February 28, 2025

Qalbning soʻngi siri 🫀

Haqiqiy sevgi nafratdan soʻng boshlanadi 🫀


1-BOB

Sukut. Bu uyda har doim shunday edi. Yillar davomida bu devorlar ko‘p narsalarga guvoh bo‘ldi: kulgiga, baxtga, oilaviy mehrga... Lekin endi faqat jimlik bor edi. Sovuq va og‘ir jimlik.

Y/N xona eshigini ohista yopdi va zinadan pastga tushdi. Oshxona ancha sokin, ammo u yerda kimdir borligini bilardi. Uning yuragi birdan tez urishni boshladi. Har safar u bilan to‘qnash kelganda shunday bo‘lardi.

Stol atrofida o‘tirgan Taehyung unga bir qarab qo‘ydi-da, hech narsa demay choyidan ho‘pladi. Uning ko‘zlari har doimgidek sovuq, yuzida esa befarqlik aks etardi.

— Ertalab yaxshi, — dedi Y/N sekingina, ovozi titrab chiqdi.

Taehyung javob bermadi. Shunchaki, qo‘lidagi qoshiqni idishga ohista urib, jimlikni davom ettirdi.

Y/N bilardi. U hech qachon iliq so‘z eshitmaydi. Lekin baribir har safar bir umid bilan so‘z boshlardi. Go‘yoki bir kun kelib, hammasi o‘zgarib ketadigandek...

Taehyungning og‘ir ovozi uni o‘ylaridan chalg‘itdi.

— Mendan uzoqroq yur.

Y/N beixtiyor orqaga tislandi. Ko‘zlari keng ochildi, lekin Taehyung buni sezmagandek davom etdi:

— Mendan uzoqroqda bo‘lsang, ikkimiz uchun ham yaxshiroq bo‘ladi.

So‘zlar xuddi pichoq kabi yuragini tilka-pora qildi. U biror narsa deyishni xohlagandi, lekin og‘zi ochilmadi. Taehyung esa yana hech narsa demay o‘rnidan turdi va oshxonani tark etdi.

Y/N chuqur nafas oldi. U har doim shunday edi. Sovuq, befarq va... nafratga to‘la.

Lekin bilmasdi. Aslida bu nafrat, g‘azab va sovuqlik ortida yashirin sir borligini bilmasdi. Sir, faqat Taehyungning o‘zi biladigan haqiqat...


!

Y/N oshxonada yolg‘iz qoldi. Stolga qarab, endigina tugagan nonushta izlarini ko‘rdi. Taehyung har doim shunday qilardi—jim kelib, jim ketardi. Hech qachon ortiqcha gapirmas, hech qachon ko‘zlariga tik boqmasdi.

U chuqur nafas oldi va o‘zini bardam tutishga harakat qildi. Lekin yuragi g‘ash edi.

“Mendan uzoqroq yur.”

Bu so‘zlar quloqlarida aks sado berardi. Taehyung undan nafratlanishini bilardi, lekin shunchalik ochiq-oydin aytishi... og‘ir edi.

U asta joyidan turdi va idishlarni yuvish uchun olganda, telefoniga xabar keldi. Notanish raqam.

“Bugun uchrashishimiz kerak. Bu sening o‘tmishing haqida.”

Y/Nning yuragi shuv etib ketdi. O‘tmishi haqida? Kim bo‘lishi mumkin?

Xabar oxirida manzil ham bor edi. Ko‘chadagi kichik kafelardan biri. Ich-ichidan shubha uyg‘ondi, lekin bilishi kerak edi. Bu yerda yashash unga shundoq ham qiyin edi. Agar biror narsa o‘zining aybsizligini isbotlasa... balki Taehyungning nigohidagi nafrat ham yo‘qolardi.

U sekin zinadan yuqoriga chiqdi va xonasiga kirib, kiyimlarini almashtira boshladi. Lekin yuragidagi bezovtalik tarqalmadi.


Kafe oldiga kelganda, u atrofga alangladi. Ichkariga kirib, xona chetidagi bo‘sh joyga o‘tirdi.

Biroz vaqt o‘tib, qarshisiga qora ko‘zoynak taqqan, uzun palto kiygan erkak o‘tirdi.

— Sen Y/Nsan, to‘g‘rimi? — dedi u sokin ovozda.

Y/N sekin bosh irg‘adi.

— Sen meni taniysanmi?

— Yo‘q... Lekin siz kim va menga nega yozdingiz?

Erkak kulimsiradi. Ko‘zoynagini tushirib, unga tik qaradi.

— Hali ham hech narsani tushunmabsan, shundaymi?

— Nima haqida gapiryapsiz?

Erkak stol ustiga bir nechta surat qo‘ydi. Y/N ularni ko‘rib, yuragi yana bir bor g‘ash tortdi. Bu suratlar... unga tanish edi.

— Bu... mening ota-onamning mashinasi. Bu avariya kuni tushirilgan suratlar...

— Ha, — dedi erkak xotirjamlik bilan. — Ammo, bu rasmda yana kim borligini ko‘r.

Y/N suratni qo‘liga olib, diqqat bilan qaradi. Ko‘zlari keng ochildi.

— Bu... bu imkonsiz...

Suratning bir burchagida notanish odam ko‘rinib turardi. O‘sha mashina yonida. O‘sha kun. O‘sha fojea...

Kim edi u? Va nega bu yillar davomida buni hech kim bilmagan?..


Bu paytda esa Taehyung uyda o‘tirib, o‘z fikrlari bilan ovora edi.

Y/N bilan bo‘lgan suhbatidan keyin, yuragida qandaydir noxush tuyg‘u paydo bo‘lgandi. Lekin uni yo‘qotishga harakat qildi. Uning hayotida faqat nafrat bor edi.

Lekin yuragining bir chekkasi shivirlardi:

“Agar u aybdor bo‘lmasa-chi?”

U tezda bosh chayqadi. Bu mumkin emas. O‘sha kuni hamma narsa aniq edi.

Lekin negadir, yuragidagi noxush tuyg‘u yo‘qolmasdi.