Jannatga yo‘lni qanday topish mumkin?
Va’da qilingan Jannat qayerda bo‘ladi?
21-surada, «Anbiyo» («Payg‘ambarlar»), 105-oyatda shunday deyiladi:
«Darhaqiqat, Tavrot (Zabur)dan keyin, eslatma (zikr)da: “Yerga Mening solih bandalarim voris bo‘lurlar”, deb yozib qo‘yganmiz».
39-surani, «Zumar» («Guruh-guruh»), 73 va 74-oyatlari bilan solishtiring.
Ha, bundan asrlar avval Zabur 37:29 da ham va’da qilingan Jannat yerda bo‘lishi aytilgan: «Odil kishilar yer yuziga egalik qiladi, ular yerda abadiy yashaydi».
JANNAT HAYOTI
Bundan tashqari, Muqaddas Kitobda Jannatda hayot qanday bo‘lishi haqida ham aytilgan.
• Odamlar va hayvonlar tinch-totuv yashaydilar:
«Bo‘ri qo‘zi bilan tinch-totuv yashaydi, uloq qoplon bilan yotadi. Buzoq, sher va bo‘rdoqi mol birga yuradi. Ularni yosh bola yetaklaydi» (Ishayo 11:6).
«Bo‘ri bilan qo‘zi birga o‘tlaydi, sher ho‘kiz kabi somon yeydi, ilonning yemishi tuproq bo‘ladi. Butun muqaddas tog‘imda ular hech kimga zarar ham, ziyon ham yetkazmaydi»,— demoqda Yahova» (Ishayo 65:25).
• Endi urush va zo‘ravonlik bo‘lmaydi:
«U xalqlar orasida hakam bo‘lib, ko‘plab xalqlarga oid masalalarni hal qiladi. Ular qilichlarini omochga, nayzalarini o‘roqga aylantiradi. Xalq xalqga qarshi qilich ko‘tarmaydi, ular jang qilishni boshqa o‘rganmaydi» (Ishayo 2:4)
«U yer yuzi bo‘ylab janglarga barham beradi. Kamonlarni sindirib, nayzalarni parchalab tashlaydi. Jang aravalarini olovda yondirib yuboradi» (Zabur 46:9).
• Butun insoniyat sevgi bilan birlashadi:
«Sevmaydigan kishi Xudoni tanimagan, chunki Allohning O‘zi sevgidir» (1 Yuhanno 4:8).
• Hamma uchun mo‘l-ko‘l oziq-ovqat va yaxshi uylar bo‘ladi:
«Ular uylar qurib, bu uylarda yashaydi... Ular qurgan uylarda o‘zgalar yashamaydi...» (Ishayo 65:21, 22).
«Zamin o‘z hosilini beradi, Xudo, bizning Xudoyimiz bizni barakali qiladi» (Zabur 67:6)
«Sen qo‘lingni ochib,Har bir tirik jonning istagini qondirasan» (Zabur 145:16).
• Kasallik va o‘lim bo‘lmaydi:
«O‘shanda Xudo ularning ko‘zidagi har qanday yoshni artib oladi. O‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi. Zero avvalgilar o‘tib ketdi» (Vahiy 21:4).
• O‘liklar tiriladi:
«Bunga taajjublanmanglar, chunki shunday vaqt kelyaptiki, mozorlarda bo‘lgan hamma uning ovozini eshitib chiqadi» (Yuhanno 5:28, 29).
Muqaddas Kitob o‘zgartirilmaganmi?
Qodir Tangri bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymas edi.
Qur’onda shunday deyiladi: «Allohning so‘zlarini o‘zgartiruvchi yo‘q!» (6-sura, «An’om» [«Chorva»], 34-oyat).
Muqaddas Kitobda ham xuddi shu narsa aytilgan: «Maysa quriydi, gul so‘liydi, Xudoyimizning kalomi esa abadiy qoladi» (Ishayo 40:8).
Ba’zilar Xudoning Kalomini o‘zgartirishga harakat qilishgan, lekin buning uddasidan chiqa olishmagan. Masalan, 1 Yuhanno 5:7 ga quyidagi so‘zlar qo‘shib qo‘yilgan edi:
«Osmonda — Ota, Kalom va Muqaddas Ruh, va Ular uchovlari birdir».
Bu so‘zlar Muqaddas Kitobning qadimiy qo‘lyozmalarida uchramaydi. Ular keyinchalik uch Xudodan iborat noto‘g‘ri ta’limotni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shilgan. Biroq olimlar bu so‘zlar soxta ekanini biladilar va zamonaviy Muqaddas Kitob tarjimalarida ular chiqarib tashlangan.
Bugungi kunda muzeylarda Qur’ondan 400–500 yil avval yozilgan ko‘plab Muqaddas Kitob qo‘lyozmalari saqlanmoqda. Hozirgi Muqaddas Kitob matni qadimda Xudo ilhomlantirgan holda yozilgan matndan farq qilmasligini ko‘rish mumkin.
10-sura, «Yunus» («Yunus»), 94-oyat bilan solishtiring: «Agar senga nozil qilgan narsamiz borasida shubhang bo‘lsa, sendan oldin Kitobni o‘qiyotganlardan so‘ra».
MUQADDAS KITOB HAQIDA NIMA BILISHIMIZ KERAK?
• Xudo yagona, haqiqiy va Qodir Tangridir, Unga teng keladigani yo‘q
«Tinglang, ey Isroil xalqi: Allohimiz Yahova — tanho Yahovadir» (Qonun 6:4).
«Isroil shohi va Xaloskori Yahova,Qo‘shinlar Sarvari Yahova shunday demoqda: “Birinchisi ham, oxirgisi ham Menman. Mendan boshqa Xudo yo‘q» (Ishayo 44:6).
• Xudo ayolga uylanib, farzand ko‘rgan deb o‘ylash mantiqsizlikdir
«Men butun vujudim bilan: «Ey Yahova, Senga o‘xshashi bormi? Sen bechorani kuchlilardan qutqarasan, nochor va kambag‘alni o‘g‘rilardan xalos etasan»,— deb aytaman» (Zabur 35:10).
«Tong yulduzlari birgalikda quvonchdan hayqirganda,Tangrining jamiki o‘g‘illari hayqirib olqish aytganda, sen qayerda eding?» (Ayub 38:7)
«Xenan Eno‘shning, Eno‘sh Shisning, Shis Odamatoning, Odamato Xudoning o‘g‘li edi» (Luqo 3:38).
«So‘ng Xudovand Yahova yerning tuprog‘idan odamni yaratib, burniga hayot nafasini pufladi va odam tirik jon bo‘ldi» (Ibtido 2:7).
• Muqaddas Kitob har qanday but yoki inson oldida sajda qilishni qattiq qoralaydi. Ibodat faqat Xudogagina qaratilishi kerak
«Iso esa: «Yo‘qol ko‘zimdan, Shayton! Chunki Muqaddas Yozuvlarda: “Allohing Yahovaga sajda qil, birgina Unga muqaddas xizmatni ado et”,— deb aytilgan»,— dedi» (Matto 4:10).
«O‘zingiz uchun foydasiz xudolarni yasamanglar, yurtingizda sajda qilish uchun o‘yma tasvir, muqaddas tosh yoki toshdan yasalgan shakl o‘rnatmanglar. Men Tangringiz Yahovaman» (Levilar 26:1)
«Ularning butlari kumush va oltindan yasalgan, odam qo‘llarining mahsulidir. Butlarining og‘izlari bor-u, ammo gapira olmaydi, ko‘zlari bor-u, ammo ko‘ra olmaydi. Quloqlari bor-u, lekin eshita olmaydi, burunlari bor-u, lekin hidlay olmaydi. Qo‘llari bor-u, biroq ushlay olmaydi, oyoqlari bor-u, biroq yura olmaydi, bo‘g‘izlaridan hech qanday tovush chiqmaydi. Butlarni yasaganlar, ularga umid bog‘laganlar ularga o‘xshab qoladi» (Zabur 115:4–8).
• Xudo — butun insoniyatning Tangrisi, va Uning Kalomi erkaklar ham, ayollar ham o‘qib o‘rganishi uchun yozilgan
«Sening zurriyoting orqali yer yuzidagi barcha xalqlar baraka topadi, chunki sen Mening aytganlarimga quloq solding» (Ibtido 22:18).
«Chunki U har turli odamlar haqiqat to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lib, najot topishlarini istaydi» (1 Timo‘tiy 2:4).
«Xullasi kalom, har biringiz o‘z xotiningizni o‘zingizni sevganday seving. Xotin esa erini chuqur hurmat qilsin» (Efesliklar 5:33).
• Xudoning va’da qilgan Jannatiga kirish bizning kelib chiqishimiz yoki ota-onamiz qanday dinga e’tiqod qilganiga bog‘liq emas
«Butrus shunday deb so‘z boshladi: «Endi tushundim, Xudo yuzxotirchilik qilmas ekan. Ammo Undan qo‘rqib, to‘g‘ri yo‘l tutgan har bir kishini U millatiga qaramay qabul qilarkan» (Havoriylar 10:34, 35).
«Shundan keyin qaradim-u, har bir millatdan, qabiladan, xalqdan va tildan bo‘lgan, hech kim sanay olmaydigan ulkan olomonni ko‘rdim. Ular uzun oq kiyimda, qo‘llarida palma novdalarini ushlab, taxt va Qo‘zining qarshisida turishardi. Ular baland ovozda shunday deya xitob qilishardi: «Najotimiz uchun taxtda o‘tirgan Xudoyimizdan hamda Qo‘zidan qarzdormiz» (Vahiy 7:9, 10).
• Muqaddas Kitob tafakkur qilishni rag‘batlantiradi va johillikka qarshi turadi
«Agar zakovat tilab nola qilsang, aql-idrok so‘rab hayqirsang, uni kumush izlaganday izlab, yashirin xazinaday qidirsang, Yahovadan qo‘rqish nimaligini tushunib, Xudo haqida bilimga ega bo‘lasan. Zero, donolikni Yahova beradi, bilim va idrok Uning og‘zidan chiqadi» (Hikmatlar 2:3–6).
«Ey Yahova, qoidalaringga rioya etishni menga o‘rgat, Umrimning oxirigacha ularga amal qilaman. Menga fahm-idrok ber, Toki qonuningni bajaray, Butun qalbim bilan unga amal qilay» (Zabur 119:33, 34).
BIZ XUDONING JANNATI ARAFASIDA TURIBMIZ — BUNGA QANDAY ISBOT BOR?
Kelajakni faqat Tangrimiz biladi, va U O‘z Kalomida Jannat yaqinlashayotganini ko‘rsatadigan ba’zi voqealarni oldindan bashorat qilgan. Quyidagilar shular jumlasidandir:
• Urushlar, zilzilalar, epidemiyalar va ocharchilik
«Iso ularga shularni ham aytdi: «Xalq xalqga qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko‘tariladi. Kuchli zilzilalar yuz beradi, bir joyda, keyin boshqa joyda oziq-ovqat yetishmovchiligi hamda o‘latlar bo‘ladi. Shuningdek, odamlar qo‘rqinchli narsalarni va osmondan tushgan alomatlarni ko‘rishadi» (Luqo 21:10, 11).
• Nohaqlik va qonunsizlikning ko‘payishi
«Qonunsizlik ko‘payishi tufayli, ko‘pchilikning sevgisi soviydi» (Matto 24:12).
• O‘zini o‘ylash, ota-onaga itoatsizlik, diniy riyo
«Ammo shuni bilginki, oxirzamonda nihoyatda og‘ir vaqtlar keladi. Sababi, o‘sha paytda odamlar o‘zini sevadigan, pulparast, maqtanchoq, kekkaygan, kufr so‘zlarini aytuvchi, ota-onaga itoatsiz, noshukur, sadoqatsiz, mehrsiz, murosasiz, tuhmatchi, o‘zini tuta bilmaydigan, shafqatsiz, yaxshilikdan nafratlanadigan, sotqin, o‘zboshimcha, mag‘rur, Allohni emas, aysh-ishratni sevadigan bo‘ladilar. O‘zlarini xudojo‘y qilib ko‘rsatishadi-yu, amalda esa bunga rioya qilishmaydi. Bundaylardan qoch» (2 Timo‘tiy 3:1–5).
Siz bugungi kunda ushbu bashoratlarning amalga oshayotganini ko‘ryapsizmi?
XUDONING JANNATIDA YASHASHNI ISTASAK, NIMA QILISHIMIZ KERAK?
Biz Xudoning Kalomini o‘rganishimiz kerak, chunki bu bilim yashirin xazinalarga qiyoslangan
«Uni kumush izlaganday izlab,Yashirin xazinaday qidirsang, Yahovadan qo‘rqish nimaligini tushunib, Xudo haqida bilimga ega bo‘lasan» (Hikmatlar 2:4).
Bundan tashqari, biz o‘rganayotgan narsalarimizni hayotimizda qo‘llashimiz lozim, chunki Yaratuvchi shunday deb buyuradi:
«Mana yo‘l, shu yo‘ldan yuring» (Ishayo 30:21).
Batafsil ma’lumotni “Hayotdan toabad zavqlaning!” bepul interaktiv kursidan olishingiz mumkin.
Muqaddas Kitob tadqiqlari sizning sharoitingizga moslashtirilgan. Ular siz uchun qulay vaqtda va qulay shaklda (shaxsan yoki video havola orqali) amalga oshiriladi.
Bitta dars 10 daqiqadan bir soatgacha yoki undan ko'proq davom etishi mumkin (sizning xohishingizga qarab). Trening oxirida imtihonlar yoki majburiyatlar yo'q. Qo'llanma 60 ta darsni o'z ichiga oladi va siz o'zingizni qiziqtirgan mavzuni tanlashingiz mumkin.
Ushbu qiziqarli, interaktiv kurs sizga hayotdan to'liq zavqlanish uchun Muqaddas Kitobdagi donolikni qanday qo'llashni o'rganishga yordam beradi!