@bestcoders_uz
4 posts

Dasturchi uchun ingliz tili nega kerak ?

📌 Dasturlash to'liq ingliz tilida . Bugungi kunda har qaysi zamonaviy dasturlash tiliga e'tibor bersangiz, uning asosida ingliz tili borligini ko'rasiz. Barcha kodlar ingliz tilida, atamalar ingliz tilidan olingan, dasturlashda yordam beruvchi har qanday ma'lumotlarning eng mukammali ingliz tilida yozilgan Siz qaysidir dasturlash tilida birinchi o'ringa chiqishni istasangiz-professionalikka intilsangiz albatta ingliz tilini o'rganishingiz shart.

Dasturchilikda frontend va backend farqi

Avvalo “frontend” va “backend” so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o’zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz.

Autentifikatsiya va Avtorizatsiya tushunchalari

Bugun o'tgan maqolalarimdan yuzasidan berilgan ba'zi savollar va ko'pchilik chalkashtiradigan ikkita mavzuni kengroq talqinda tushuntirishga harakat qilaman. Ikkala atamalar ham xavfsizlik va tizimga kirish vaqatida bir-biri bilan hamohang ishlatiladi. Ikkala atama ham Internet bilan xizmat ko'rsatish infratuzilmasining asosiy bo'laklari sifatida bog'langan juda muhim mavzular. Biroq, bu ikkita atama mutlaqo boshqacha tushunchalar bilan bir-biridan farq qiladi. Endi ushbu atamalar nima ekanligini tushunishga harakat qilib ko'raylik. Bu ikki atama autentifikatsiya va avtorizatsiya deb nomlanadi. Autentifikatsiya sizning shaxsingizni tasdiqlashni anglatadi, avtorizatsiya tizimga kirish huquqini anglatadi. Oddiyroq qilib aytganda...

Mukammal sayt yaratish uchun nimalarni bilish kerak?

Aslida mukammal sayt uchun bir nechta mutaxassis jalb qilinishi maqsadga muvofiqdir. Masalan veb dizayner, (Hozirda UI/UX dizayner deb ham ataladi). Dasturchi, SYeO mutaxassisi va boshqalar. Chunki sayt tayyorlash bu murakkab jarayondir. Ular quyidagilarni o'z ichiga oladi.