November 25, 2025

Huquqiy targ'ibot o'tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi boshlig‘i P.Kojametov va Amudaryo tumani Adliya bo'limi boshlig'i M.Sadikovlar joriy yil 21-noyabr kuni davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda vujudga kelayotgan tizimli muammolarni o‘rganish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan amaliy jihatdan ishlash hamda mavjud muammolarni yechishga yordam berish maqsadida Amudaryo tumani adliya bo'limi binosida tumanda faoliyat ko'rsatuvchi advokatlar va fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.