Mukammal sayt yaratish uchun nimalarni bilish kerak?
Aslida mukammal sayt uchun bir nechta mutaxassis jalb qilinishi maqsadga muvofiqdir. Masalan veb dizayner, (Hozirda UI/UX dizayner deb ham ataladi). Dasturchi, SYeO mutaxassisi va boshqalar. Chunki sayt tayyorlash bu murakkab jarayondir. Ular quyidagilarni o'z ichiga oladi.
Dizayn yaratish
Hozirda dizayn yo'nalishi ham juda ko'p qismlarga bo'lingan. Veb dizayner, Banner dizaynerlari, Logotip dizayneri, naqsh va emblema dizaynerlari va hokazo. Bularni hammasini chuqur bilish shart emas.
Asosiysi, Adobe Photoshop dasturini bilish kerak, chuqur bilmasa ham oddiy dizaynlar yoki interfeyslar chiza olishingiz kerak, Bundan tashqari, Adobe Fireworks dasturi ham interfeyslar chizish uchun juda qulay. Men o'zim har doim Fireworks ishlataman, Ammo mayda elementlar yoki logotiplar uchun effektlar qilishda Photoshop ishlataman. Xullas bu ikki dasturni o'rganing.
Agar qo'shimcha qilib, Corel Drawd asturini o'rgansangiz, bu ham albatta foydali.
Unutmang: har narsani organar ekansiz, avvaldan qiziqish bilan zavq bilan Organing Oʻzingizni majburlab emas.
HTML CSS (verstka)
Sayt yoki wyeb dasturning dizayni tayyor bo'lgach uni browserda ko'rinishi uchun html va css kodlari orqali ko'rsatish kerak. Xullas agar siz html chss nima ekanligini bilmasangiz internetda bu haqda darsliklar juda kop. HTML / SCC ni bilmagan dasturchi bo'lmasa kerak deb o'ylayman. Siz bunga alohida etibor bering.
Dasturlash tillari va malumotlar bazasi Hozirda dasturlash tillari ham ko'p, Eng mashxurlari, PHP, ASP, Python. Lekin juda ko'p saytlar PHP tilida qilingan.php haqida juda ko'p darsliklar bor. Keyin, Ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni o'rganing, Asosan: Mysql va PostgreSQL malumotlar bazasida ishlashni o'rganing. Chunki saytdagi asosiy matnlar bazada saqlanadi.
Browser dasturlash tili - JavaScript . JavaScript tilini o'rganish ham muhim, Ammo buning o'zi bilan siz biror dastur qilaman desangiz juda ko'p vaqt ketadi, JavaScript uchun tayyor frameworklar bor.
Framework - bu oddiy qilib aytganda avvaldan qilingan tayyor mayda dasturlar yoki effektlar. JQuery, Mootools nomli frameworklarni o'rgansangiz bu sizni ishingizni yanada osonlashtiradi.
CMS-Tayyor boshqaruv tizimlari.
CMS bu tayyor qilingan sayt, Dasturlash va dizaynni bilmaydigan odam ham CMS yordamida chiroyli saytlar qilishi mumkin.
Kod va dizaynlari ham tayyor qilingan bo'ladi. Siz uni faqat internetga joylash va ichini to'ldirishingiz kerak xoloc. mashxur CMS dasturlari bu Joomla, WordPress, Drupal, hisoblanadi. Bundan tashqari PHP Framework dasturlari ham bor. Framework bu tayyor yozilgan kodlar. Masalan malumotlarni bazadan olish va uni ko'rsatish uchun PHP dasturinida bir necha qator kod yozish kerak, bu kod yozishda ham ancha bosh qotirasiz. Framework esa hamma kodlarni tayyor yozib qo'ygan, siz ularni bir biriga ulaysiz xolos.
Unutmang, Ayval dastulashni o'rganmay turib darhol CMS va Framework bilan Tanlash qiyin. Hatto tushunolmay qolishingiz mumkin. Hosting va Domen Hosting bu saytingizni internetda saqlaydigan server, Domen esa sayt nomi. Saytni internetga joylash, va hostingni moslash kabi bilimlarni o'rganish kerak.Saytni e'lon qilish, qidiruv tizimlari bilan hamkorlik Bu eng oxirgi qadam. Buni SYO (Search engine Optimization) deb ham aytiladi. Siz qilgan saytingiz yoki proyektingizni odamlar bilishlari uchun uni elon qilish kerak. Qidiruv saytlari: google, yandex, mail.ru orqali qidirganda sizni saytingiz ham ko'rinishi kerak. Buni bajarish uchun saytni turli kataloglarga qo'shish kerak, Google yoki yandex qidiruv tizimiga kiritish kerak. Xullas, yuqoridagi bilimlar bu Sayt mutaxassislari (Wyeb-master) uchun kerak bo'lgan umumiy bilimlardir. Agar siz dasturlash yoki saytlar tuzish bilan shug'ullanadigan biror korxona rahbari bo'lsangiz, u holda yuqorida sanalgan bilimlarni bilishingiz lozim. Lekin hammasini professional darajada bilish shart emas. Hech bo'lmaganda, qaysi dastur qachon kerak boʻlishi va qanday ishlashi haqida umumiy tushunchaga ega boʻlish kerak.