Yomgʻirda qolgan hislarim 🥀
Final nechanchi qism bilmayman
Jungkook uchun hayot o‘z ma’nosini yo‘qotgandi. Taehyungsiz kunlar zerikarli va og‘ir o‘tardi. U ko‘p ichadigan bo‘lib qolgandi, tunlari uxlay olmasdi. Yuragida doim bo‘shliq bor edi.
Oradan oylar o‘tdi, lekin Taehyungni unutolmadi. Har kuni unga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lardi, lekin ortga qaytishdan qo‘rqardi. Chunki u Taehyungni yo‘qotganini bilardi.
Oxiri Jungkook og‘riqdan qutulishning yagona yo‘lini topdi.
Taehyung uzoq o‘ylab, oxiri Jungkookning oldiga qaytishga qaror qildi. Chunki yuragi hali ham uni sevishini bilardi. U shoshilgancha Jungkook yashaydigan uyning oldiga keldi va eshikni ochdi.
Ammo ko‘rgan manzarasi uni muzlatib qo‘ydi.
Jungkook divanda yotardi. Atrofda dorilar sochilib yotardi.
— Jungkook! — Taehyung yugurib borib, uning qo‘llaridan ushladi.
Jungkookning ko‘zlari sekin ochildi. U juda zaif edi.
— Nima qilding o‘zingga?! — Taehyungning ko‘zlari yoshga to‘ldi.
Taehyung uning qo‘llarini mahkam siqdi.
— Meni tashlab ketma, iltimos!
— Sen ketganingdan keyin… yashashning ma’nosi qolmadi…
— Sen ahmoqsan! Men seni sevaman! Men sensiz yashay olmayman!
Taehyung tezda yordam chaqirdi. Jungkookni qutqarish uchun hali kech emasdi.
Bir necha kun o‘tgach, Jungkook kasalxonada uyg‘ondi. Ko‘zlarini ochganida birinchi ko‘rgan narsa… Taehyung edi.
Taehyung mayin kulimsiradi va uning qo‘lidan ushladi.
— Men endi hech qachon ketmayman.
Jungkook asta-sekin uning qo‘llarini mahkam siqdi.
Bu fojiali hikoya baxtli yakun topdi. Ular bir-birlarini yana topishdi. Va bu safar, abadiy birga qolishga va’da berishdi.
Oxirida Jungkookni oʻldirmoqchi edim mayli oʻlmasin deb shu joyida tugatdim 🦦🤣