Dasturchi uchun ingliz tili nega kerak ?
📌 Dasturlash to'liq ingliz tilida .
Bugungi kunda har qaysi zamonaviy dasturlash tiliga e'tibor bersangiz, uning asosida ingliz tili borligini ko'rasiz. Barcha kodlar ingliz tilida, atamalar ingliz tilidan olingan, dasturlashda yordam beruvchi har qanday ma'lumotlarning eng mukammali ingliz tilida yozilgan Siz qaysidir dasturlash tilida birinchi o'ringa chiqishni istasangiz-professionalikka intilsangiz albatta ingliz tilini o'rganishingiz shart.
📌Muloqot doirangiz kengayadi.
Dasturlashning katta qismi savollarga javob topish bilan bog'liq. Faqat o'zbek tilini bilsangiz, savolingizni faqat o'zbeklardan so'rashingiz mumkin. Rus tilini ham bilsangiz, muloqot doirangiz biroz kengayishi mumkin. Ammo ingliz tilini yaxshi bilsangiz, butun dunyo dasturchilari bilan fikr almashish, ulardan yordam olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bu esa
savollaringizga javob topish, Jumboqlaringizning yechimini optimal hal
qilishingizda yordam beradi.
📌Zamon bilan hamnafas bo'lasiz.
Har qaysi dasturlash tili, yoki dasturga aloqador mukammal yo'riqnoma albatta birinchi bo'lib ingliz tilida chop etiladi. Uni ma'lum bir vaqtdan so'ng boshga tillarga tarjima qilishlari mumkin ammo eng birinchi chiqadigantez-tez yangilanadigarva eng ishonchli manbaa
faqat ingliz tilida bo'lib qoladi. Bu tilni mukammal o'rgansangiz, oqiganingizni tushuna olish darajasida egallasangiz, taqdim etilgan eng yangi yo'riqnomalarni, maqola va yangiliklarni birinchilardan bo'lib o'qish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Ingliz tilini bilgan dasturchilar tarjimonlarni kutib yashamaydi.
📌Dasturchi uchun ingliz tili.
Sizga bu til dasturlash uchun kerak. Shunday ekan, tilning faqat dasturchilar uchun kerakli tomonlarini o'rgansangiz kifoya. ESP (English for Specífic Purposes) yordamida aynan dasturlashga
yo'naltirilgan, dasturchilar uchun moljallangan ingliz tilini tez va osonlik bilan o'rganib olishingiz mumkin. Shifokorlar uchun, iqtisodchilar uchun, huquqshunoslar uchun alohida ingliz tili metodotogiyasi bo'lgani kabi, dasturchilar uchun ingliz tilint orgatishning alohida usullari mavjud. 0'zingizga eng kerakli kurs bilan tilni oson egallashingtz mumkin.
📌 Xorijda ishlash imkoniyati .
Hindistonliklar ikkinchi tili ingliz tili bo'lganligi sababli aynan dasturlash sohasida dunyo bo'ylab xorijda eng ko'p ishlayotgan xalq hisoblanishadi. Ularni ingliz tilidagi bilimlari xorijga olib chiqga olgan. Juda zo'r dasturchi bo'lsangiz-u ingliz tilini bilmasangiz, xorijda ishlash imkoniyatlaringiz yarmidan ko'piga kamayadi. Ingliz tilida yaxshi muloqot qila olgan boshlovchi dasturchilar esa aksincha - kam tajribasi bilan ham xorijda ish topish imkoniyatini ko'proq qo'lga kiritishi mumkin
Tilni o'rganish qiyinchiliklari sizni to'xtatib qolmasin. Dasturlash kasbini tanlagan ekansiz, ingliz tilini o'rganish uchun alohida vaqt ajrating. Tilni aynan dasturlash uchun maxsus o'rganish haqida ham o'ylab ko'ring
Best Coders Kelajak uchun muvaffaqiyatli qadamlar .