borardi.