Hayotimiz Charog‘boni
@hayotimiz_charogboni
Tunda oq va qorani ajratish uchun charog‘bon lozimdir. Charog‘bon siz bilan doim birga!
98 posts

#Kun_Hikoyasi Badal. O. Genri

Kamina va qariya Mak bu o`yindan har birimizga qirq ming dollardan «oltin to`la xumcha»larga ega bo`lib, arang qutulib yashirindik. Men Makni «qariya» deb ataganim bilan u qariya emasdi. U qirq birda edi. Shunday bo`lsa-da, Mak keksa cholday ko`rinardi.

#Kun_Hikoyasi Ishq gadolari. Knut Gamsun

I

#Kun_Hikoyasi Shisha ko‘z. Oskar Uayld

Kunlardan birida mol-mulkining hisobi yo‘q takabbur janob hayotida ko‘ngilsizlik ro‘y berdi: boyaqish ov mahali bir ko‘zidan ajralib qoldi. Bu ko‘rgulikdan so‘ng u dunyodagi eng yaxshi sun’iy ko‘zni qo‘ydirishga qaror qildi. Ammo bu yasama ko‘z so‘qir qarog‘dan joy olgach, sun’iyligi bilinmasligi, janobning obro‘yu shon-shuhratiga dog‘ tushirmasligi lozim edi.
Xullas kalom, sof billur va toza bo‘yoqdan yasama gavhar bunyod bo‘ldi. Uning tubidagi qorachiq baxmalday mayin edi, kamalakday jilolanayotgan tim zangori qobiqqa esa tillasuvi yugurtirilgandi. Yigitlik savqi ketmagan boy sun’iy gavharni so‘qir ko‘ziga joylab, o‘zini bir ko‘zgudan ikkinchi ko‘zguga solib, rosa tomosha qildi. Bu yumushga shu qadar berilib ketdiki, yasama ko‘z yoqib qolganidan o‘z-o‘zini boshqatdan sevishga taraddulandi go‘yo. Shundan so‘ng u sun’iy ko‘zda odamlarda qanday taassurot qoldirishini sinamoqchi bo‘ldi va choshgohdan so‘ng huzuriga eng yaqin do‘stini chorladi. Ikkov xo‘p gurunglashdilar. Mehmon mezbonning shisha ko‘zi borasida xo‘p yaxshi gaplar aytib, uni obdon maqtadi. Janob xuddi o‘zi kutganidek bo‘lib chiqdi. Do‘sti alqashdan nariga o‘tmas, shisha ko‘z o‘ngdami, chapdami, buni aytishga shoshilmayotgandi. Oxiri toqati toq bo‘lgan boy o‘rtog‘idan ko‘zining qaysi birida sun’iy gavhar qo‘ndirilganini so‘radi. Do‘sti esa uning ko‘zlariga sinchkov nigoh tashladiyu ammo tag‘in aravani quruq olib qochdi:
- Sog‘ ko‘zingdan farqlanmaydi-ya, ajoyib. Shuni chin dildan ayta olamanki, beqiyos go‘zal, ta’riflashga til ojiz...
- Yo xudo!-xitob qilib yubordi boy,- bundan boshqa aytadigan gaping yo‘qmi? Yo sog‘ ko‘zni sun’iysidan ajrata olmaydigan darajada noshudmisan? Nahotki, shisha ko‘zimning shishaligi sezilmayotgan bo‘lsa? O‘rtoq, bo‘la qol, yana bir bor ko‘z tashlab ko‘r, ikkala ko‘zimga diqqat bilan qara, qaysi biri sun’iy, shuni ajratib ber.
Janobning yo‘riqlarini inobatga olgach, do‘st unga nazar tashladi va bir zum termilib uning qaysi ko‘zida sun’iy gavhar borligini aniqladi. Boy “buni qanday uddalading” deya savol berganida o‘rtog‘i soddalik bilan shunday javob berdi:
- Ikkala ko‘zni taqqoslaganda, sun’iysi go‘zal ekan.
- Eh! – deb yubordi boy ranjigan bo‘lib.-Ehtimol haqdirsan, lekin sababi bu ham emas. Ikkala ko‘zimning farqini osongina ajratib olganining sababi boshqa. La’nati ovda ajralib qolgan ko‘zimning qanaqaligini ilgari bilarding. Kel, kichkina bir tajriba o‘tkazib ko‘ramiz. Hozir ikkalamiz ko‘chaga chiqamiz, duch kelgan birinchi yo‘lovchidan ko‘zlarimning qaysi biri shisha ekanini aniqlashini so‘raymiz.
Bir yoqadan bosh chiqarilgach, ikkov ko‘chaga chiqishdi. Do‘stlarning bir chekkada, devorga suyangan ko‘yi chordona qurib o‘tirgan juldur kiyimli g‘arib tilanchiga ko‘zlari tushdi. Gado shu qadar aftodahol ediki, boyning o‘rtog‘i “agar hojatingni chiqarsa, undan marhamatingni darig‘ tutma” deya xe-xeladi.
Janob do‘stini chekkada qoldirib, o‘zi gado oldiga sekin qadam tashlab keldi-da, elburutdan himmat qila ketdi:
- Krona ishlashni istamaysanmi?
- Krona?-quloqlariga ishonmay so‘radi tilanchi,-istayman. Axir necha kundan beri tuz totganim yo‘q. So‘nggi bor qachon tamaddi qilganimni eslayolmayman. Menga pul juda-juda zarur.
Boy tilanchiga yaqin surilib kelib, hamyonidan bir dona krona olib, uning isqirt kaftiga tutqazarkan, maqsadga ko‘chdi:
- Faqat bitta shartim bor. Ko‘zlarimga to‘yguningcha qara, shoshma, ulardan qaysi biri shishadan yasalgan. Mana shu jumboqni yechib ber seng, pul seniki.
Gado boyning qaroqlariga tikilib, bir muddat o‘ylanib turdi-da so‘ng uning yasama gavhar joylangan ko‘ziga imo qildi.
Boy tong qotib, ortiga tislandi. Bu jumboqning tagiga qanday yetganini so‘radi. Tilanchi unga shunday javob berdi:
- Agar gapimni qo‘pollika yo‘ymasangiz, ser, bu jumboqni men xamirdan qil sug‘urgandek qilib yechdim. Sizning shisha ko‘zingizdagina shafqatga o‘xshash mayin narsa borligini ilg‘adim.

#Kun_Hikoyasi Oʻzgalar uchun yasha. Najib Mahfuz

Kechqurunlari Abdurahmon bogʻiga kirib, undan zavq olishni xush koʻrar edi. Bu uning odatiga aylangan edi. Abdurahmon aksariyat vaqtini uyida oʻtkazar, zarur kezlardagina koʻchaga chiqar edi, xolos.
U iliq sentyabr kunlarining birida boqqa kirib, tevarakka sinchkov koʻz tashlagan koʻyi, notekis yoʻlakcha boʻylab borardi. U gulzordagi gullarga ancha payt suqlanib termulgach, qoʻshni hovlini ajratib turuvchi tikanli sim toʻsigʻi oldidagi kresloga oʻtirdi. Kechki gazetani qoʻliga olib koʻz yugurtira boshladi.
Uning yurish-turishida, aft-angorida ajib bir viqor sezilib turardi. Biror kimsa uni shu lahzada koʻrib qolsa, hech ikkilanmay Abdurahmonni ulugʻ bir xonadon sohibi, deya oʻylardi. U doimo xotirjamlik va sovuqqonlik bilan ajralib turarkan, koʻzlarida donolik va mardlik nur sochib tarar edi. Xumdek boshi, qalin moʻylovi ham uning salobatiga monand. Uning koʻrinishi qirq besh yoshni bersa-da, aslida bor- yoʻgʻi oʻttiz besh yoshni qoralagan edi.
Abdurahmon kresloda yastanib oʻtirga koʻyi oʻqishga shunchalik berilib ketgan ediki, ohista bir ovozdan seskanib ketdi:
– Assalomu alaykum, amaki.
Abdurahmon gazetani qoʻyib, qoʻshnining bogʻi tomon oʻgirildi. U yoqda bir qiz turardi. Qizning yorqin, tim qora koʻzlarida ishonch, samimiyat balqirdi. Abdurahmonning yuziga yasminning muattar isini taratuvchi yoqimli shabada urildi.
– Va alaykum assalom, Samara, – javob berdi u.
Qiz iljayib qoʻydi-da, yonidagi kuchukchasi bilan oʻynay ketdi. Samara oʻn olti yoshda edi. Uning chiroyli yuzlari va kelishgan qaddi-qomati anchadan buyon Abdurahmonning halovatini oʻgʻirlagan edi.
U qizning itiga ishora qilib soʻradi:
– Ahvoli qanday buning?
– Ollohga shukur, butunlay tuzalib ketdi.
– Har holda, – taʼkidladi Abdurahmon iljayib. – Iskandariyaning havosi unga yoqmagan koʻrinadi?
– Aksincha. U tomonlar mittivoyga juda maʼqul keldi, oʻzini yaxshi his qildi.
Samaraga boqar ekan, uning quyoshdan andek qoraygan yuzlari, jozibali koʻzlari Abdurahmonni tobora rom etardi.
– Samara, rosa quyoshda qoraydingmi?
Qiz kulib qoʻydi.
Abdurahmonning maʼnoli nigohi yanada oʻtkirroq tus oldi. Bir tomonga yoʻnaltirilgan fikrlar oʻrnini fusunkorlik va orzular oshiyoni egalladi. U stulga oʻtirib, yonidagi ermagini oʻynatayotgan qizga uzoq va mamnun tikildi. Samara esa kuchukchasini erkalarkan, oppoq, uzun junlarini silab-silab qoʻyardi. Ajoyib jonzot xursand tarzda dumlarini likillatib, sohibasining qoʻlini yaladi va uning tizzasiga sakrab chiqib oldi.
Samaraning mayin, uzun sochlari uning boʻynini qoplab turardi. Abdurahmon unga qarab turib, zavqlanayotgandi. Negadir uning yuragi siqildi: Samara bolaligidan beri “amaki”, deb murojaat qilib keladi, hozir ham shunday. Oʻsha kezlarda u juda kichkina boʻlib, qoʻgʻirchoqlar oʻynab oʻtirardi. Ilgari bunday murojaat unga maʼqul edi, chunki, qizga nisbatan otalarcha mehr qoʻygan edi. Endi esa qizning bu tarzdagi muloqoti uni xijolatga solar, hatto koʻnglini choʻktirayotgan ham edi.
Agar “amaki” unga uylansa, toʻgʻri yoʻl tutgan boʻlarmikan? Koʻpchilik oʻylaydiki, turmush qurayotganlar yoshidagi tafovut aslo toʻsiq emas va bunga eʼtibor bermaydilar ham. Ammo baxt uchun kurash juda qimmatga tushmasmikan? Axir u bor-yoʻgʻi Ichki ishlar vazirligida oʻn besh funtga kun koʻrayotgan bir inspektor-ku. Uning yigʻib qoʻygan molu davlati va yoxud mansabi bor boʻlsaki, qizning yuragini zabt eta olsa. Lekin u qizni sevadi va oʻz hissiyotlari bilan kurashishi qiyin, toʻgʻrirogʻi buning iloji ham yoʻq. Sohibjamol qiz oʻn olti yil mobaynida koʻzi oʻngida oʻsib ulgʻaydi. Bu qiz uning yolgʻizlikda oʻtgan hayotida taqdirning yuborgan yagona inoyatidir. Muhabbat unga sekin-asta yaqinlashdi va uning butun vujudini qamrab oldi.
Abdurahmon qizning baxtiyor va betashvish bolaligi qanday oʻtganligining shohidi boʻldi. Bu esa uning yolgʻizligini yanada goʻzalroq qilib koʻrsatardi. U sevib qoldi va avvalgi xotirjamligini yoʻqotdi. Endi uni hamma narsa, hatto halovatini oʻgʻirlagan yosh doʻsti bilan tasodifiy uchrashuvlar va suhbatlar ham qiynayotgan edi. U qiz bilan bolalarcha muloqot qilayotgan edi. Abdurahmon qizga muhabbatga toʻlib- toshgan koʻzlari bilan nigoh tashlar, Samara esa bu bu holatni sezmay “mening aziz amakim”, deyishda davom etardi. Agar u qizning qoʻlini soʻrasa, nima deb javob berar ekan-a? Uning hissiyotlari qanday? U harqalay taajjubga tushsa kerak? Qiz otasiga nima deydi? Qanday tushuntiradi? Bundan keyin hozirgidek koʻrishib turish unga nasib etarmikan? U qizni butunlay yoʻqotib qoʻysa-chi…
Harqalay, Abdurahmon qizning otasi – oʻz doʻsti bilan bu masalani xotirjam gaplashib olishga qodir. Lekin u qanday javob berar ekan? Ha, qanchalar qiyin bu ish! U koʻzlarini yumib olib, boʻlajak muloqotni tasavvur qila boshladi:
“Doʻstim, men juda muhim masala yuzasidan tashrif buyurdim. Sen bunga koʻnasanmi yoki yoʻqmi, bilmadim… Ehtimol, men bu masala haqida soʻz yuritishga haqli emasdirman. Lekin baribir men masala qanday hal boʻlishidan qatʼiy nazar gaplashib olishim kerak…”
U xayolan muloqotni davom ettirayotgan edi, dabdurustdan yoqimli ovozdan oʻziga keldi.
– Uxlayapsanmi?
– Yoʻq.
– Uzr. Men koʻzingni yumib oʻtirganingni koʻrdim.
– Men oʻylayotgan edim.
– Nima haqida?
U yosh suhbatdoshining yuziga razm soldi: nima deyish kerak? Unga hammasini aytib berish kerakmi? Yoʻq, bunga hali ertaroq, hozir mavridi emas. Yaxshisi gap ochmay turganim maʼqul.
Bu zaifaning qarshisidagi xijolat qamchi zarbasi misoli unga taʼsir qildi. Shu onda u qimirlamay oʻtirardi. Soʻngra qizning koʻzlariga boqdi. Voajab, Samaraning yuzlari oʻzgargan, qoshlarida boʻyoq izlari, qirmizi lablari titrar edi. Qiz unga hadiksirab qarab oldi-yu, uyi tomon chopqillab ketdi. Abdurahmon orqaga oʻgirilgan ham ediki, iljayib unga yaqinlashayotgan ukasini koʻrdi. Abdurahmonning yuragi nohush bir narsani sezgandek tezroq ura boshladi. U sir boy bermay muloyimlik bilan ukasidan soʻradi.
– Shifokor, qalay ishlar?
Oʻspirin yigit kulib qoʻydi.
– Sen qanday baxtiyorsan, aka?
Abdurahmon gap nimada ekanligini fahmlagan boʻlsa ham, xuddi tushunmagandek qayta soʻradi:
– Baxtiyor?
– Ha, albatta. Samara bilan gaplashgan inson oʻzini baxtli his etmogʻi lozim.
Abdurahmon oʻyladi: “Mening ukam oʻtaketgan qallob, yo ahmoq. Aslida Samara bilan suhbatlashgan odam emas, balki hozirgina yuz berganidek, uning yonginasida qizarib ketib, xijolatdan juftakni rostlab yuboradigan inson baxtlidir. Ehtimol, bu oʻspirin haqiqatan ham baxtlidir. Nahotki, u buni tushunib yetmasa. Balki, u mening ustimdan kulayotgandir?”
Abdurahmon oʻz ukasining oldida hayajonlanayotganini sezdirmaslik maqsadida gapni boshqa tomonga burib yubordi-yu undan soʻradi:
– Kechagi oqshomni qanday oʻtkazding?
Anvar uning yoniga kelib oʻtirdi.
– Kecha “Qasr al-Ayni”da juda koʻp hayajonli voqealar boʻlib oʻtdi, oqshomning aksariyat qismini oʻsha joyda oʻtkazdim.
Abdurahmon jimgina ukasiga boqar ekan, butunlay boshqa narsa haqida oʻyga toldi. U Anvarni yaxshi koʻrar edi, xuddi boshqa ukalaridek uni ardoqlab, mehribonlik koʻrsatib kelmoqda. Lekin ayrim kezlarda yuragini tashvishlar qamrab olardi. Ayniqsa, Samara haqida soʻzlaganida ukasini juda yomon koʻrib ketardi. Ukasi qizning ismini tilga olganida Abdurahmon qiynoq va iztirobda qolar edi. Aka Anvarning porloq kelajagi uchun koʻp mehnat qildi. Lekin, uka katta akaning yuragida yuz berayotgan tugʻyonlarni ilgʻay olarmikan? U goʻzal qizni boshqa inson sevishini xayoliga ham keltira olmas, oʻzining tashvishlari bilan nihoyatda band edi.
– Men bir muhim masala borasida maslahat olgani kelgan edim, – dedi Anvar.
Abdurahmon oʻz hissiyotlarini sir boy bermay xotirjam taklif qildi:
– Oʻtir.
– Oldin sen meni eshit , – gapira ketdi Anvar oʻtirmasdan. – Hozir fikrlarim aralash-quralash boʻlib ketdi. Bir oydan soʻng shifoxonadagi amaliyotim tugaydi. Oʻqituvchim doktor Braun tibbiyot fakultetida shifokor boʻlib qolishga tavsiya etyapti.
Abdurahmon ancha yengil tortdi va xursand ohangda qichqirib yubordi:
– Tabriklayman! Tabriklayman! Shak-shubhasiz, sen bunga loyiqsan, ofarin!
Anvar aniq bir toʻxtamga kela olmay turardi, u hozir aytgan soʻzlariga yana qoʻshimcha qilmoqchi shekilli. Nihoyat u xijolatomuz holda sekingina qoʻshib qoʻydi.
– Yoʻq… demak… Men aytmoqchimanki… Agar ketsam, bir oʻzim ketmayman.
– Xech narsani tushunmayapman – hayron boʻldi Abdurahmon, lekin yuragi notinch, qandaydir tashvish bor ekanligini sezib turardi.
Anvar oʻz hayajonini yengib, davom etdi:
– Men uylanib, xotinimni ham olib ketaman.
– Nega bunday toʻsatdan? Ilgari bu haqida gap boʻlmagandi-ku, toʻgʻrimi?
– Boʻlmagan.
– Unda nima boʻldi?
– Men joʻnab ketish bilan bogʻliq ishlarimni hal qilmagunimcha bu haqida gapirmoqchi emasdim.
Abdurahmon sukutda edi. U baribir oʻz hayajonini chetga surib soʻradi:
– Sen uzil-kesil shu qarorga keldingmi? Kimga uylanmoqchisan oʻzi?
– Samaraga, – dedi Anvar qoʻshni uy tomonga ishora qilib.
Abdurahmon bu yangilikni sukut saqlagan holda eshitdi.
– Sening fikring qanday? – soʻradi Anvar shosha-pisha. – U senga yoqadimi?
– Yaxshi tanlov, diding chakki emas, – deb gʻoʻldiradi Abdurahmon.
– Sendan minnatdorman, aka. Oʻtinib soʻrayman, menga yordam ber, ertaga uning otasiga uchrashamiz, umid qilamanki, u bizga yoʻq demaydi.
– Boʻpti, sen aytgancha qilamiz.
– Menda bor-yoʻgʻi bir necha oy bor. Bu vaqt mobaynida men uylanishim va Angliyaga joʻnab ketishim uchun tayyorgarlik koʻrishim joiz. Bilasanmi, men asal oyimizni barcha aslzodalar singari xorijda oʻtkazmoqchiman.
Anvar xayrlashdiyu joʻnab ketdi. Abdurahmon ukasiga eshikni yopib, koʻzdan yoʻqolgunicha qarab turdi. U mayus oʻtirar, koʻzlari hech narsani koʻrmasdi. Tuman quyuqlashdi va hammayoq sukutga choʻmdi. U axiri turdiyu kichik bogʻni aylanib, yana oʻtirdi. Abdurahmon yigirma yil avvalgi oʻtmishini eslay boshladi. U damlar sururga toʻla va saodatli edi. U oʻsha davrda nihoyatda xushchaqchaq oʻspirin boʻlib, kelgusi hayotdan talaygina umidlari bor edi. U vaqtlar hozirgi kunlar singari shafqatsiz emas edi. Abdurahmon oʻz oilasida toʻngʻichi edi. Ota-ona uni iloji boricha hayotdan zavqlanishini istab yashar edilar. Maktabda u oʻz tengdoshlari orasida isteʼdodi va tirishqoqligi bilan ajralib turardi. Atrofdagilar haqiqatan uning peshonasida porloq istiqbolni koʻrishar edi. Balki shunday boʻlishi mumkin edi, lekin uning otasi toʻsatdan olamdan oʻtib qoldi. Ota baxtsiz bevani toʻrt farzandi bilan qoldirib boqiy dunyoga ravona boʻldi. Oila bor-yoʻgʻi toʻrt funt nafaqaga arang kun koʻrar edi. Abdurahmon shafqatsiz hayot bilan ilk bor toʻqnashdi. Uning barcha orzu-umidlari chilparchin boʻldi. Ilgari ota oilaning boquvchisi boʻlgan boʻlsa, endilikda bu tashvish Abdurahmonga yuklandi. Boshqa yoʻl yoʻq edi, lekin u bu haqiqatni darrov anglab yetmadi. Shu tariqa oila tayanchining barcha umidlari puchga chiqdi.
Yurakni oʻrtab yuboruvchi ogʻir kunlar boshlandi. Lekin u barchasiga chidadi. Uning zimmasida ukalari haqida qaygʻurish yuki bor edi. Endi u faqat oʻzi haqida oʻylamayotgan edi. U butun borligʻini onasi va ukalariga bagʻishladi. U yangi bir baxtga , yaʼni – oʻzgalar baxti uchun kurashmoq baxtiga sazovor boʻldi.
U hatto uylanish haqida oʻylab ham koʻrmadi, bularning barchasi oila tayanchining yaqin insonlariga nasib etdi. Bu inson sabr-toqat qilishga qaror qildi, lekin ukalarining sabrlari chidamadi. Ulardan biri politsiya maktabini bitirib, zobit boʻldi va darrov uylandi. Uning ortidan muhandislik diplomini olgan ikkinchi uka ham uylanib oldi. Abdurahmon esa boʻydoq boʻlib qolaverdi.
Endigina uning hayotiga baxtu saodat olib kirishi mumkin boʻlgan koʻhlikkina qiz yoqib qolganda…
Onaning ovozi uning xayolini boʻldi.
– Abdu, nega qorongʻida oʻtiribsan?
Abdurahmon kun botganini ham sezmay qolibdi. U ogʻir qadamlar tashlab uyga kirdi.
– Anvar sen bilan gaplashdimi? – soʻradi ona.
– Ha.
– Xoʻsh, uning qaroriga nima deysan?
– Uning tanlagan qizi yaxshi. Ertaga men qoʻshnimiz bilan gaplashib, Anvar uchun uning qoʻlini soʻrayman.
– Mana endi hamma qushchalarim har tomonga qanot qoqib uchib ketdilar. Sendan tashqari hammasi, – dedi ona xomush ohangda.
U jim edi.
Kim biladi, ehtimol unga roʻbaroʻ kelgan baxtsizlik unchalar qoʻrqinchli emasdir. Bu birinchi marta emas. Hayot uni bir narsaga, sabr-toqatga oʻrgatdi. U shuni tushunib yetdiki, hayotni oʻzgalarga bagʻishlagandagina baxt-saodatli boʻlish mumkin ekan.

#Kun_Hikoyasi Qaytish. Ulug'bek Hamdam

Bugun u ishdan ketdi. Ishdan-a?!.. Ha-ha, ishdan ketdi deyapman men sizga... Baqirganim yo‘q. Men bor yo‘g‘i uning ishdan ketganidan xabar berayapman. Shu tobdagi ko‘ngil holim uning ishdan ketganligi haqidagi xabar mazmuniga mos. To‘g‘rirog‘i, xabar meni o‘z sajiyasiga ko‘ra sozlab oldi go‘yo. Shuning uchun ham sizga baqirayotgandek tuyulgan bo‘lishim mumkin, aslida unday emas. Axir, bir kun siz ham, men ham, xullas, hammamiz ishdan ketishimiz mumkin-ku... (o‘shanda kerak bo‘pqolar balki bu gaplar). «Qayoqqa?» - deysizmi?... Bilmadim. Hamma gap shunda bo‘lsa kerak. Darhaqiqat, ishdan ketgandan keyin odam qayoqqa borar ekan?.. Ishlab turib o‘lib qolsa, uning qayon borishi ma’lum: chin dunyoga... Lekin o‘lmasdan burun ishdan ketsa-chi? Keyin nima bo‘ladi. U ishdan qaerga boradi?..

"Iqtibos savatchasi" loyihasi

🏀 Basketboldagi ball berish nizomlaridan foydalanilgani uchun shunday nomlandi.

"YANGI VA KREATIV UCH LOYIHA TURKUMI"

Bugun sizlar bilan 3 qiziq loyihalarimizni yangilangan qoidalari bilan umumiy holatda ko‘rib chiqamiz.

#Kun_Hikoyasi Ossuriya shohi Asarxadon. Lev Tolstoy

Ossuriya shohi Asarxadon shoh Lailie mamlakatini bosib oldi, shahar-qishloqlarini beomon talab, yoppasiga o‘t qo‘ydi, aholisini qul qilib, mulkiga haydab keldi, qo‘shinini yakson etib, Lailiening o‘zini qafasga soldi.

#Kun_Hikoyasi Yoshlik qaytib kelmaydi. Oktay Akbal

U: “Juda ham oʻzgarib ketibsan”, demoqchi boʻldi-yu, lekin “Hech ham oʻzgarmabsan”, deb yuborganini oʻzi ham sezmay qoldi.
Ular bir-birlarini koʻpdan buyon tanir edilar. Goʻyo ular hozir birinchi marotaba uchrashib qolganday edilar. Bu erkak yoshligida qarshisidagi ana shu shahlo koʻzlarga, mayin sochlarga, choʻchchaygan lablarga toʻyib-toʻyib qaramaganday edi. Hozir qarshisidagi sohibjamolning firoqida yonib, kechayu kunduz u haqida oʻylamagandek.
Oyoqlari hali ham avvalgidek chiroyli… tuflisi ham… u doimo xuddi shunday xipcha tufli kiyib yurardi. Qani endi hozir ham tashqi koʻrinishi oʻn ikki yil avval koʻrganiday boʻlsa!..
Aprel oyining oxirlari, kunbotar payt. Sochlari oqaribdi, yuziga ajin tushibdi. Qani endi, hozir bu ayolga yigirma yoshidagi oshiqi-beqaror boʻlib yurgan paytidagidek qarolsa edi…
– Hech ham oʻzgarmabsan, – dedi erkak ayolning koʻnglini koʻtarib.
– Sen oʻzgaribsan, – dedi ayol erkakning koʻzlariga tik boqib.
“Bu ayol yoshligida ham choʻrtkesar, sharttaki edi. Har bir soʻzning ogʻir botish-botmasligini oʻylamay, yuzingga shartta aytardi-qoʻyardi”. Lekin erkak esa mulohaza bilan gapirardi, dilidagi gapni tiliga chiqarib gapirmasdi. Ular yoshlikda uchrashib yurganlarida yigit qizning yuragida nima borligini bilolmadi. Nihoyat, ular ajralib ketdilar.
– Sen hamon oʻsha-oʻshasan, – dedi erkak ayolga jilmayib.
– Rostdanmi?
– Bilmayman, balki koʻzimga shunday koʻrinayotgandirsan…
“Bekorchi gaplarni qoʻysang-chi!..” demoqchi boʻldi ayol. Ular bir-birlariga tikilib turardilar.
– Balki oʻtirarmiz? – taklif qildi erkak.
Kema qirgʻoqdan joʻnab ketdi. Paluba osoyishta edi. Yoqimli shabada esmoqda.
Ayol yupun kiyingandi.
– Sovuq emasmi? – soʻradi erkak ayoldan.
– Yoʻq-yoʻq, sovuq emas! – javob qaytardi ayol.
“Menga gʻamxoʻrlik qilayapti, – oʻyladi ayol. – Qiziq, hali ham meni sevarmikin, a? Boʻlmasam-chi, esidan chiqarmagani koʻzidan koʻrinib turibdi. Oʻn ikki yil avval qanday sevgan boʻlsa, hozir ham shunday sevadi”.
Ayol uni universitetda oʻqib yurganlarida qandayligini eslashga harakat qildi. Harchand urinmasin, baribir oʻsha damdagi uning qiyofasini sira eslay olmadi.
Yoʻq, ayol uni oldingi vaqtidagidek holatiga hecham oʻxshatolmadi. Faqatgina uning ayrim soʻzlari-yu, qiliqlarinigina eslay oldi, xolos. Yana, bir kuni xuddi shu bugungidek dengiz qirgʻogʻida oʻtirganlarini, soʻng moʻjazgina qahvaxonaga kirganlarini esladi. Ular qahva ichdilar, qahva quyqumidan fol ochmoqchi boʻlgandilar.
Yigit qizni chin yurakdan sevib qolgandi. Uning nazarida qiz ham yigitni sevib qolganday edi. O, yoshlik… oʻn sakkiz yashar inson oʻzi haqida avvaldan nimani ham ayta olardi. Yoshlik onlari hech qachon tugamaydigandek: oʻtirishlarga, oʻyingohlarga, kino va raqs kechalariga borishdan, oʻynab-kulishdangina iboratga oʻxshab tuyulardi. Qayerdadir yigit qizni oʻzining tongday musaffo sevgisi ila kutib turardi. Qiz esa, xuddi yosh goʻdak kabi koʻp oʻyinchoqlar yoniga kelayotgandek yigitning visoliga oshiqardi. Qiz hammavaqt uni intizorlik bilan kutishini istardi. Qachonki koʻngli tusagan paytda qiz ularni qoldirgan joyidan olishni xohlardi. Qiz bu oʻyinni insonlar bilan oʻynardi. Agar insonning qalbini chil-chil sindirsang, bu yara hech qachon bitmaydi. Qiz esa, qanchadan-qancha yosh yuraklarni jarohatlab oʻynardi. Oʻsha paytda bu yigit bilan qahvaxonada oʻtirganidan tortib, to hozirgi kungacha bosib oʻtgan yoʻli unga gʻoyatda dahshatli koʻrinib ketdi. U dabdurustdan seskanib ketdi-da, ustki kiyimining yoqasini koʻtarib qoʻydi.
– Sovqotayapsanmi, yur, pastga tusha qolaylik.
“Har doim meni oʻylaydi… Tavba, boʻlib oʻtgan ishlarni bilaturib ham sevadi…”
– Yoʻq, sovqotmayapman, – javob berdi ayol. – Yaxshisi, oʻzing haqingda gapir! Nima qilayapsan? Qayerda ishlayapsan?
Erkak unga sigareta tutdi. Lekin ayol uni rad etdi. Erkak ayoldan ruxsat soʻrab cheka boshladi.
“U har vaqt sigaretani shunday ushlardi, – oʻyladi ayol. – Jahlim chiqib, chekishni ham uddalay olmaysan, deb taʼna qilganim-qilgan edi. Hozir ham sigaretasi qoʻlidan tushib ketay-tushib ketay deb turibdi”.
– Senga nimani ham gapiray? – chuqur xoʻrsindi erkak. – Ishlayapman. Chet elga ishlagani ketgan edim. Istambulda bir necha yildan beri boʻlganim yoʻq. Mana, kelganimga endi ikki oy boʻldi. Yaxshi joylashib oldik, birdan oldin, birdan keyin yashab yuribmiz.
Gapiradigan hech gap yoʻq! Ularning oxirgi uchrashuvlaridan keyin qanchadan-qancha suvlar oqib oʻtdi. U uylanib, ota ham boʻldi. Har doim biror narsani eslamoqchi boʻlsang, koʻz oʻngingda, xotirangda saqlanib qolgan yoshlik kunlaring jonlanadi. Lekin qarshisidagi bu ayol bir vaqtlari qalbining toʻridan joy olgan boʻlib, uning eng yaqin, hech vaqt unutolmaydigan sevgilisi boʻlib qolgandi.
Erkak gapida davom etdi:
– Ishlayapman… Yashash joyim ham yomon emas.
– Xotining, bolalaringning ahvoli qalay? – soʻradi ayol. Biroz sukutdan soʻng:
– Baxtlimisan? – deb qoʻshib qoʻydi.
Baxt! U oʻsha oʻtib ketgan qaygʻusiz kunlarda, shu mohipaykarning firoqida kuyib-yonib, uni intizorlik bilan kutgan vaqtlaridagina baxtli boʻlgan edi. Endi-chi, baxt qayerda deysiz, uni qancha qidirmay hech qayerdan topib boʻlmaydi. Ahyon-ahyonda nasib etadigan baʼzi xursandchiliklarni aytmasa, umri kundalik tashvishlar bilan oʻtmoqda.
Erkak uylanaman, bola-chaqa qilaman, xotinimni astoydil sevaman deb orzu qilgan kunlarini allaqachon unutgan edi. U uylangan ayol oddiygina. Unga tasodifan uylandi. Mabodo sevganiga uylanganida ham balki hayoti shunday kecharmidi? Odatda koʻpincha shunday boʻladi-ku! Jahonda baxt borligi toʻgʻrisida bosh qotirish bemaʼni ish. Baxt yoʻq. Baxt deb atalgan narsa xomxayol, ushalmaydigan orzu.
– Baxtliman, albatta, – javob qaytardi erkak. – Oʻzing-chi?
– Men ham baxtliman, – dedi-yu ayol miyigʻida asta kulib qoʻydi.
“Qayerdagi behuda gaplarni gapirayapman-a… – deb qoʻydi ayol ichida. – Ikkimiz ham qayoqdagi bemaʼni gaplarni gapirayapmiz”.
Qiziq, ular hozir bir-birlarini qanday qilib tanib qoldilar! Qorongʻida dabdurustdan koʻzlari koʻzlariga toʻqnashib qoldi. Oʻsha avvalgi oʻtkan kunlari beixtiyor eslariga tushdi. Ayol hoʻngrab yubormaslik uchun yuzini chetga burdi.
Koʻprik orqada qoldi. Boyoʻgʻlining qiyofasi xuddi ular kinoda koʻrganlari Manxetten orolini eslatar edi. Erkak birinchi boʻlib: “Qara, sening Manxettenning”, deb jimlikni buzdi. Ular yonlaridan tunellar, mehmonxonalar, koʻrfazlar, uylar, kemalar, qayiqlar, tramvaylarning oʻtishiga aslo parvo qilmasdilar.
Ochigʻini aytganda, bunaqa voqealar boʻlib turadi. Vaqtning zudlik bilan oʻtib borayotganini hech kim sezmaydi. Ha, vaqt zumda oʻtadi-ketadi. Aslo uni toʻxtatib boʻlmaydi. Sevgi, ishonch – bularning bari ortda qoladi…
Ularning bir-birlarini haddan ortiq sevgan kunlari har holda alohida ajralib turmogʻi lozim. Aytganday, qiz yigitni bir lahza boʻlsa-da, sevganmidi? Ha, oʻsha paytda qiz: “Seni sevaman”, degandi. Oʻsha ondagi hislarning yagona, haqiqiy his-tuygʻular ekanligini u shu lahzadagina tushundi.
Evoh, oʻsha damdagi baxt qoʻldan chiqdi, ha, qoʻldan chiqdi! Har bir istagan kishim meni sevib ardoqlaydi, men ham istagan kishimni seva olaman, deb oʻylagan edi.
Erkak qoʻlidagi sigaretani toʻlqinlanib oqayotgan dengizga uloqtirib yubordi.
– Istambulni rosa sogʻindim-da, oʻzimam, – dedi erkak.
– Nimalarni eslading? – soʻradi ayol.
– Bosforni, kemalarni, Boyoʻgʻlidagi koʻprikni, kinoteatrlarni esladim.
– Yana qayerlarni?
– Yaqin kishilarimni, albatta.
Gapirishga arziydigan gapi boʻlmagan odamlarning suhbati bemaʼni boʻladi. Qaytanga uchrashmaganlari maʼqul edi. Hech boʻlmaganda bu uchrashuv haqida yurakni ezadigan oʻylar boʻlmasmidi? Ana shunda bir-birlari toʻgʻrisidagi oʻsha eski xotiralar qalblarida umrbod saqlanib qolgan boʻlarmidi! Lekin bu tasodifiy uchrashuv ularning bir-birlariga boʻlgan mehr-muhabbatini mahv etdi.
Ayol: “Nega menga uylanmading?” deb soʻrashga jazm eta olmadi. Bu haqda qanday soʻray olardi ham. Oʻzi uni mensimay ketdi-ku. Oʻyinchoq kabi oʻynadi-ku! Ular churq etmay, bir-birlariga termuldilar. Bu ogʻir uchrashuv edi. Oxiri erkak nima deyishni bilmay:
– Koʻylaging juda chiroyli ekan! Har doimgidek goʻzalsan, – dedi.
– Qoʻysang-chi, azizim, axir bu eski koʻylagim-ku!
– Judayam chiroyli ekan, seni ochib yuboribdi.
Pastda kimdir bir qoʻshiqni xushtakda betinim xirgoyi qilardi. Bu xazon boʻlgan sevgi haqidagi qoʻshiq edi:

#Kun_Hikoyasi Xazarula. Nodar Dumbadze

O‘n to‘rt yoshimda birinchi marta daraxt bilan suhbatlashganim esimda. U olma daraxti edi, xuddi buvim singari allaqachon oltmishdan oshgandi. Odamlar uni Xazarula deb atashardi.