April 23, 2025

Qalbning soʻngi siri 🫀

Sera xonasining derazasi yonida o‘tirib, qo‘lidagi suratga tikildi. Hali ham tushunolmayotgan savollar ko‘p edi. O‘sha suratdagi odam... nima uchun o‘sha yerda bo‘lgan? Va u kim edi?

Telefonini oldi, suratni yana bir bor kattalashtirdi. Lekin yuz aniq ko‘rinmasdi.

Birdan eshik ohangda taqilladi.

— Sera.

Bu Taehyungning ovozi edi. Sokin, lekin talabchan.

— Ha?

— Pastga tush. Gaplashamiz.

U ich-ichidan siqildi. Baribir qarshisiga chiqishdan boshqa yo‘l yo‘q edi.

Sera zinadan tushdi. Taehyung o‘sha yerda turardi, qo‘llari cho‘ntagida, tik qarardi.

— Kim bilan uchrashding bugun?

— Sen yana shu savol bilan boshlaysanmi?

— Javob ber.

Sera bir lahza sukut saqladi. So‘ng ohangsiz dedi:

— Bir odam. Menga o‘tmishim haqida aytmoqchi bo‘lgan.

Taehyung qattiq kulimsiradi. Bu kulgi kinoyali edi.

— Demak, seni yana aldayapti kimdir. Har doim shunday.

— Bu galgi odam meni aldamadi. U menga surat ko‘rsatdi. Avariya bo‘lgan kundan.

Taehyungning yuzi bir zumda o‘zgarib ketdi.

— Nima?

— Ha, surat. Va o‘sha suratda sening ayblovingni rad etadigan narsa bor.

Taehyung bir qadam yaqinlashdi. Uning ko‘zlarida g‘azab bor edi, lekin bu g‘azab ortida shubha yashiringan.

— Suratni menga ko‘rsat.

Sera bosh chayqadi.

— Hali emas. Men hammasini tushunib yetmaguncha hech kimga bermayman.

Taehyung unga tik qaradi. So‘ng o‘girilib, sekin nariga yurdi.

— Sen faqat o‘zingni oqlashni bilasan. Lekin ba’zan odam haqiqatni bilishni xohlamaydi. Chunki u og‘riq keltiradi.

Sera uning ortidan qarab qoldi. Ich-ichidan yuragi yana siqildi.

“Men o‘zimni emas... seni ham qutqarishga harakat qilyapman, Taehyung.”

--

Sera yotoqxonasida deraza yonida turgan edi. Yuragi tinch emasdi. Taehyung bilan bo‘lgan so‘nggi suhbat uni charchatgan, lekin bir tomondan butunlay hushyor qilib qo‘ygandi.

Eshik ochildi. U hatto taqillatilmadi ham.

Taehyung.

U hech nima demadi, faqat Sera tomon yurdi. Nigohlari qattiq, nafratga to‘la edi, ammo ichida biror narsa yonib turgandek.

— Yana nima? — dedi Sera, ohangsiz.

Taehyung oldiga kelib to‘xtadi. Juda yaqin. Nafasi yuziga urildi.

— Sen meni o‘zgartiryapsan. Bu menga yoqmayapti.

— Men sendan buni so‘raganim yo‘q.

U kutilmaganda Seraning bilagidan ushladi. Uning qo‘li qattiq edi, lekin titrardi.

— O‘sha suratni ko‘rsatmaguningcha men tinchimayman, — dedi past ovozda, ammo ovozida biror boshqa narsa ham bor edi.

Sera qarshilik qilmadi.

— Yig‘lamasang, sen istagan narsangni qila olasan, shundaymi?

Taehyung ko‘zlarini yumdi, so‘ng birdan ko‘zlarini ochib, uni devorga tiradi. Ularning o‘rtasida bir necha santimetr ham yo‘q edi.

— Men seni yomon ko‘raman, Sera.

Sera uning ko‘zlariga tik qaradi.

— Shuni isbotlamoqchisanmi?

Taehyung bir zum sukutda qoldi. Nafasi og‘irlashdi. So‘ng... u lablarini Seraning lablariga bosdi.

Bu o‘pishda na mehr, na mehribonlik bor edi. Bu nafrat bilan to‘yingan, betartib, yovvoyi edi.

Sera uning yelkasidan itarmoqchi bo‘ldi, lekin qo‘llari zaif edi. Taehyung undan ajraldi, ko‘zlarida alangadek bir narsa porladi.

— Nafrat... — dedi u, — bu his, ba’zida istakdan kuchliroq bo‘ladi.

Sera yuragini bosdi.

— Bu nafrat emas... bu o‘zingdan qochish.

Taehyung indamay ortga yurdi. Eshik oldida to‘xtab, past ovozda dedi:

— Endi... ikovimiz ham bu chegaradan o‘tdik. Bu ortga qaytmaydi.

Eshik yopildi. Sera esa devorga suyangancha ko‘zlarini yumdi. Nafas olish qiyin edi. Uning ham tanasi, ham yuragi qaltirardi.