March 5, 2020

Elementary OS ni Windows 10/8/7/Xp bilan Dual Boot qilib o‘rnatish

Assalomu alaykum azizlar sizlar bilan Elementary OS bilan Windows 10/8/7/Xp bilan dual boot qilib o‘rnatishni o‘rganamiz. Men pastda Rus va ingliz tilidagi darslikni ham ilova qilaman. Chunki video olganimda sifatli qilib ola olmadim.

  1. Rus tilida Video dars
  2. Ingliz tilida matnli dars va video dars
  3. Uzbek tilida matnli dars va video dars

Bizga kerak bo‘ladigan vositalar:

1.     Dual Core 64 bit lik protsessorli kompyuter

2.     RAM (4 GB dan kam bo‘lamagan)

3.     Biroz internet (1.6 GB dan kam bo‘lmagan)

4.     Biroz bo‘sh joy (15 GB dan kam bo‘lmagan)

5.     Flesh hotira (4 GB dan kam bo‘lmagan)

6.     Sabr ( 1 – 2 soat)

Demak boshladik….

1-    Qadam: Kerakli dasturni va Elementary OS ni iso obrozini yuklab olish

Biz Elementary Operatsion tizimini oxirgi versiyasini yuklab olishimiz kerak. Buning uchun Elementary.io saytiga kiramiz sayt to‘liq ochishini kutamiz so‘ngra

Bu Linux distributive yaratuvchilari o‘zining maxsuloti uchun ko‘ngillaringizdan chiqganini berishingizni so‘rashadi. Agar sizning ko‘ngilgizdan chiqgan summani berishingiz mumkin. Agar sizda hozir pul yo‘q bo‘lsa Boshqa summa degan joyiga 00 ni yozsangiz:

E’tibor bergan bo‘lsangiz Download Elementary OS deganga o‘zgardi. Shuni bosamiz va yangi oynadan Downloadni tanlaymiz.

Elementary Os ni yuklab olguncha biz Rufus dasturini yuklab olamiz. Buning uchun Refus.ie saytiga kiramiz u saytdan :

Rufus 3.9 (1.1 Mb) ni bosamiz va Rufusni yuklashni boshlaydi. Biroz kutasiz sababi internetdan Elementary OS ni va Rufusni yuklashi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.

2-    Qadam: Yuklanuvchi flesh xotira yasab olish:

Endi yuklanuvchi flesh xotira yasash uchun Flesh xotiramizni kompyuterga ulaymiz va Rufus dasturini ochamiz.

Endi ВЫБРАТ bosamiz va Elementary OS ni yuklab olgan papkamizdan iso faylni tanlaymiz va Открыть tugamasini bosamiz.

Endi Файловая система bandidagi Fat32 ni NTFS ga o‘zgartiramiz.

 

Hammasini to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz СТАРТ tugmasini bosamiz. Va chiqgan oynadan :

ДА tugmasini bosamiz e’tibor bering bu payt kompyuter internetga ulangan holatda bo‘lishi kerak va u ldlinux.sys va ldlinux.bss faylni internetdan yuklab olishi kerak.

Bu yerda ham OK tugmasini bosamiz.

Va bu yerda ham OK tugmasini bosamiz va biroz kutamiz chunki Elementary OS ni flesh xotiraga yozish ancha vaqt oladi.

2 – qadam ham tugadi.

3-    Qadam: Elementary OS uchun disk yaratib olish:

Buning uchun Пуск menyusiga kiramiz va Мой Компьютер ning ustida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi:

Управление bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynadan Управление дисками bandi tanlanadi:

Kamida 15-20 Gb joy bosh joyli diskni tanlaymiz(lekin C: diskni tanlamasligingizni maslahat beraman) sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va ochilgan oynadan Сжат том… ni tanlaymiz.

 

Hosil bo‘lgan oynaning:

Qismiga eng kamida 20 -50 GB + RAM ni hisoblab Mb larda yozamiz. Men 102400 deb yozaman. Siz o‘zingizdan kelib chiqib yozing. Masalan sizning RAM 4 GB bo‘lsa 24-54 GB qilib,uni 1024 ga ko‘paytiramiz va yozamiz. So‘ngra Сжать tugmasini bosamiz.

Ko‘rinshida paydo bo‘ladi. Xammasi yaxshi bo‘lsa demak davom etamiz.

4-    Qadam: Elementary OS ni o‘rnatish:

Yuqoridagi 3 qadamni uddalay olgan bo‘lsangiz. Davom etamiz.

Agar sizni kompyuteringiz Sony bo’masa kompyuterni yoqish tugmasini bosiboq F2 tugmasini bosamiz va Bios ga kiramiz. O‘ng tominga o‘tib boot degan menyusiga kiramiz.

U yerdan USB HDD ga tushamiz. Meni misolimda mening fleshkam 5-da USB HDD : deb flesh xotiramni nomini yozib turibdi endi uni 1-ga ko‘tarishim kerak buning uchun men F6 tugmasi bosib ko‘taman. Sizniki F5 va F6 ishlamasa balkim sizda +(plus) yoki - (minus) belgili tugmada bo‘lishi mumkin.

1-ga ko‘tarib olib F10 tugamsini bosamiz. Va YES da turgan payti enter tugmasini bosamiz:

Agar sizning kompyuter Sony Vaio bo‘lsa Assist tugmasini bosamiz va u yerdan USB Носитель ni tanlaysiz.

5 soniya kutamiz.

Shu belgi chiqadi bu belgi Elementary OS ni belgisi hisoblanadi.

Linux Operatsion tizimlarining hammasi diskga o‘rnatmasdan ishlatib ko‘rishni taklif qiladi. Buning uchun Try elementary ni tanlashimiz kerak. Biz o‘rnatmoqchimiz shuning uchun Install elementary ni tanlaymiz.

Klaviatura tuirini tanlaymiz. Va Continue ni bosamiz.

Xozir menda internet yo‘qligi uchun (Agar sizda internet bo‘lsa uni ulaysiz va) Continue ni bosamiz.

Install ….. ga bayroqchani o‘rnatamiz va Continue ni bosamiz. Va keying oynadan Something else ni tanlaymiz va Continue ni bosamiz:

 

Keyingi oynada free space ni tanlaymiz va + (plus) belgisini bosamiz.

Size ga sizning RAM qancha bo‘lsa shuni Mblarda yozasiz. Mening Pc ning RAM 8 GB bo‘lagani uchun 8200 ni yozdim va Use as Swap area ni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Yana free space ni tanlaymiz va + (plus) ni bosamiz.

Size ga tegmaymiz va Mount point ni / (drop) ni tanlaymiz va Ok tugmasini bosamiz.

Install Now ni bosamiz.

Bu yerda ham Continue ni bosamiz.

Bu yerga biz qayerda bo‘lsa shuni yozamiz va bu bizga avtomatik soatni va taqvimni o‘rnatib beradi. Uzbekistan Time ni yozamizva Continue ni bosamiz.

Keying oynani to‘ldiramiz va Continue ni bosamiz.

O‘rnatilish jarayonini kutamiz bu biroz vaqtni oladi albatta :) .

O‘rnatilish jarayoni tugagach Restart Now ni bosamiz. Shu bilan o‘rnatish qadamimiz ham tugadi. Endi biz kompyuterimiz yonganda quyidagicha oyna ochiladi:

Buni Grub deb aytiladi. Bu bizga qaysi Operatsion tizimda kirishimizni tanlash imkoniyatini beradi.

Hozir biz Elementary OS ni tanlaymiz va uni yoqamiz:

Parolni kiritamiz va ENTER tugmasini bosamiz.

Mana bizga Elemenatary OS ga Xush kelibsiz deyabdi.

Shu bilan darsimiz tamom. Hayr salomat bo‘ling. :)