Amudaryo tumani Adliya bo'limi tomonidan huquqiy targ'ibot kuni o'tkazildi.
Joriy yilning 5-dekabr kuni Amudaryo tuman adliya bo'limi boshlig'i M.Sadikov, YXKM boshlig'i, bosh yuriskonsultlari Sh.Vaisniyazov, A.Tojiboyev, B.Odilovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida Amudaryo tumanining “Do'stlik'” MFYda joylashgan 2-sonli kasb-hunar maktabi xodimlariga va o'quvchi yoshlariga ham targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Targ'ibot tadbiri Amudaryo tumani Adliya bo'limi xodimlari, 2-sonli kasb-hunar maktabi o'qituvchi va o'quvchilari ishtirokida bo'lib o'tdi. Tadbirda "O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun", "Biz korrupsiyaga qarshimiz, korrupsiyani birgalikda yengamiz" mavzulari haqida davra suhbatlari tashkil qilindi va o'qituvchi va o'quvchi yoshlarning qiziqtirgan savollari javoblar berildi. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Saylov to‘g‘risidagi qonuni,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ''Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida'' 16.04.2024 yildagi 204-son qarori, 26.06.2019-yildagi O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi,O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Nogironligi bo`lgan shaxslarning xuquqlarini himoya qilish” doirasida O`zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo`lgan shaxslarning xuquqlari to`g`risida”gi O`RQ-641 qonuni mazmun mohiyati haqida, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 11-sentabrdagi 445-son qonuni, Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida qonuni,Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 204-son “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, 28.07.2023 yildagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi PF-119-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” gi farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan yigʻilish ishtirokchilariga huquqiy tushuntirishlar berilib,ularga qonunchilikda qanday qulayliklar, imtiyozlar borligi haqida tushuntirishlar berildi.
Bu kabi targ'ibot tadbirlari tuman Adliya bo'limi tomonidan muntazam o'tkazilib kelinmoqda.