November 18, 2025

“HUQUQNI BILISh-TARAQQIYOT KALITI!” mavzusida huquqiy targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda...

Joriy yilning 14-noyabr kuni Amudaryo tuman adliya bo'limi boshlig'i M.Sadikov tomonidan tumandagi MMTB ga qarashli A.Navoiy mahallasida joylashgan 32-son umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-a sinflarning 27 nafar o'quvchi yoshlari bilan manzilli targ'ibot ishlari amalga oshirilib, “HUQUQNI BILISh-TARAQQIYOT KALITI!” mavzusida huquqiy dars soati o‘tkazildi.

Dars soati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunini mazmun-mohiyati, yoshlar siyosatiga doir olib borilayotgan ishlar, yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar, o‘tkazilayotgan islohatlarning mazmun-mohiyati, yoshlarni ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, hayotda munosib o‘rnini topishlariga motivatsiya berish hamda vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish kabi mavzular tushuntirib berildi va targ‘ib qilindi.

Tadbir davomida o‘quvchi- yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, bugungi globallashuv jarayonida ularni turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari ta’siriga tushib qolishidan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish masalalarida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, maktablarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlanib, qonunchilikda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar borasida tushuntirishlar berib o'tildi.