"UNUTILGAN SO‘Z" YILI
Bookvamper
“Albatta, “1984” - satirik, lekin bir kun aynan bo’lmasa-da, shunga o’xshash holat bo’ladi” – Jorj Oruell
🤔“1984” nomini eshitiboq, kishi nega aynan shu yil nomi va nima bo’lgan o’sha yili kabi savollar ongida o’z-o’zidan tug’ilaveradi. Aslida asarning bundan oldin ikkita nomi bo’lgan, biri “Yevropadagi so’nggi odam” va yana biri “Tirik(lar) va O’liklar” edi. Kitobxonni yanada asarga shavqini uyg’ontirish uchun muharrirlar uni “1984” deb atashadi, buni aniq sababi aytilmagan esada, asar 1948-yili yozilganligi va totalitar harakatning ibtidosi 1948-yili boshlangani uchun deya taxmin qilishadi.
✅“Agar maqsad – tirik qolish emas, odam bo’lib qolish ekan, alal-oqibat, nima farqi bor?” Odamni hayvondan uning ongi ajratib turadi. Bu ongning asosiy maqsadi o’ziga keraklisini topish uchun avval fikrlamoq, keyin harakatlanmoq payiga tushishida. Aynan shu fikrlashimiz hayvonlardan yuqori, mana shu sabab insonlar bu Yerda eng oliy maqom – insonlik maqomiga sazovor bo’lishgan. “1984”-dagi hokimiyat aynan shu fikrlashni yo’qotadi, fikrlash bo’lmagandan keyin o’z-o’zidan insonlarda insoniylik degan tushuncha yo’qoladi va hatto, insoniy hislar ham yo’qola boshlaydi. Bizning zamonada odam fikrlay olmasa, hislaridan ayrilgan bo’lsa, erki ham mavjud bo’lmaydi. Qaram inson esa, zotan faqat jabr uchun yashaydi.
🔘 “Bosh chanog’ingning ichidagi bir necha santimetr kub xayoldan boshqa hech narsa senga tegishli emas.” Asarning siyosiy prototiplari totalitar tuzumni Stalin(Katta Og’a) boshchiligidagi SSSRning holati va uning ichidagi kishilardir. Hokimiyatga purra va abadiy ega bo’lmoqchi bo’lganni oldida faqat totalitar tuzumni, ya’ni hamma-hammasini(hatto, ongni ham) to’liq o’z qo’liga olishni joriy etadi, bu shaksiz shunday. Hali hamon bu tuzumning izi va izdoshlari kamchil bo’lsa-da, tirik.
⛓“Nima bo’lyapti, faqat undagina xotira qolganmi?” “1984”-da 3 ta qarama-qarshi davlatlar( Ummoniya, Yevrosiyo, Ostosiyo(1945-50 yillarda Yerning prototiplari) ) bir-birlari bilan hamisha urush olib borishadi, lekin hech qaysi davlat g’alaba qilmasligi kerak edi, chunki urush – tinchlikdir. Urush hamma narsani(o’lim, oziq-ovat, siyosat, xalq) me’yorida ushlab turardi. 4 ta vazirlik(Haqiqat, Tinchlik, Muhabbat, Farovonlik) esa, o’z nomiga hamisha aks ishni(antonim nomlardek go’yo) amalga oshirardi, ya’ni Haqvaz – yolg’onni to’qishga, Tinchvaz – urushni qilishga, Muhvaz – hisdorlarni azoblashga va oxirgi Farvaz – yo’qchil xarobalikga intilishardi. Bularning bari “Ingsos”(Ingliz sotsializm tizimi) qo’lida edi. “Ingsos” odamlarni fikrlamasliklari uchun o’tmishni ham o’z izmiga soladi.
🔫“Fikriyjinoyat o’limga olib kelmaydi: fikriyjinoyatning O’ZI o’limdir.” Tasavvur qiling, siz o’ylay olmaysiz, zarra o’yladingizmi, tirik murdasiz. Aynan shu tasavvuringizdagi - fikr erkinligisizlik “1984”ni jamiyatining bosh ustuni.
⚔“Bugun qo’rquv, nafrat va og’riq bor, ammo tuyg’ular yo’q, chuqur va murakkab alam yo’qdir.” Fikrsiz, ongsiz, so’zsiz, hissiz jamiyatda jismoniy og’riq hamda qabohat instiktlardan o’zga hech biri mavjud bo’lmaydi. Bunda insonlar xuddi, kompyuter o’yinidagi bitta bo’lak, xujayra kabidirlar. O’yinni bir kishi o’ynaydi va kutilganidek, hamma narsa uning qo’lida.
📍“Insoniyat shunday bir tanlov oldida turadi: erkinlik kerakmi yoki baxt, aksariyat ko’pchilik uchun erkinlikdan, baxtli bo’lish yaxshiroq.” Nafaqat o’sha totalitar tuzumdagi “1984”da, nabalki bugungi kunda ham bu tanlov tirik, erkinlik yoki baxt? Har bir insonda o’z baxti bor degani, bu shaxsiy ish degani. Erkinlik yo’q degani, shaxsiyat yo’q degani. Hatto, o’z baxting ham bo’lmaydi, hokimiyat abadiy hukmdor va baxtnok.
“Mayli, menga derlar: davolaydi vaqt.
Mayliga desinlar: darddan o’ksima.
Lekin allaqachon unutilgan so’z
Hanuz timdalaydi ko’zimni!”
🖋Nazdimda, bu Oruellning o’ksiklari. Nahot, erkinlik “unutilgan so’z” bo’lsa? “1984”da endi shunday. Bizni zamondachi?
“Bir lahza qolgan bo’lsa ham, o’ylash kerak, fikrlash kerak… Fikrla – barcha umid faqat shundandir.”
📝Boshqa yo’l, boshqa ilinj yo’q! Faqat fikrlash kerak! Bo’lmasam, bir teatrning jonsiz o’yinchog’iga aylanamiz…
t.me/Bookvamper