Azob-uqubat doimiy narsadir
Psixologlar hech qachon baxt ustida tadqiqotlar olib bormagan. Psixologiya deyarli butun tarixi davomida fan sifatida hayotning ijobiy va yaxshi jihatlarni o‘rganmagan, balki inson hayotidagi barcha bema’niliklar, ruhiy kasalliklar va emosional buzilishlarni keltirib chiqaradigan omillar, odamlarga eng yomon azob-uqubatlarga qarshi kurashda yordam berish usullarini qidirgan.
1980 yildan boshlab bir nechta jasur olimlar quyidagilar haqida bosh qotira boshlashdi: "Bir soniya to‘xtab turing, mening ishim tashvishlanish. Nega biz insonlarni baxtli qilish to‘g‘risida o‘ylamayapmiz? Keling, bu ishni boshlaymiz”. Hamma joy tantanaga to‘lib ketdi, chunki tez orada "baxt" kitoblari kitob javonlarini bosib ketdi, hayotdan zerikkan, tushkunlikka tushgan o‘rta sinf vakillariga millionlab nusxada sotila boshlandi.
Psixologlar baxt ustida tadqiqot o‘tkazishni boshlaganlarida qiladigan ilk ishlaridan biri bu oddiy so‘rov o‘tkazish edi. Bir nechta katta guruhlardagi odamlarni olardi va ularga qog‘oz tarqatardi – eslab qoling, bu 80- va 90-yillarda bo‘lib o‘tayotgan voqealar edi. Qog‘oz Signal berishni boshlashi bilanoq, har biri to‘xtashi va quyidagi 2 savolga javob berishi talab etilardi:
1. Ayni paytda o‘zingizni qanchalik baxtli his etasiz? 10 ballik shkalada javob bering.
2. Hayotingizda ayni paytda nima sodir bo‘lmoqda?
Tadqiqotchilar turli sohalarda faoliyat olib digan yuzlab odamlardan minglab natijalarni va kashf etganlari ajablanarli va juda zerikarli yedi: juda ko‘pchilik odam o‘z baxtini «7» bahoga loyiq ko‘rgan. Univermagdan sut sotib olish? Yetti. O‘g‘lining beysbol o‘yinida qatnashish? Yetti. Mijoz bilan shartnoma to‘g‘risida xo‘jayinga xabar berish?
Yanada dahshatliroq narsalar ham sodir bo‘lgan - Onam saraton kasaliga yo‘liqdi. Uy uchun ipoteka tӯlovini to‘lashga ulgurmadim, kenjamiz bouling uyini davomidagi baxtsiz hodisa oqibatida qulidan ayrildi - baxtning darajasi qisqa vaqt ichida ikki yoki beshga tushgan bo‘lsa ham, bir muncha vaqt o‘tgach yana yettiga qaytdi.
Bu o‘ta ijobiy voqealarga ham tegishli edi. Ishdan dadil mukofot puli olish, ta’tilni ko‘ngildagidek o‘tkazish, nikohlar – ushbu voqealardan so‘ng, natijalar qisqa vaqt davomida tepaga ko‘tarilib, so‘ng kutilganidek 7 ga qaytadi.
Bu narsa tadqiqotchilarni hayratlantirdi. Hech kim to‘laqonli baxtli emas, ammo shu bilan birga hech kim mutlaq baxtsiz ham emas. Ko‘rinishidan, odamlar, sharoitidan qat’iy nazar, doimiy ravishda «moʻtadil, ammo to‘la qoniqarli bo‘lmagan» baxtiyorlik holatida yashaydilar. Boshqacha aytganda, hammasi juda yaxshi, ammo yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi.
Aftidan, biz butun hayotimiz davomida bunday «yettinchi darajadagi baxt» atrofida aylanamiz. Biz doimo to‘xtalib o‘tadigan bu doimiylik miyamizni ozgina tozalaydi va biz yana va yana uning hiyla-nayrangiga ishonib qolamiz.
Ushbu hiyla miyamizga qarab: “Bilasan, menda hozir biroz ko‘proq bo‘lganida, oxir-oqibat o‘nga yetib boraman va u yerda muqim o‘rnashib qolaman”, deydi.
Ko‘pchiligimiz hayotimizning ko‘p qismini shu tarzda yashab o‘tamiz va doimo orzu qilingan o‘n baho ortidan quvamiz.
Baxtli bo‘lishim uchun ishimni o‘zgartirishim kerak, deysiz va yangi ishga o‘tasiz. Bir necha oydan so‘ng "Qaniydi, yangi uyim bo‘lganida edi, o‘zimni baxtli his etardim”, degan fikr xayolingizni egallab oladi va yangi uy sotib olasiz. Oradan yana vaqt o‘tib, endi ta’tilni sohilda o‘tkazish orzuingizga aylanadi va buni amalga oshirasiz. Sohilda toblanib yotar ekan siz, o‘ylay boshlaysiz: "To‘la baxtga erishish uchun menga yana nima kerak?" La’nati, moxito! Moxito quyish shunchalar qiyinmi? Shu sabab, o‘z moxitoingizni deb tushkunlikka tushasiz, faqatgina o‘sha moxito sizga 10 baho olib kelishiga ishonasiz. Birinchisini ichasiz, so‘ng ikkinchisini, uchinchisini... Bu nima oqibatlarga olib kelishini yaxshi bilasiz: qattiq boshog‘riq bilan uyg‘onasiz va o‘zingizning baxt darajangizni 3 ga baholaysiz.
Eynshteyn maslahatini yodga olamiz: “Hech qachon kokteyllarga shakar aralashtirmang. Mabodo, rostdan ham aralashtirishni xohlasangiz, sizga gazlangan suv tavsiya qilaman. Agar pulingiz oshib-toshib ketgan bo‘lsa, shampan vinosi sotib olgan ma’qulroq".
Har birimiz o‘zimizni so‘zsiz hayotimizning o‘zgarmas doimiysi deb bilamiz – o‘zimizni o‘zgarmas deb o‘ylaymiz, ammo tajribamiz ob-havo kabi o‘zgaradi. Ba’zi kunlarda quyosh charaqlaydi, ba’zi kunlarda esa osmonni bulut qoplaydi. Osmon o‘zgarsa ham, biz o‘zgarmaymiz.
Ammo bu to‘g‘ri emas, aslida, butunlay teskarisi. Azob-uqubat o‘zgarmas, doimiydir. Odam his-tuyg‘ulari va taxminlarini o‘z azobining muayyan mikdoriga mos keladigan tarzda o‘zgartiradi. Boshqacha aytganda, osmon qanchalik musaffo bo‘lmasin, miyamiz xafa bo‘lish uchun yetarli bulutlarni tasavvur qila oladi. Og‘riqning doimiyligi "gedonistik yugurish yo‘lakchasi" sifatida mashhur bo‘lgan hodisaga olib keladi. Ӯnni orzu qilib, surasiz, yugurasiz, yugurasiz. Har qancha yugurmang, baribir yettiga borib to‘xtaysiz. Azob har doim hozir-u nozir. Faqatgina idrok sizni o‘zgartira oladi. Hayotingiz yaxshilanishi bilanoq, kutganlaringiz o‘zgaradi va yana hayotdan norozi bo‘la boshlaysiz.