August 22, 2022

“Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Sir emaski, joriy yilning 15-avgust kunidan 15-sentyabr kuniga qadar barcha adliya organlarida “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Ushbu aksiya doirasida adliya xodimlari tomonidan joylarda uchrashuvlar o'tkazilib, aholi va tadbirkorlarga mulk huquqlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilishi bilan birga sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar bo'yicha targ‘ibot tadbirlari amlaga oshirilib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 20-avgust kuni Kogon shahar hokimligi binosida shahar xotin-qizlar faollari uchun tashkil etildi.

Tadbirda shahar adliya bo'limi mas'ul xodimi Nodir Hoshimov tomonidan ishtirokchilarga aksiyani o‘tkazishdan maqsad va unda belgilangan vazifalar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. Shuningdek tadbir davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, odam savdosiga qarshi kurashish, majburiy mehnat, xususan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ham ma'ruza qilindi.

Tadbir yakunida adliya xodimlari ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga tegishli javoblar berilib, sohaga oid flayer va bukletlar tarqatildi.

Nodir Hoshimov, Kogon shahar adliya bo'limi bosh maslahatchisi