March 30, 2025

Yomgʻirda qolgan hislarim 🥀

Kunlar o‘tardi. Taehyung va Jungkookning orasidagi rishta tobora chuqurlashib borardi. Jungkook uni hech kimdan kam ko‘rmasdi, o‘zining eng qadrli insoni sifatida himoya qilardi. Taehyung esa asta-sekin bu himoyaga o‘rganib qolayotgandi.

Ammo hamma narsa ham mukammal bo‘lib qolmadi. Chunki o‘tmish hech qachon shunchaki yo‘qolib ketmaydi.

Bir kuni, Jungkook shahar tashqarisiga muhim ish bilan chiqib ketganida, Taehyung tasodifan restoranda bir tanish ovozni eshitdi.

— Taehyung?

U birdan muzlab qoldi. Bu ovozni u juda yaxshi bilar edi. Sekin burilib qaradi va ko‘z oldida… Sooya turardi.

Sooya—uning eski sevgilisi. Ilgari u bilan juda baxtli bo‘lgan, ammo u Jungkook hayotiga kirib kelgach, hammasi o‘zgargandi.

— Sooya… — Taehyungning ovozi titradi.

— Menga ayt, bularning hammasi rostmi? — Sooya unga yaqinlashib, sovuq nigohini tikdi. — Sen Jungkook bilan birgasanmi?

Taehyung bir necha lahzaga jim qoldi. Ha, hozir u Jungkook bilan edi… Lekin bu savol unga qandaydir noqulaylik tug‘dirdi.

— Bu senga ahamiyatlimi? — oxiri shunday dedi u.

Sooya kinoya bilan kulib qo‘ydi.

— Ha, chunki men hamon seni sevaman.

Bu so‘zlar Taehyungni larzaga soldi.

— Sooya, iltimos…

— Yo‘q, eshit meni, — Sooya uning qo‘lidan tutdi. — Sen o‘zingga qaragin, Taehyung. Hozir sening ko‘zlaring oldingidek porlamaydi. Men bilaman, Jungkook seni egallab olgan.

— U meni himoya qiladi… — shivirladi Taehyung, lekin ich-ichida ikkilanayotganini sezdi.

— Yo‘q, u seni o‘z qafasiga qamagan, — dedi Sooya qat’iyat bilan. — Sen o‘zing mustaqil qaror qabul qilishing kerak.

Sooya uni yana o‘z tomoniga tortmoqchi edi.

— Meni esla, Taehyung. Sen bilan birga bo‘lgan vaqtlarimni unuta olmayman…

Shu payt, kimningdir qattiq ovozi eshitildi.

— Uni qo‘y!

Taehyungning yuragi orqaga tortildi. Jungkook…

U shiddat bilan Sooya tomon yurdi, ko‘zlari qahr bilan yonardi.

— Seni yana bir marta Taehyungning oldida ko‘rsam, sening ahvoling juda yomon bo‘ladi, — dedi Jungkook past, lekin xavfli ohangda.

Sooya kulimsiradi.

— Sen meni qo‘rqitmoqchimisan, Jungkook?

— Men tahdid qilmayman, men haqiqatni aytaman, — dedi Jungkook sovuq ovozda.

Sooya ohista Taehyungga qaradi.

— Qachondir, sen haqiqatni anglaysan, Taehyung…

So‘ng u sekin ortga yurib, chiqib ketdi.

Jungkook esa g‘azab bilan Taehyungga o‘girildi.

— Nega u bilan gaplashding?!

— Men… u faqat… — Taehyung qiynalib qoldi.

— Yo‘q, — Jungkook uning bilagini mahkam ushladi. — Sen shunchaki eshitishing kerak: Men seni hech kimga bermayman, Taehyung!

Lekin Taehyung o‘zini noqulay his qila boshladi. Sooyaning so‘zlari uning ongiga o‘rnashib qolgandi. U o‘ylashni boshladi… Jungkook uni sevibmi saqlayapti yoki shunchaki egasi deb biladimi?

Va shu shubha ularning orasini asta-sekin sindira boshladi…


Oradan bir necha kun o‘tdi, lekin Taehyungning ichida nimadir o‘zgargandi. Sooyaning so‘zlari uning ongi va qalbini egallab olgan, u esa bu fikrlardan xalos bo‘lolmayotgandi.

Jungkook esa bu o‘zgarishni payqagan edi.

— Nima gap? — so‘radi u kechki ovqat paytida.

Taehyung o‘zi ham bilmagan holda ovqatini to‘xtatdi va unga qaradi.

— Hech narsa.

— Yolg‘on gapirma.

Taehyung chuqur nafas oldi.

— Jungkook… bizning munosabatimiz qanday?

Jungkook unga ajablanib qaradi.

— Nima deganing bu?

— Men… — Taehyung bir zum ikkilanib qoldi, so‘ng oxiri tilga kirdi. — Men seni yaxshi ko‘raman, lekin ba’zida o‘zimni erkin his qilmayman.

Jungkookning yuzi qorayib ketdi.

— Bu nimani anglatadi?

— Sen meni sevayapsanmi yoki shunchaki menga egalik qilmoqchisan?

Xonada og‘ir sukunat cho‘kdi. Jungkookning mushtlari tugildi.

— Kim bunday bema’ni narsani aytdi? Sooya?

— Masala Sooyada emas, — dedi Taehyung xotirjam. — Masala sen bilan men orasida.

Jungkook qattiq kulib yubordi, lekin bu kulgi achchiq edi.

— Demak, sen meni shubha ostiga olyapsan?

Taehyung uni inkor etmadi. Bu esa Jungkookni yanada qahrga mindirdi.

— Agar men seni egallamoqchi bo‘lsam, bunday suhbatga ham yo‘l qo‘ymasdim.

— Lekin sen meni nazorat qilyapsan! — Taehyung birdan baqirib yubordi.

Jungkook uning qo‘lidan ushladi.

— Chunki men seni yo‘qotishni istamayman!

— Balki men erkin bo‘lishni xohlayotgandirman?

Jungkookning yuragi birdan muzlab qoldi.

— Demak… ketmoqchimisan?

Taehyung javob bermadi.

Bu jimlik hamma narsani anglatardi.

Jungkook asta-sekin qo‘lini bo‘shatdi.

— Mayli… agar shunday deb hisoblasang, ket.

Taehyung bir lahza unga qarab turdi, so‘ng past ovozda shivirladi:

— Kechirasan…

U sekin yurib, uydan chiqib ketdi.

Jungkook esa o‘rnidan qimirlamay turdi. Uning ko‘ngliga birinchi marta qo‘rquv oraladi