Hikoyalar triosi
February 10, 2021

Akutagava triosi

Akutagava hech qanaqa nasihat qilmaydi. Xulosani o‘zing top.


Rasyomon darvozasi

Tun. Zulmat. Husnbuzar bezovta qilmayaptimi? Hayotimizda ko’p noadolatsizlikka yo’liqqanmiz, biz yaxshi inson bo’lamiz va bu saxovatimiz uchun yalt-yult qog’oz ostida axloqiy xiyonat tuhfa etishadi. Mana shunda savol tug’iladi: Yaxshi odam bo’lish kerakmi yoki faqat o’zimizni ehtiyojlarni qondirsak yetadimi?

(Ishoning, men spoyler qilmadim, aksincha, yangi tasvir qo’shdim siz uchun)
Samuraylarni odob-axloq qoidalariga qattiq turishini hech bo’lmasa, koreya, yapon, xitoy seriallarida ko’rganmisiz? 12-asrni xalq azob-uqubatlardan tinkasi qurigan yomg’irli tunlarini birida samuraylar oilasining bir necha yillik xizmatkori ishdan haydalgandi. U boshpana uchun Rasyomon darvozasini – xaroba va ocharchilikdan so’lgan odamlarni jasadlari liq to’la joy. Xizmatkorda ish yo’q, cho’ntakni kovlashga hojat yo’q, axir, yo’q bo’lgandan keyin. U yashashi kerak edi, ammo pul manbayi faqat – shilishda. Xo’sh, shuncha yillik axloq haqidagi qadriyatlarni deb nomus bilan o’lish afzalmi yo hamma kabi o’g’rilik bilan axloqsiz hayot? U ikkilanayotgandi. Yuzida qattiq o’ychanlik sezildi. Husnbuzar bezovta qilardi, shekilli, tez-tez qo’l uchida teginib, bosib turardi. Havo sovuq. Uxlamasmikan, biror burchakda? Ikkinchi qavat bor ekan-ku. U nimanidir sezdi, nimaykin? To’rt oyoqlab, kaltakesakka o’xshab tepaga qaradi. Qandaydir yoritgich? Axir, bu yerda faqat o’liklar bor edi. Men ikkinchi qavatga chiqishdan qo’rqdim. Darvozani bir burchagiga bordimda, yashirinib oldim. Bu yerdan tepadagi holatni ko’rib ham, eshitib ham bo’lmasdi. Birmuncha fursatdan keyin bir narsa qattiq tushgani ko’rdim, va aftidan, bu olishuv bo’lganini tayinlardi. Men ko’z qirim bilan ikkinchi qavatga chiqadigan zinapoyaga nazar tashladim, qandaydir ovoz kela boshlagandi. Bu qadam ovozi edi. Xizmatkor iblislarcha husnbuzarini silardi, qo’lida qandaydir narsa bor edi. Tez chiqib ketganidan ko’rishga ulgurmadim. Qiziq bo’ldi-ku, ikkinchi qavatda nima bo’ldi o’zi? Javob hikoyada, nega men boshqa narsaga sirpandim?

Rasyomon darvozasi odamlarning azob-uqubatlari va qashshoqligining dahshatli holatining ko’rinishi. Boshidagi savolimizda biz qashshoqlik va yo’qchilliksiz davrdagi axloq qoidalarini ko’rib chiqdik. Ammo och va g’ussali davrdagi axloq qoidalariga qanday savol bera olarmikinmiz? Umuman, bu savol bizga notanish emasa kerak: Biz qanday qilib tirik qolish uchun yomonlik qilmasligimiz mumkin? Avvalgi davrimizda biz kimdirga yaxshilik qilmasak ham yashay olardik, ammo keyingi davrimizda kimdirga yomonlik qilmasak, yashay olarmidik? Husnbuzar ayni shu savolga javob berishdagi nopok o’ylar ramzi.

Hikoyada qahramonlar bir necha bor hayvonlarga o’xshatiladi: kaltakesak, maymun, tovuq, it. Ya’ni, tirik qolish ilinji bizni hayvonlardan farqimizni – axloqiy qadriyatlarimizni yo’qotishini aytayotgandek go’yo. Agar yagona maqsad omon qolish bo'lsa, unda axloq yo'q - faqat barchaning hammaga qarshi kurashi.

Akutagava yechim bermaydi. Oling, mana bu sizga jo’natma. Hikoya dunyoni shunchalik yomon, har qanday yo'l bilan omon qolish yagona qadriyat deb aytmoqda? Odamlarni bu g'ayriinsoniylikka undaydigan dunyodagi dahshatli sharoitlarning sharhimi yoki bu axloqiy tanlovni amalga oshirish oqibatlari haqidagi kinoyali izohmi? Balki ikkinchi qavatga chiqib, o’zingiz baho berarsiz…


Do’zax azoblari

Do’zaxda nima gaplar? Erta-indin u tomonlarga boradiganlar yo’qmi, jo’natma bor edi. Bo’lsa, botdan yozib yuboring.

Yosixide buyuk rassom. Yer yuzida noyob. Rasm qachon jonli bo’ladi deb o’ylaysiz? Qachongi siz uni his qilsangiz, o’z ko’zlaringiz bilan uni ko’rsangiz, bunday bo’lishi mumkinmi? Menimcha, ha. Yosixide jahannamni chizishi kerak edi. Jahannamda azobdan bo’lak nima bor bo’lishi mumkin? U hammasini inson qadridan balandga qo’ydi, san’at – hammasidan ustun edi. Illo, u ilohiy bo’lsa!

Yosixide rasmni tugatadi va o’zini osadi. Rasm haddan ortiq, qo’rqinchli va haqiqiy edi. U do’zax azobini his qilish uchun qalbini sotdi. Endi yashashga sabab yo’q. Unda hech qanaqa qadriyat qolmadi. Mana sizga ochiq shavq – rassom do’zax azobini qanday chizdi? Bu azoblarni qanday ko’rdi? Balki hikoyani o’qib ko’rarsiz, bir necha daqiqangiz malol kelmasa?..


O’rgimchak uyasining tolasi

Ozgina kinoya, ozgina hayrat. Do’zaxdan jannatga o’rgimchak ipi tortilib, bir kishini bitta yaxshiligi uchun jannatga olib chiqishmoqchi. Lekin qahramonimiz chiqa olmadi. Negaligi hikoyada.

Hikoya seni axloqingni taftish qilsa, ne ajab? Agar seni yaxshi xotima kutayotagan bo’lsang, bir o’zingni o’ylama, azizim. Hammasi birgalikda. Remember… Yana gapim bor edi, shekilli. Men sentimentalman-da… Rahmat…


Uchchalasini bitta to‘plam holda, telegramdagi kutubxonamga joylab qo‘yaman.

kitobsimiruvchi